Ishni bajarish tartibi: 1. Havoda qurigan, ko‘zlarining o‘lchami 1 mm bo‘lgan elakdan o‘tkazilgan tuproqdan 10 g namuna olinadi va piyolachaga yoki kalka qog‘ozga solinadi.
2. Piknometr (5 - rasm) yoki 100 ml li kolbaga uning belgisiga qadar yangi qaynatilib, xona xaroratigacha sovitilgan distillangan suv quyiladi. Suv solingan piknometr tarozida tortib uning massasi aniqlanadi.
5 – rasm. Piknometr (50/100 ml)
3. Piknometrdagi suvning taxminan 2/3 qismi boshqa bir idishga qo‘yiladi va piknometrga o‘lchab qo‘yilgan 10 g tuproq namunasi solinadi.
4. Tuproqdan havoni chiqarib yuborish uchun piknometr tuproq va suv bilan birga 30 minut qaynatiladi. Qaynash vaqtida piknometrdan suspenziya otilib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
5. Keyin piknometr sovitiladi, belgisiga qadar disstillangan suv qo‘yiladi, sirti yaxshilab artilib va tarozida tortiladi. Sovishini tezlashtirish uchun issiq piknometr suv oqib turgan vodoprovod ostida ushlab turiladi.
Tarozida tortish vaqtida piknometrdagi suspenziya harorati xona haroratida (18-20 0C) bo‘lishi shart, aks holda natija xato bo‘lishi mumkin.
Tortib ko‘rish natijalari asosida tuproq massasining solishtirma massasi aniqlanadi. Bunda tuproqning massasi (A) va shu tuproq egallagan hajmni hisobga olish kerak. Tuproq egallagan hajmni piknometrdan siqib chiqarilgan suv massasi (hajmi) (B+A)-C dan bilib olish mumkin va u olingan tuproq namunasining xajmiga to‘gri keladi. Solishtirma massani hisoblab topish quyida formula orqali aniqlanadi:
,
bu yerda D-solishtirma massa, g/sm3; B-piknometrning suv bilan birgalikdagi massasi, g; A-quruq tuproqning massasi, g; C- piknometrning suv va tuproq bilan massasi, g; (B+A)-C-siqib chiqarilgan suvning massasi (hajmi), g.
Agar solishtirma massani aniqlash uchun havoda quritilgan tuproq olingan bo‘lsa, u holda mutlaqo quruq tuproqning massasini ushbu formula yordamida hisoblab topish lozim:
,
bu yerda: A-mutlaqo quruq tuproqning massasi, g; a–tahlil uchun olingan havoda quritilgan tuproqning massasi, g; -gigroskopik nam miqdori, %.
Достарыңызбен бөлісу: |