Әжинияз атындағы Нӛкис мәмлекетлик педагогикалық институты



Pdf көрінісі
бет33/164
Дата25.03.2024
өлшемі4.15 Mb.
#496396
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   164
1-секция

Фойдаланилган адабиѐтлар 
1. Положение об управлении Туркестанского края. – Санкт-Петербург
1886.– С. 1. 
2. Статистический обзор Ферганской области за 1905 год. Скобелев: 
Типография Ферганского Областного Управления... 1908. – С. 3. 
3. Приложение к всеподаннейшему отчету. Обзор Ферганской области за 
1884 году. – С. 3. 
4. Сухарева О.А., Турсунов Н.О. Из истории городских и сельских 
поселений Средней Азии второй половины ХIХ – начала ХХ в.// Жилище 
народов Средней Азии и Казахстана.- М., 1977. – С. 10-48. 
5. ЎзРМДА 19 жамғарма, 1 рўйҳат, 6079 иш, 39 варақ; 
6. Статистический обзор Ферганской области за 1907 год. Скобелв, 
1909.– С.13. 
7. Статистический обзоръ Ферганской области за 1910 годъ. Скобелев: 
Типография Ферганского областного управления. 1912. – С.1-3. 
8. Статистический обзоръ Ферганской области за 1910 годъ. – С.1. 
9. Статистический обзоръ Ферганской области за 1910 годъ. – С.2-3. 
10. Заорская 
В.В., Александер К.А. Промышленные заведения 
Туркестансокго края. Пг, 1915. – С. 76. 
 
KECHA, BUGUN VA KELAJAKDA AYOLLARNING 
JAMIYATDA TUTGAN ORNI 
 
A.Abdullaev- PhD, N.Ismailova- 3 kurs talaba
NDPI tarix-o`qitish metodikasi kafedrasi 
 
Bugungi kunda jamiyatda ayollarning o‘rniga, ularning bunyodkorlik
faoliyatiga ko‘pchilik mamlakatlarda alohida ahamiyat beriladi. 
Umuman olganda, ayol hamma davlatlarda ham ulug‘lanib kelingan. Bu
borada O‘zbekistonda ham xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini


63 
mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga 
oshirilayotganini alohida ta‘kidlash lozim.
El-yurt ayolini qancha izzat qilsa, e‘zozlasa, qadr-qiymatini baland tutsa,
farzandlar shuncha ma‘naviyatli ulg‘ayadi . Muhtaram birinchi prezidentimiz
Islom Karimov alohida ta‘kidlaganidek, ―Sog‘ligi nochor, xo‘rlangan, iztirob 
chekkan onadan sog‘lom farzand tug‘ilmaydi.Shu ma‘noda ayollarni, onalarni 
asrash kerak, degani naslni asrash, oxir-oqibatda millarni asrash demakdir. 
O‘z umr yo‘ldoshini,ayolini asragan erkak o‘z zurriyotini, o‘z farzandlarini
e‘zozlagan bo‘ladi. Ayolni qadrlash, og‘ir ishlardan xolos etish, yomon illatdan
ximoya qilish – er kishining , butun jamiyatning burchidir.[Muhtaram birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov.13-b.] 
IV Butunjahon konferensiyasida 1975-yilni –Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti (BMT) Assambleyasi tomonidan Xalqaro xotin-qizlar yili deb e‘lon 
qilinib, xotin-qizlar ahvolini yaxshilash bo‘yicha jarayonni tezlashtirishga 
mo‘ljallangan edi. Zero, BMT e‘lon qilgan, Xotin –qizlar o‘n yilligi (1976-1986) 
xotin-qizlar ahvoli va huquqlarini tadqiq etish va bu borada qarorlar qabul qilishda
butun jahonda ibratga aylanishi lozim edi.[Sobirova D.T. 45-b.]
Ayollar muammosiga taalluqli kamchiliklarni jahon miqyosida umumijtimoiy 
hodisa ekanligini e‘tirof etilishi hamda bu kamchiliklarni izchillik bilan bartaraf
etib borishga harakat qilinishi, ayollarning ijtimoiy hayotga aralashuvi, ularning
jamiyatdagi mavqeini oshirdi. Ayollarga turli xildagi faoliyat maydonini yaratib 
berdi. Ular qisman moddiy qaramlikdan qutulib , o‘z iste‘dod va qobiliyatlarini
to‘la namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Buyuk faylasuflar va olimlar ham ayollar va ularning ijtimoiy mavqei haqida 
ko‘plab fikrlarni bildirganlar. Xususan Platonning ayollarga munosabati bir-biriga 
zid bo‘lgan fikrlar bilan ifoda etilgan. Bir tomondan ular juda salbiy, chunki u 
ayollarni tuban mavjudot, deb bilganlar. 
Erkaklarning ayollarga bo‘lgan muhabbatini erkakning erkakga hurmati, 
do‘stligi oldida hech narsa emas, deb tushunar edi. Platon fikricha, erkak kishi 
hayoti davomida qatiyatsiz, qo‘rqoq, nopok bo‘lsa, o‘limidan so‘ng uning ruhi
ayol kishiga aylanadi. 
Boshqa tomondan Platon ijobiy qarashlarni namoyon qiladi. U tasvirlagan
mukammal davlatda ayol kishi erkak bilan bir qatorda barcha ishlarda ishtirok 
etishi mumkin. Platon ayollarni ro‘zg‘or yumushlaridan ozod etish lozimligini
ta‘kidlab , ularning aqliy faoliyatini erkaklarniki bilan teng deb baholaydi. 
Farzand tarbiyasini esa ikkala jins vakillariga teng bo‘lgan
mas‘uliyatdir.[Abdusattorova O. 19-b.]
Liberal feminizmdagi yorqin siymolardan biri B.Fridan xotin-qizlarning
oilaviy va kasbga doir vazifalarini birgalikda qo‘shib olib borishlari uchun
ijtimoiy shart-sharoitlar yaratib berish fikrini o‘rtaga tashlagan. Quyidagilar ana 
shunday shart-sharoitlar jumlasidandir: 
Ta‘lim muassasalariga , ishga qabul qilishda jinsga qarab kamsitishga
barham berish;
Xotin –qizlar uchun malaka oshirish maxsus dasturlarini ishlab chiqish; 


64 
Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini, shuningdek, ishning 
o‘zgaruvchan jadvalini tashkil etish, erkaklarni uy yumushlarini bajarishga
hamda bolalarga qarashga jalb etish, ayollar va erkaklarga bolani parvarish qilish 
uchun ta‘tillar berish ta‘kidlangan. 
Zardushtiylarda ham nikoh bir umrga muhrlangan, bir erkakga ikki nikoh
yoki vaqtincha nikoh ravo bo‘lgan emas. ―Avesto‖ ning asosan nasriy 
bayonlaridan iborat ―Vendidot‖ qismida oila butunligini saqlash, nikoh tartiblari,
er- xotinning majburiyati , nikohning bekor qilinishi sababli shartlari ancha 
batafsil bayon etilgan. Bunda Zardusht deydi; ―Ey oila ko‘rayotgan yigit – qizlar, 
sizlarni ogohlantirib shuni aytmoqchimanki, har biringiz pokiza hayot yo‘lida 
g‘ayrat qilingiz. Har biringiz yaxshi xulq va amal bilan o‘z va oilangiz hayotining 
mustahkam, xurram va saodatli o‘tishiga erishing‖ [Hamidjon Hamidiy . 42-43-b] 
Olloh oilaning barqarorligini saqlash yo‘lida bir husnu tadbir qo‘llagan. 
Ya‘ni ayollarga nisbatan jismonan quvvatli bo‘lgan erkak kishini oila boshlig‘i 
qilib belgilagan. Zero, oila jamiyatning bir bo‘lagi bo‘lib, unda ba‘zan katta 
ijtimoiy, iqtisodiy muammolar ro‘y berishi tabiiy. Oiladagi ana shu muammolarni
hal etuvchi mas‘uliyatli inson erkak kishidir. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   164




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет