463
Bugun dunyo miqyosida amalda foydalanilayotgan deyarli barcha alifbo (alfavit)lar bitta
qadimgi yozuv tizimiga – finikiy alibosi (alfaviti)ga borib taqaladi. Faqat xitoy yozuvi va xongil
(koreys alifbosi) bundan mustasno. Indoneziyadagi, Tibetdagi alifbolar ham o‘sha qadimgi
Finikiyaga borib taqaladi va biz yaxshiroq biladigan yunon, lotin, kirill, arab, yahudiy
alifbolarining uzoq qarindoshidir
[5]
.
Alifbo mil. avv. 2000-y. oxirida qadimgi Ugarit va finikiy yozuvi tovush tizmidan kelib
chiqqan. Undan ilgari Misr iyerogliflari sanoq tizimi bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Turkiy
xalqlarning run va turkiy (uyg‘ur) yozuvlari bo‘lgan. Ammo, bu o‘ziga xos turkiy yozuvlar alifbosi
haqida ma’lumotlar uchramaydi. Ularga oid harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa
manbalardagi ma’lumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan
[6]
.
XX asr boshlarida jadidlar tomonidan yangi tipdagi maktablarning ochilishi va unda
o‘qitishning yangi-yangi usullarining qo‘llanishi tufayli bolalarning xat-savodini tezroq
chuqarishni ta’minlaydigan yangi darsliklarga ehtiyoj tug‘ildi.
Bog‘chasaroyda Ismoilbey G‘aspirali tomonidan bolalarning tez savod chiqarishini
ta’minlash uchun muvaffaqiyat bilan qo‘llanilgan “usuli savtiya” metodi Markaziy Osiyo jadidlari
tomonidan ham ma’qullandi. Bu mintaqada an’anaviy “usuli hijo”da olib borilayotgan darsliklar
yangi maktablarda “usuli savtiya” bilan almashtirildi. Bu usulning afzalligi amaliyotda tez orada
sezildi va u omma o‘rtasida tobora obro‘-e’tibor topa boshladi.
Ana shu usul asosida savod
chiqarishga bag‘ishlangan bir qancha alifbelar paydo bo‘la boshladi. O‘z davri uchun inqilobiy
isloh hisoblangan bu ishga Turkistonda hammadan avval Saidrasul Saidazizov, Munavvarqori
Abdurashidxonov kirishgan. Saidrasul Saidazizov 1902-yilda “Ustodi avval” kitobini,
Munavvarqori Abdurashidxonov esa 1907-yilda “Adibi avval” kitoblarini nashr ettirdilar
[7]
.
Abdulla Avloniy o‘zi ochgan maktabda dars berish bilan bir vaqtda yangi darsliklar ham
yozdi. Ular ichida “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”
kitoblari alohida o‘rin egallaydi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o‘rgatishga bag‘ishlangan “Birinchi muallim”
kitobi oktabr to‘ntarishigacha to‘rt marta nashr etildi. Muallif Saidrasul Aziziyning “Ustodi avval”
kitobiga suyungan holda, ayni paytda o‘zining mualliflik tajribasi asosida orginal asar yaratgan
[8]
.
Aynan jadidchilik davrida yaratilgan savod chiqaradigan kitoblar ham “alifbe” nomi bilan
emas, “alifbo” tarzida berilgan. Yana shuni takidlab o‘tish kerakki, pedagogika fanlari nomzodi
Yo‘ldosh Abdullayevning “Birinchi o‘zbek alifbosi”
[9]
maqolasining
nomi ham, maqola
tarkibidagi Saidrasul Saidazizov va Munavvarqori Abdurashidxonovlarning savod chiqarishga
mo‘ljallangan kitoblari nomi ham “alifbo” tarzida ifodalangan.
Alifboning alifbedan yana bir farqli xususiyati shuki, undan lug‘atchilikda, ya’ni lug‘at
tuzish jarayonida foydalaniladi. Ma’lumki, lug‘atlarda so‘zlar aynan alifbo (alfavit)dagi harflar
tizimi
asosida
joylashtiriladi
va
bu
lug‘atdan
foydalanish
imkoniyatini
osonlashtiradi:qidirilayotgan so‘zlarni topish tezligini ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, har ikki atama ham ba’zi o‘rinlarda bitta tushunchani, ba’zi
o‘rinlarda esa ikki va undan ortiq ma’nolarni anglatmoqda. Yuqorida keltirilgan faktlarda aynan
alifbe so‘zining alifbodan kelib chiqqanligi, uning o‘zbek tilida ifodalaydigan ma’nolari hamda
etimologiyasi haqida ma’lumotlar berildi. Demak, ushbu ikki atama o‘zbek tilida o‘rni bilan farqli
holatda, o‘rni bilan bir so‘zning ekvivalenti sifatida qo‘llanilishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
https://uz.m.wikipeia.org/wiki/Alifbo
464
2.
https://uz.m.wikipeia.org/wiki/Alifbe
3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. ALIFBE. 2006-2008
4. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. II jild. T., “Universitet” 2003.
5. Telegram: @AsanovEldar.
6. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2006-2008.
7. Nurmonov A. O‘zbek tilshunsoligi tarixi. T., “O‘zbekiston”, 2002.
8. Nurmonov A. O‘zbek tilshunsoligi tarixi. T., “O‘zbekiston”, 2002.
9. Abdullayev Y. Birinchi o‘zbek alifbosi. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi.
1991-yil 8-aprel.
Достарыңызбен бөлісу: