Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги



бет85/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Laboratoriya mashg\'

18 – Mashg’ulot. Ammiakli va ammiakli nitratli azotli o’g’itlar tarkibidagi azotni formalin usulida aniqlash (4 soat)
Azot hujayra protoplpzmasining tarkibiy qismini tashkil etadigan oqsil moddasini, ya’ni asosiy organik moddalar birikmasini hosil qilishda juda muhim ahamiyatga ega.
Mashg’ulotning maqsadi: Ammiakning formalin (HCOH) bilan birikishi natijasida geksametilintetramin va mineral kislota hosil bo’lishi, shuningdek eritmadagi azot miqdorini o’yuuvchi natriy yoki o’yuuvchi kaliyni titrlash uchun sarflangan miqdori bilan aniqlash.
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: texnik yoki analitik tarozi, azotli o’g’itlar namunasi, o’lchov kolba (250 ml), konussimon kolba va stakanlar, filtr qog’ozi, pipetka (25 ml), menzurka, 0,1 n NaOH yoki KOH eritmasi, 0,5 n NaOH yoki KOH, metil qizili (C15H15N3O2), 25 foizli formalin eritmasi (buning uchun 40 % li formalik eritmasi 1,6 marta suyultiriladi yoki shu eritmadan 63 ml olib, 100 ml li o’lchov kolbasiga solinadi va kolbaning belgisigacha distillangan suv quyiladi), fenolftalein.
Adabiyotlar – 1, 2, 3, 4, 5, 6. Internet saytlari.
Bunda rayeksiya quyidagicha boradi:
4NH4NO3 + 6HCOH = (CN2)6N4 + 4HNO3 + 6H2O
2(NH4)2SO4 + 6HCOH = (CN2)6N4 + 2H2SO4 + 6H2O
Ishni bajarish tartibi: Texnik tarozida 4 g NH4NO3 yoki boshqa azolt o’g’itlardan tortib olib, 250 ml li o’lchov kolbasiga solinadi. Kolbani yarmisigacha (100-150 ml) suv quyib chayqatiladi. Agarda o’g’it erimasa kolba qizdiriladi, erigandan so’ng chizig’igacha suv to’ldiriladi. Agarda eritma loyqa bo’lsa, filtrlanadi. Tiniq tushgan eritmadan pipetka yordamida 25 ml olib, 250 ml li konussimon kolbaga solinadi. Agar eritmaning muhiti kislotali bo’lsa, u pushti rangda bo’ladi, uni 0,1 n NaOH yoki KOH ishqori bilan tillasariq rangga o’tguncha neytrallanadi.
Ikkinchi kolbaga 25 % li formalin eritmasidan 20 ml olib 2-3 tomchi metil qizili tomizib 0,1 n ishqor natriy yoki kaliy eritmasi bilan neytrallanadi. So’ngra neytrallangan fomalin eritmasini neytrallangan o’g’it eritmasiga kuyiladi. Etirma aralashganda rangi o’zgaradi; chunki kislota ajralib fomalin ammiak bilan rayeksiyaga kirishadi. Eritmaga 2-3 tomchi fenolftalein tomiziladi, 0,5 n NaOH yoki KOH eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash vaqtida eritma rangining o’zgarishiga e’tibor bering. Dastlab, pushti rang och sariqqa aylanadi (bunda metil qizilidan rangi o’zgarib, pH – 6,2 bo’ladi), keyinroq eritma yana och pushti rangga o’tadi (pH – 8,2 bo’ladi). Eritmaning rangi och pushti bo’lganda tirtlash to’xtatiladi, lekin uning rangi bir minut davomida yo’qolmaguncha davom ettiriladi.
Azotli o’g’it tarkibidagi azotning foiz miqdori quyidagi formula bilan hisoblanadi:

Bunda: X – azotning foiz miqdori; a – azotni titrlash uchun sarflangan 0,5 NaOH yoki KOH miqdori, ml hisobida; f – 0,5 n ishqorning tuzatmasi (0,96 yoki 1,0); H – tahlil uchun olingan o’g’it massasi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет