samaradorligini oshirish va O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-
quvvatlash to`g`risida”gi Farmon qabul qilindi.
Bu haqda gapirganda, O`zbekiston aholisining 60 foizidan ziyodini 30
yoshgacha bo`lgan yoshlar tashkil etishini ta`kidlash lozim. Yoshlar uchun ularning
sog`lom tug`ilishidan boshlab, toki mustaqil hayotga kirgunicha barcha zarur
sharoitlarni
yaratib
berish
maqsadida
qanday
katta
ishlarni
amalga
oshirayotganimiz sizlarga yaxshi ma`lum.
O`zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev
O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasida; «Biz yosh avlodni har tomonlama
sog`lom va barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga
ko`tarish maqsadida ―Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida‖gi qonunni yangi
tahrirda qabul qildik. Shu asosda yangicha yondashuvlar hayotga faol joriy
etilmoqda.
Shu maqsadda O`zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning
samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratib berishimiz kerak.
Yoshlarimiz xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va
boshqa sohalarda faol muloqotda bo`lishlari maqsadga muvofiq. Bu ularning o`z
salohiyatini dunyo miqyosida namoyon etishlari uchun katta imkoniyat yaratadi.
Shuning uchun kelgusi yili Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini
o`tkazish ko`zda tutilmoqda.
Joriy yilda olib borgan islohotlarimizning eng muhim natijalaridan biri – bu,
hech shubhasiz, mamlakatimizda bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay
chek qo`yilgani bo`ldi. Bunday ijobiy o`zgarishlar Xalqaro mehnat tashkiloti va
boshqa tuzilmalar tomonidan e`tirof etilgani e`tiborga loyiq, albatta» deb ko`rsatib
o`tdi.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarga adolatli va xavfsiz
sharoitlarda mehnat qilish huquqini kafolatlaydi. Bu kafolatlar ayniqsa o`smir
yoshlar uchun juda katta ahamiyatga egadir.
Ushbu huquqlarni amalda ta`minlash mehnat muhofazasiga oid qonun
hujjatlari talablarini og`ishmay bajarish yo`li bilan ro`yobga chiqarilishi mumkin.
Mehnat muhofazasi tegishli qonun va boshqa me`yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi,
insonning mehnat jarayonida xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati
saqlanishini ta`minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy,
sanitariya-gigiena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan
iborat.
Достарыңызбен бөлісу: |