245
Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyoti strategiyasi bosh maqsad sifatida
Fuqarolar moddiy turmush sharoitlarini yaxshilash, jamiyatning ma`naviy ruxiy
hayoti yuksaltirilishiga qaratilgandir.
O`zbekiston Respublikasi o`z oldiga fuqarolik jamiyati, ijtimoiy adolat qaror
topgan huquqiy davlat barpo etish vazifasini ilgari surar ekan, barcha fuqarolar
uchun munosib turmush sharoitini yaratib berish, har bir shaxsning kamol topishi
va dunyo ne`matlaridan to`la baxramand bo`lishini ta`minlash vazifasini ilgari
suradi.
Ma`lumki, kuchli ijtimoiy himoya taraqqiyot modelimizning asosiy
qoidalaridan biri qilib belgilangan bo`lib, bunda jamiyatntng ijtimoiy qo`llab-
quvvatlashga muhtoj qatlamlari diqqat markazida saqlanadi. Davlat va jamiyatning
e`tiborida bo`lgan ijtimoiy imtiyozli tabaqa qatoriga
yoshlar ham mansubdirlar,
chunki, har qanday mamlakatning kelajagi aynan shu yosh avlodga bog`liq. Shu
sababli ertangi kunda davlat va jamiyatni boshqarishga salohiyatli, bilimli,
jismonan va ma`naviy jihatdan sog`lom avlodni tarbiyalash jamiyatimizning
dolzarb vazifasi ekanligi shubxasizdir.
Yosh avlod uchun zarur shart–sharoit ta`minlanishi moddiy-maishiy
qulayliklarnigina o`z ichiga olish bilan cheklanmasdan, eng avvalo ular uchun zarur
tashkiliy va huquqiy imkoniyatlar yaratilishini taqozo qiladi. O`zbekiston
Respublikasi mustaqil taraqqiyotining dastlabki kunlaridan boshlab yoshlar
huquqiy himoyasi, ular huquqlarini kafolatlanishiga e`tibor qaratib keldi. Mustaqqil
taraqqiyot tariximizning muayyan yillari ma`naviy va jismoniy sog`lom avlodni
kamol toptirishga bag`ishlangani, ushbu masalaga oid davlat dasturlari qabul
qilingani va muvaffaqiyat bilan bajarilganligi, Respublikamiz Prezidenti va
Hukumatining yoshlar masalalariga taalluqli bir qator qarorlari qabul qilinib,
hayotga tatbiq etilgani fikrimizning dalilidir.
O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilliginimng dastlabki kunlaridayoq-1991
yil 20 noyabrda ―O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati asoslari tshg`risida‖gi
qonunni qabul qilganligi ramziy ma`noga egadir.
Qabul qilayotgan davlat dasturlarimiz va boshqa yirik tadbirlarimizda
muntazam yoshlar mazusining mavjud bo`lib turishi ushbu masala bizda o`z
dolzarbligini hech qachon yo`qotmasligini ko`rsatib turibdi, Zeroki O`zbekiston
buyuk kelajak barpo qilishdek ezgu maqsadni o`z oldiga qo`yar ekan, ushbu kelajak
yosh avlod uchun yaratilishini yaxshi anglaydi va ularning faol ishtirokisiz bu
buyuk maqsadni amalga oshiri mumkin emasligi o`z-o`zidan ma`lum.
Jamiyatimizda bozor munosabatlari tobora chuqurlashib borar ekan,
hayotimizga yangicha tamoyillar kirib kelishi bilan jamiyatdagi ijtimoiy
munosabatlar ham o`zgarib –murakkablashib boraveradi va bunday sharoitda
yoshlar haq-huquqlarini ta`minlash va himoyalashning yangi shakl hamda
vositalariga ham ehtiyoj ortadi.
2017−2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi
bo`yicha harakatlar strategiyasining «Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor
yo`nalishlari» deb ataladi. Bu ustuvor yo`nalishning birinchi punktida «Yangi ish
o`rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o`rta maxsus va oliy o`quv
muassasalari bitiruvchilari bandligini ta`minlash, mehnat bozori infratuzilmasining
mutanosib rivojlanishini ta`minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;
Mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to`liq amalga
uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yuksaltirish, ishga joylashtirishga
246
muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimini kengaytirish deb ko`rsatib o`tilgan. Bunda mehnat muhofazasi, ayniqsa
yoshlar mehnatini muhofaza qilish, ularning bandligini ta`minlash, huquqiy
muhofaza qilish alohida kasb etadi.
«Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi
avvalambor yuksak ma`naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va
istiqboli uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini
kengaytirishga bevosita bog`liq.
Shu maqsadda yana bir muhim hujjat –
“Yoshlarga oid davlat siyosati
Достарыңызбен бөлісу: