247
2. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasi
3. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O`zbekiston. 2017
4. O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. T., Adolat, 2014y.
YOSHLARDA AXBOROT QABUL QILISH MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISH ZARURIYATI
A.A.Yeshmuratova, -Nukus DPI assistenti
M.A.Artikbayev TATU Nukus filiali assistenti
Respublika telekommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va
rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz
aholisining keng qatlamlari uchun Internet xizmatlaridan foydalanish borgan-sari
engil bo‘lib bormoqda. Barcha sohalarda bo‘lgani singari dunyoning
axborotlashuvida ham globallashuv jarayoni o‘zining kuchli tasirini ko‘rsatmoqda.
Natijada axborotlar ko‘lami o‘lchab bo‘lmaydigan darajada kengayib, jamiyat
kuchli axborotlar bosimi ostida qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev «Bizni hamisha
o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi,
yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon
shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan
kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin
ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning
avlodimiz, degan da‘vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq
qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va
faqat tarbiya hisobidan", deya barchamizni ogohlikka chorlagan edi.[daryo.uz]
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 –
moddasida har kim
fikrlash, so‘z va etiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni
izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega… deb takidlab qo‘yilgan.[O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi: 13] Demak, jamiyatimizdagi yoshlarga «Sen uni
o‘qima!», «Buni ko‘rma!» qabilida tasir o‘tkazishga hech kimning haqqi yo‘q.
Unda kishilarni, ayniqsa, yoshlarni kuchli axborot bosimi tasiridan qanday yo‘l
bilan himoyalash mumkin? Fikrimizcha, birdan — bir to‘g‘ri yo‘l yoshlarni
axborotlarni ongli ravishda saralab qabul qilishga o‘rgatish, yani axborot qabul
qilish madaniyati-INFOETIKAni shakllantirish zarur. Yoshlarning o‘zida
axborotlarni qabul qilishda tanlash va saralashga nisbatan ehtiyoj bo‘lmasa, ular
ongida infoetika madaniyati shakllanmasa, kuchli axborotlar bosimi ostidagi zararli
g‘oyalar domiga tushib qolish xavfi orta boradi.
Inson qalbi va ongini egallash uchun kurash hozirgi paytda shu darajada
keskin tus oldiki, natijada aynan bu ishni o‘ziga kasb qilib olgan mutaxassislar
armiyasi shakllanib ulgurdi. Ularni ilmiy tilda «Grifyorlar»
deb atashmoqda Bu
kasbdagilar inson bolasini internet orqali grifing yani taqib qiladilar. Keyingi
vaqtda farzandlarining grifinglar taqibiga tushib qolishining oldini olish maqsadida
ayrim ota-onalar kompyuterlariga maxsus «kiberpatrul»lar o‘rnata boshladilar.
Biroq bu kabi usullar ham vaqtinchalik bir vosita bo‘lib, yoshlarda axborot qabul
qilish
madaniyatining
o‘rnini
bosolmasligi
mutaxassislar
tomonidan
isbotlanmoqda.[edu.uz]
248
Ko‘pchilikda, ayniqsa, yoshlarda hali axborot qabul qilish madaniyati
shakllanib ulgurmagan. Bugungi tezkor rivojlanishlar jarayonida axborot
tarqatishning eng zamonaviy va samarali tasirchan vositalari kashf etilmoqdaki,
ular oldida o‘qituvchining maruzalari zerikarli tusga kirib qoldi. Bugungi kun
yoshlari kompyuter, INTERNET, ijtimoiy tarmoqlar, ko‘p kanalli teleko‘rsatuvlar,
video,
turli DVD, VSD kabi vositalarga «asir» bo‘lib qoldi. Achinarlisi, axborot
tarqatish vositalaridan berilayotgan axborot va informatsiyalar oqimi yoshlar
tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri «filtrlashsiz» qabul qilinmoqda, bu esa ular ongini
zaharlab, manaviy-axloqiy dunyosini zaiflashtirmoqda. G‘arazli kishilar hali ongi
to‘la shakllanib ulgurmagan bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z vataniga qarshi qayrab,
ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. [Sh.Mirziyoev: 354] Bu kabi zararli
oqimlarning oldini olish uchun manaviy tarbiyani oiladan, yani bolaning ilk
tasavvurlari, tushunchalari shakllangan davrdan boshlash maqsadga muvofiq.
Yoshlarda axborot qabul qilish madaniyatini
shakllantirish uchun oddiy
kundalik hayotiy odatlar, ko‘nikmalarning qaysi biri to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri
ekanligini ongli ravishda tushunib etish, axborotlarni saralab qabul qilishga
o‘rgatishdan boshlash lozim bo‘ladi.
Infoetika yoxud axborot qabul qilish madaniyatini shakllantirish barkamol
avlodni voyaga etkazishning muhim omillaridan biridir.
Достарыңызбен бөлісу: