29
Qo‘qon 1876 yil, Buxoro esa 1920 yilgacha mavjud bo‘ldi. Anashu vaqt davomida
bu ikki davlatning siyosiy munosabatlari o‘zgaruvchan bo‘lib, deyarli muttasil
urushlarda o‘tdi. Bu holat esa ularning zavolga yuz tutishiga olib keldi. Bunga bir
nechta sabablar mavjud bo‘lib, bugungi Zomin tumani hududidagi qal‘a manzillarni
tadqiq etish, bu ikki davlat siyosiy munosabatlarining sabalarini oydinlashtirishda
muhum ahamiyat kasb etadi.
O‘z navbatida Xo‘jand, O‘ratepa, Jizzax bilan bir qatorda Zomin, Pishag‘or,
Yom, Sovot kabi qal‘alarning Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi siyosiy
munosabatlaridagi ahamiyatini aniqlashni ikki davrga bo‘lib o‘rganish o‘rinlidir.
Birinchi davr: XVIII asrning boshi, Fozilbiyning otasi Oqbo‘tabiyning ushbu
viloyatlarga hokimligining boshlanishidan, XIX asrning 20 yillari,
Amir Nasrullo
tomonidan Jizzaxning egallanishigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Farqli
tomoni bu vaqt oralig‘ida ushbu viloyatlarda Fozilbiy va uning avlodlari
hukumronlik qiladi. ular goh Buxoro amirlari, goh Qo‘qon xonlari bilan yaxshi
munosabatda bo‘lishga urunib, ushbu hududni mustaqil boshqarishadi. Masalan,
Fozilbiy dastlab Qo‘qon xoni Abdulkarimbiy bilan yaxshi aloqada
bo‘ladi.[Muhammad Hakimxon To‘ra: 233] Unga 1741-1745yillarda Qalmoqlarga
qarshi kurashda yordam beradi.[Mirzo Olim Mahmud Xoji: 7] Lekin, 1750 yilda
xonlik taxtiga o‘tirgan Erdonabiy bilan munosabatlari yaxshi bo‘lmaydi.
Fozilbiy
Buxoro amiri Muhammad Rahimbiy bilan ham bir necha bor jang qiladi.
[Muhammad Hakimxon To‘ra: 22-23]
Fozilbiydan so‘ng hokimlikni egallagan
Xudoyorbiy dastlab Qo‘qon xoni Norbo‘tabiy bilan yaxshi aloqada bo‘lmay, ikki
orada, Xo‘jand masalasida, bir necha bor urush bo‘lib o‘tadi. [Mirzo Olim Mahmud
Xoji: 56]
Lekin, Amir Shohmurod bilan munosabatlari yomonlashgani sababli
Norbo‘tabiyga nisbatan munosabatini o‘zgartiradi. Xudoyorbiy Buxoro amirligiga
qarshi kurashda Shahrisabz beklaridan yordam olishga intiladi. Qorabolig‘
mavzesida bo‘lgan amir Shomurod bilan jangda Shahrisabzdan hatto amaliy
yordam keladi.[Muhammad Hakimxon To‘ra: 36]
Xudoyorbiydan so‘ng Bobo
parvonachi ham Amir Shohmurodga qarshi Norbo‘tabiy bilan yaxshi aloqada
bo‘ladi. Lekin, shunga qaramay amir Shohmurod Zominni Mahmudxondan tortib
olib, Yomni ham egallaydi. [Muhammad Hakimxon To‘ra: 47]
Bobo parvonachi
jiyani Bekmurodbiy tomonidan 1806 yilda o‘ldiriladi. [Muhammad Hakimxon
To‘ra: 283]
Bundan foydalangan Amir Haydar Pishag‘or, Zomin, Yom, O‘ratepa
qal‘alarini egallaydi. Bekmurodbiy hiyla orqali qo‘lga olinib, Bobo parvonachi
avlodiga topshiriladi.[ Muhammad Hakimxon To‘ra: 51]Bu uzoq davom etmaydi
tez orada Olimxon O‘ratepani Buxorodan qaytarib oladi va Nekqadan inoqni hokim
qilib tayinlaydi.
[Muhammad Hakimxon To‘ra: 288]Lekin, ko‘p o‘tmay bu
hududlar Fozilbiyning avlodi Mahmudxon qo‘liga o‘tadi.
U Amir Haydar bilan
aloqasini yaxshi qilishga intiladi. Tabiyki, Olimxon bunday vaziyatda viloyatga
tez-tez yurishlar qilib turadi. Muhammad Hakimxon To‘ra Olimxon butun
hukumronligi davrida O‘ratepa, Zomin, Jizzax hududlariga jami 12 marta yurish
qilganligini yozadi.
[Muhammad Hakimxon To‘ra: 298]
Mahmudxon va Amir Haydarning munsabatlari o‘zgarishi 1810 yilda Qo‘qon
taxtiga o‘tirgan Umarxon bilan aloqalarini yaxshilashga intilishiga sabab bo‘ladi.
30
Ular birgalikda Pishag‘orni egallab, Jizzaxni qamal qiladi. lekin, egallay olmay
ortga qaytishadi.
Bundan xabar topgan Amir Haydar Jizzaxga keladi, Peshag`or
qal‘asini egallaydi va vayron bo`lgan qal‘ani qaytaddan qurdirib, unga
Xudoyorbiyning ikkinchi o`g`li Muhammad Rahim devonbegini hokim qilib
tayinlaydi. [Muhammad Hakimxon To‘ra: 341]
Aynan shu voqeadan boshlab
Pishag‘or ikki davlat chegarasiga aylanadi. Ya‘ni Pishag‘ordan sharqdagi Zomin,
Yom, Sovot, O‘ratepa Qo‘qonga qarashli qal‘alarga, g‘arbdagi hududlar Ravot,
Jizzax Buxoro amirligiga qarashli qal‘alarga aylanadi. Bu holat 1817 yilga qadar
davom etadi. Shu yili Umarxon Mahmudxonni O‘ratepa hokimligidan olib o‘rniga
Qosim devonbegini tayinlaydi. O‘ratepa mudofasi kuchsizlanadi. Bundan
foydalangan Pishag‘or hokimi Muhamad Rahim devonbegi Zomin, Yom, Sovot,
O‘ratepa qal‘alarini egallab oladi.
[Muhammad Hakimxon To‘ra: 356] Zominga
Tursun devonbegining o‘g‘li Berdiyorni hokim qilib tayinlaydi. Shuni alohida
takidlash kerakki, Muhammad Rahim devonbegi dastlab Buxoroga rasman
tobeligini tan olsada ammo tez orada mustaqil siyosat yurgiza boshlaydi. Shunday
bo‘lsada Umarxon O‘ratepa, Zomin, Jizzaxni olishni yodidan chiqarmaydi. Doimo
shuning paytini poylaydi. Muhammadhakimxon To`raning yozicha Umarxon
hukumronligining oxirgi, 1822 yilida Berdiyor hokimlik qilayotgan Zomin
qal‘asini qamal qiladi. [Muhammad Hakimxon To‘ra: 445] Zominlik qal‘a
himoyachilari mardonavor jang qiladilar. Qamal yigirma kundan ortiq davom
qiladi. Natijada Umarxon asosiy qal‘adan yarim farsax yuqorida joylashgan
ikkinchi kichik Zomin qal‘asini qamal qilib egallaydi va ortga qaytadi.
Muhammad Rahim devonbegi viloyatni 1828-1829 yillargacha boshqaradi. U
Qo‘qonga qarshi Buxoro amiri Nasrullo bilan yaxshi munosabat o‘rnatishga
intiladi. Nasrullo buning evaziga Jizzaxni berish talabini qo‘yadi. Muhammad
Rahim devonbegi bunga rozi bo‘lsada mahalliy aholi qarshilik qiladi. Aksiga
Qo‘qon xoni Madalixon bostirib kelib, O‘ratepa, Yom, Zomin, Pishag‘or qala‘larini
egallaydi. Zomin qal‘asiga Muhammadsharif otaliqning ukasi Abdulvali hokim
qilib tayinlanadi. Bu orada Muhammad Rahim devobegining ukasi Muhammad
Sodiqbek isyon ko‘taradi. Og‘ir ahvolda qolgan Muhammad Rahim devonbegi
Nasrullodan yordam so‘raydi. Bundan foydalangan Nasrullo Jizzaxni egallaydi
ammo, hokim qilib Muhammad Rahim devobegini emas, o‘z noibi Hakim dodhoni
qoldiradi. Shu tariqa Fozibiy avlodidan bo‘lgan beklarning hukumronligiga chek
qo‘yiladi.
Ikkinchi davr: XIX asrning 20 yillari ohiridan boshlanib, XIX asrning 60
yillarining ikkinchi yarmi, Rossiya imperiyasi tomonidan hududning zabt
etilishigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyati
unda
hudud uchun talashuv kuchayib, viloyatlar tez-tez qo‘ldan qo‘lga o‘tadi,
tayinlangan hokimlar hududni rasman ham amalda ham yo Buxoro, yo Qo‘qonga
tobe sifatida boshqaradi. Jumladan, voqealarni diqqatlik bilan kuzatgan Madalixon
1839 yilda taxminimizcha Jizzaxni egallashga otlanadi. Lekin, Pishag‘orga kelib,
uning qal‘asini qaytadan mustahkam qilib qurib, Gadayboyni hokim qilib ortga
qaytadi. Amir Nasrullo bundan xabar topgach turli baxonalar bilan dastlab
Pishag‘orni qamal qilib egallaydi. Shundan so‘ng Zominga yurish qiladi. Zomin
31
hokimi Abduvali kuchli qarshilik qilsada, qal‘ani saqlab qola olmaydi. [Mirzo
Olim Mahmud Xoji: 182]shundan so‘ng Nasrullo birin-ketin Yom, O‘ratepa va
Xo‘jandni egallab, u yerga Madalixonning ukasi Mahmudxonni hokim qilib
tayinlaydi. Lekin, Mahmudxonning Madalixon bilan kelishib u tomonga o‘tib
ketishi natijasida Qo‘qonga yurish qiladi. shu tariqa Zomin va uning atrofidagi
qal‘alar Buxoro amirligi tarkibiga olinadi. Lekin, Qo‘qonda vaziyat o‘nglangach,
yana bu hududlar uchun talash boshlanadi. [Mirzo Olim Mushrif: 87] Manbalarda
yozilishicha bunday yurishlaning ko‘pligidan xatto bolalar Qo‘qonda ―O‘ratepaga
yurish‖ nomli o‘yinni o‘ylab topganlar.[ Ishoqxon To‘ra Ibrat: 23] bunday doimiy
urushlar ahvolning og‘irlashishga olib keladi. Ohir oqibat Xo‘jand, O‘ratepa, Jizzax
singari
Zomin
ham
Rossiya
imperiyasi
tomonidan
osonlik
bilan
egallanadi.[Muxammad Yusuf Bayoniy: 24]
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi voqealarning barchasiga chuqurroq to‘xtalib
o‘rganish Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi siyosiy munosabatlaridagi ko‘plab
chalkashliklarning yechimining topilishini ta‘minlaydi.
Достарыңызбен бөлісу: