18
ko‘nikmalarini ham har tomonlama rivojlantirishdan iborat bo‘ladi desak maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Bunday natijalarga erishish uchun quyidagilarni amalga oshirishga to‘g‘ri
keladi:
-mutaxasislarga ko‘p soha bo‘yicha
bilim berish;
-ekologiyaga oid mutaxasislarni amaldagi ehtiyojiga muvofiq iqtisodiyotning
turli yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlash;
-mutaxasisliklar bo‘yicha o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni
yaratish, chop etish va o‘quv jarayoniga joriy qilishga erishish;
-atrof-muhitni muxofaza qilish, tabiatdan oqilona va saarali foydalanish, kam
chiqindili va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish maummolari bo‘yicha
tadqiqotlar va tajribalarini yo‘lga qo‘yish.
Demak, yuqoridagi ekologik ta‘lim bosqichlarini bitirib chiqqan mutaxasislar
davr o‘tishi bilan ilmiy-texnik taraqqiyotining o‘sishi natijasida o‘z malakalarini
oshirishioga ehtiyoj seza boshlaydilar. Ekologiya sohasida ishlayotgan tayanch
ma‘lumoti boshqa bo‘lgan mutaxasislar, xodimlar yoki shu soxaga boshqa
tarmoqlardan endi ishga o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslarda ekologik ta‘lim bo‘yicha
qayta tayyorlash kurslarini bitirib, ikkinchi mutaxasisliklarni olish zarurati paydo
bo‘ladi. Baundan tashqari ularni atrof-muhit ximoyasiga hamda tabiatdan oqilona
foydalanishga oid ekologik g‘oyalar bilan tanishtirish va ularning ekologik
madaniyatni rivojlantirish zarur bo‘ladi.
Bu murakkab jarayonni amalga oshirish uchun quyidagilarni bajarish
maqsadga muvofiqdir.
-qayta tayyorlashdan o‘tadigan axolining barcha
qatlamlari uchun atrof-
muxitni ximoya qilish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanishga oid bilimlar
tizimini to‘liq aniqlash;
-iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlaydigan turli toifadagi xodimlar
malakasini oshirish va qayta tayyorlashga ekologik bilimlar tizimini ishlab chiqib,
amaliyotga tadbiq etish;
-atrof-muhitni himoya qilish hamda tabiatdan oqilona foydalanish sohalariga
oid ilmi-texnik axborotlar bankini tashkil etish.
Rahbar kadrlarning malakasini oshirishda maxsus dasturlarning yaratilishiga
alohida e‘tibor berishni – davr taqozo etmoqda. Ularning o‘z faoliyatida ijtimoiy
ekologik vaziyatni to‘g‘ri tushunib, ko‘nikmalarni kuchaytirish, ya‘ni ularda
ekologik muammolarga muhim ijtimoiy-siyosiy ish sifatida fazilatini tarbiyalash –
muhim ahamiyatkasb etadi degan fikrdamiz.
Kadrlarda ijtimoiy-ekologik vaziyatni tushuntirish yo‘llarini kuchaytirish
masalasi – ularning dunyoqarashida keng va barqaror ravishda ekologik
tafakkurlashni, ekologik jarayonlarga rahbarlik qilish va boshqarish ko‘nikmalarini
uyg‘unlashtirishni shakillantiradi.
Kadrlarning ekologik fikrlashni, dunyo qarashi va tafakkur qilishi ijtimoiy
tafakkur qilishi ijtimoiy – ekologik jarayonlarni boshqarishda ularning nazariy va
amaliy faoliyatida Ona zamin tabiatini muxofaza
etish muammolarini global,
19
umuminsoniy qadryatlar nuqtai – nazaridan yechish asosida amalga oshirishsa
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shunday ekan, kadrlarning ekologik vaziyatni to‘g‘ri tushunib yo‘l tutushi,
ekologik muammolarning internatsional xarakterini chuqur tushunishi zarurligini
har doim o‘z ichiga oladi.
Ekologik muammolar milliy chegaralarni tan olmaydi. Ularning ijobiy holda
echishda barcha xalq va millatlar faoliyatini integratsiyalash jiddiy omil bo‘lib
borayotgani – barchaga ma‘lum bo‘lmoqda.
Kadrlar tayyorlash tizimida ilmu – fanning asosiy vazifasini Ona zamin
tabiatini ezozlaydigan kadrlarni tayyorlash, Respublikamizning
ilmiy salohiyatini
yanada kuchliroq shakillantirishdan iboratdir desak – maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Demak, hozirgi kunda, jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar jiddiy
keskinlashib borayotgan bir paytda, xalq xo‘jaligining turli sohalarini rivojlantirish
bilan bir qatorda, Ona – Vatan tabiatini muxofazasi va tabiiy boyliklari resursidan
tejamkorlik bilan foydalanishga oid chuqur bilimga, Vatanparvar – ekologik
madaniyatli, Barkamol avlod vakillarini tarbiyalashni - davr taqozo etmoqda.
Достарыңызбен бөлісу: