225
insert – o‗quv jarayonida o‗quvchilarning olgan bilimlarini mustaqil tahlil
qilish va anglash imkoniyatini beradigan vositadir.
Maqsadi: o‗quvchilarni matnni oxirigacha o‗qib, mazmunni anglab, qayta
hikoya qilishga o‗rgatish.
Vazifasi: faol bo‗lmagan o‗quvchilarni darsga qatnashishlarini ta‘minlash
hamda qo‗shimcha ma‘lumotlarga ega bo‗lish.
«Rezyume» texnologiyasi murakkab, ko‗p tarmoqli, mumkin qadar
muammoli mavzularni o‗rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati
shundan iboratki, bunda bir yo‗la mavzuning turli tarmoqlari bo‗yicha axborot
beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi.
Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va
zararlari belgilanadi.
Maqsadi: o‗quvchilarni erkin, tanqidiy fikrlashga, jamoa bo‗lib ishlashga,
izlanishga, fikrlarni jamlab taqqoslash uslubi yordamida mavzudan kelib
chiqqan holda uning muammosini, yechimini topishga o‗rgatish.
Vazifasi: o‗quvchilarni kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, jamoaga o‗z
fikri bilan ta‘sir o‗tkazishga, uni ma‘qullashga, shuningdek, berilgan
muammoni yechishda, mavzuga umumiy tushuncha berishda o‗tilgan
mavzulardan egallagan bilimlarni qo‗llay olishga o‗rgatadi.
Достарыңызбен бөлісу: