LANDSHAFT TEXNOLOGIYASI
‟‟MENING ORZUIMDAGI BOG‟‟‟
T.A.Yusupova
Andijon viloyati,Baliqchi tumani 35-umumiy o‟rta ta‟lim maktab
texnologiya fani 1-toifali o‟qituvchisi
―Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili,
madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib
bormoqda. Bu - tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-
nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining
tarixini bilishni istaydi… Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv
inshootlari, shu kungacha ko‘rku-fayzini, mahobatini yo‘qotmagan osori-
atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik
madaniyati, me‘morchilik va shaharsozlik san‘ati yuksak bo‘lganidan dalolat
beradi‘‘ - degan edi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov
landshaft arxitekturasining asosiy maqsadi atrof-muhitning ekologik, estetik
va funksional sifatlarini uyg'unlashtirish hisoblanadi.
Landshaft (nemischa Land-yer, Schaft-manzara) muayyan bir geografik hududga
xos bo‘lgan tabiat manzarasi (yer yuzasi, relyefi, tuprog‘i, o‘simlik va hayvonot
dunyosi, suvi, iqlimi)ni belgilovchi umumiy tushuncha. Landshaftning bir-biridan farq
qiluvchi tabiiy turlari mavjud. Masalan, tog‘ landshafti, dasht-cho‘l va sahro landshafti,
tundra landshafti, okean, dengiz landshafti va boshqa landshaftlar. Bularning barchasi
tabiiy geografik landshaftga kiradi. Biroq madaniy landshaftlar guruhi ham mavjud.
Ularga inson qo‘li va zakovati bilan yaratiladigan barcha landshaftlar, masalan,
me‘moriy landshaft, qishloq xo‘jalik yerlari landshafti, shahar landshafti, bog‘-park
landshafti va h.k. kiradi.
Respublikamizning ko‘plab shahar va qishloqlarida keng ko‘lamli bunyodkorlik-
qurilish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yangi turar-joy, ma‘muriy binolar,
savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari qurilmoqda. Yo‘llar kengaytirilib, atrofi
obod etilmoqda. Shahrimizning tarixiy ulug‘ligiga mos ravishda kun sayin zamonaviy
va ko‘rkamlashib borayotganligini ko‘rib qalbimiz g‘ururga to‘lmoqda.
Yoshlarni go`zallikka oshno qilish,kishining oddiy va sinalgan yo`li ularning
muhitini go`zal qilish, atrofidagi buyum, jihozlar, devorlar, muhitini ham chiroyli
va mazmunli bo`lishini ta`minlash va tanlash eng muhim masala.
Tashqi va ichki muhitda foydalaniladigan fovvoralar, dekorativ havzalar,
skameykalar, axlat qutilari, gultuvaklar, kechki yoritish chiroqlari, reklama
qurilmalari, stendlar kabi mo‘jaz arxitektura formalari hamda formovka qilingan
230
tabiiy o`simliklar, yashil devorlar, bordyurlar, miksborderlar, b ino va imoratlarni
tabiat bilan uyg‘unlashtiruvchi vositalar kishilarga huzur baxsh etadi.
Inson, jamiyat va tabiat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar biologik, shuningdek,
ekologik negizlar asosiga emas, balki ularni o`zgartiruvchi ijtimoiy-mehnat
faoliyati negizlariga quriladi. Insonning tabiatga munosabati va tabiatning insonga
munosabati ijtimoiy ishlab chiqarish kuchlari, ishlab chiqarish munosabatlari va
inson ishtirok etadigan aniq mehnat jarayonlari orqali ro`yobga chiqadi.
Xalqimizda azaldan obodlik, farovonlik,bunyodkorlik, Uu shaharsozlik
an‘analari rivojlangan. Birgina Amir Temur davrida qurilgan mahobatli binolar,
dunyoga dongi ketgan bog‘lar buning tasdig‘idir. Hozirgi kunga kelib esa bu
obodonlashtirish ishlari nafaqat bog‘u-rog‘larda balki binoning ichki qismida ham
amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida esa bu an‘ana yanada takomilini topdi,
hurlik va obodlik falsafasi bilan yo‘g‘rildi. Mustaqil taraqqiyot yillarida
mamlakatimiz bo‘ylab barpo etilayotgan keng bunyodkorlik ishlari, xalqimiz
shuuridagi yaratuvchanlik kayfiyatiga bugun dunyo havas bilan boqmoqda.
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyo arxitekturasi va landshafti olamida
inson ongi yetmas darajadagi o‘zgarishlar hayratlanarli albatta. Aqlli uylar, aqlli
ko‘cha va bog‘lar, interyerdagi bog‘ va qavatlararo qishki bog‘lar nafaqat
hayratlanarli, balki insonlarning dam olishi, ko‘zi quvnab doimo yoshlik nafasini his
etib turishi hamda insoniyatning sog‘ligi uchun asosiy vazifa bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘cha va xiyobonlar, sayilgohu mahobatli inshootlar, qolaversa uylar atrofidagi
landshaft dizaynining o‘ziga xos go‘zal manzaralari kattayu kichikka birdek xush
kayfiyat, estetik zavq bag‘ishlaydi. Albatta, shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda
odamlar ongu shuurida ham mutassil o‘sish o‘zgarishlar yuz beradi. Inson borki,
yanada yaxshi yashashga, zavqli hayot kechirishga intiladi. E‘tibor beradigan bo‘lsak,
ko‘pchilik hovlisida turfa xil gullar ekadi, tartib bilan ko‘chat o‘tqazadi, bejirim
yo‘laklar hosil qiladi. Beixtiyor bularni ko‘rgan kishining bahri dili ochiladi.
Zamonaviylik va milliylik uyg‘unlashgan holda shaharu qishloqlarimiz kundan-
kunga chiroy ochib bormoqda. Bu jarayonda oddiy ko‘kalamzorlashtirish yoki
obodonlashtirishdan farqli o‘laroq, yuqori did, o‘ziga hos ma‘no-mazmun kasb
etadigan landshaft dizaynini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
231
Landshaft dizayni bo‘yicha mutaxasis nafaqat dizaynni, estetikani, balki u
bog‘bondan farqli o‘laroq, hudud tuproq sharoitini, o‘simlik holatini yaxshi bilishi
va eng muhimi, ishga ijodiy yondashishi zarur.
Darhaqiqat, xalqimiz farovonligi, turmush sharoitini yanada yaxshilash yo‘lida
mamlakat miqyosida olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining yanada
fayzli, shukuhli bo‘lishida landshaft dizayni sohasining o‘ziga hos o‘rni bor. Shu
bois, soha rivoji, bu borada olib borilayotgan keng qamrovli ishlar kayfiyatiga,
yurtimiz ko‘rkiga-ko‘rk bag‘ishlashi shubhasiz.
Достарыңызбен бөлісу: |