227
tarqatish orqali har bir o‘quvchining axborotni qabul qilishdagi o‘ziga xos
xususiyatlariga mos yondashuv kichik maktab yoshidagi o‘quvchilqarning
bilim
olishga qiziqishlarini oshirishda muhim omildir.O‘qituvchining kriativ bo‘lishi,dars
materiallarining rang-barangligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qiziqarli
bo‘lishi tabiiydir.
Shuningdek,kichik yoshdagi maktab o‘quvchisining o‘qishga bo‘lgan qiziqishi
baholash texnologiyasiga ham bog‘liqligi barchamizga ayon.O‘quvchilarning
aksariyati ijobiy baho olishga intiladilar,ko‘proq baho olishga harakat qiladilar.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchining baho olish motivatsiyasi unda
xudbinlik va shu kabi salbiy xususiyatlarni shakllanmasligiga alohida e‘tibor
qaratishi lozim.Shuningdek,boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan o‘quvchi bilimini
baholashda innovatsion yondashuvni qo‘llash,har bir o‘quvchining o‘z-
o‘zini,hamda kichik guruhlar ishini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy
etishni talab qiladi.Bu bilan o‘quvchilarda kichik yoshdanoq o‘z-o‘zini nazorat
qilish,o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalari shakllanib boradi.
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni ta‘lim olishga turli xususiyatga ega
bo‘lgan bir qancha motivlar undaydi. O‘quv chining xissiy-irodaviy xususiystlari
xulq-atvor motiviga aylanadi.Maqsadli-motivatsion xususiyatlari ta‘lim olish
maqsadini anglab yetish va uni amalga oshirish vazifasini bajaradi.Bilish motivlari
ta‘limiy hatti-harakatning turli usullarini,o‘z-o‘zini nazorat qilish,o‘z faoliyatini
baholash bilan ifodalanadigan o‘quv faoliyatini shakllantiradi.
Dars jarayonini pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil etish, boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisining pedagogik mahorati o‘quvchilarning darsga bo‘lgan
qiziqishlarini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
O‘quv jarayonini tashkil etishda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni
mustaqil ishlarni bajarishga yo‘naltirish orqli mustaqil fikrlashga o‘rgatish,ularni
ijodiy faoliyatga undash,kichik ijodiy topshiriqlar berib borish yaxshi samara
beradi. Lekin shuni ham aytib o‘tish joizki,ko‘p hollarda bolalarning eslab qolishi
ya‘ni xotirasi pand berayotgani va buning oqibatida o‘quvchining bilim olishga
ishtiyoqi susayishi ham haqiqatdir.Bu esa biz pedagoglarning va ota-onalarning
ayrim xatolarga yo‘l qo‘yayotganimiz tufayli deb hisoblayman.Bu xatolar :
1-xato:Yuqorida aytib o‘tganimdek,o‘quvchilarning ―vizuallar‖ (ko‘rib eslab
qoluvchilar),‖audiallar‖ (eshitib eslab qoluvchilar),va ―kinestetiklar‖(ushlab eslab
qoluvchilar) kabi xususiyatlarini aniqlab olmayotganimiz;
2-xato:Eslab qolishning bir xil usulidan foydalanayotganimiz,bir usulda
yodlashga qiynalsa,boshqa yangi usullarni qo‘llamayotganimiz;
3-xato:Eslab qolish uchun o‘rganilgan axborotni to‘g‘ri takrorlatmasligimiz;
4-xato: Noto‘g‘ri kayfiyat,noto‘g‘ri vaqt va noto‘g‘ri joy tanlaganimiz;
5-xato:Oquvchilarning intellektini rivojlantirmayotganimizdan iboratdir.
Shunga o‘xshash bir qarashda arzimagandek ko‘ringan xatolardan yana bir
nechtasini
keltirish
mumkin.Bu
haqda
Rossiyalik
pedagog
Ekoterina
Dodonovaning ―100% a‘lochi‖ kitobida xotiraning sustligida ota-onaning 7 xatosi
haqida kerakli tavsiyalar berilgan bo‘lib, eslab qolishni kuchaytirish uchun nimalar
qilish kerakligi haqida tushuntirib o‘tilgan.Qiziqarli o‘yinlar
namunalari ham
keltirilgan. Bugungi kunning har bir pedagogi o‘z ustida ishlab,yuqoridagi kabi
xatoliklarni bartaraf etib borsa,o‘quvchilarning intellektini rivojlantirib,ijodiy
qobiliyatlarini oshirib borsa,
228
yuqori natijalarga erishishi tabiiydir.Men ushbu kitobni o‘qib chiqqach,she‘r
yodlashga qiynalgan,qoidalarni esda olib qololmagan o‘quvchilar bilan Ekoterina
Dodonova tavsiya qilgan oyin musobaqalarini qo‘llab ko‘rdim va samarali natija
olishga erishdim. Zamonaviy sharoitlarda inson uchun zarur bo‘lgan bilimlar hajmi
jadal kengayib bormooqda. Shuning uchun ham ta‘lim jarayonida o‘quvchilarga
bilim berishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi.T‘lim jarayonini
shunday tashkil etish
kerakki,unda har bir o‘quvchi mustaqil ravishda o‘z bilimini to‘ldirib
borishi,mustaqil o‘qish ko‘nikmasini shakllantirishi,axborotlar olamidan oqilona
foydalanishga yo‘naltirish asosida tashkil etilishi lozim.Hozirgi kunda
respublikamiz bo‘ylab keng tarqalayotgan mental arifmetikasi juda ko‘p ota-ona va
o‘qituvchilarda qiziqish uyg‘otayotgani sir emas.
Bu esa,bolada tez hisoblash malakasini o‘stirish bilan birga,o‘quvchining
intellektini rivojlantirib borayotgani ham aniq fakt ekanini barchamiz inkor
etolmaymiz..Mental arifmetikasida bola tasavvurdan foydalanadi.Unda har bir bola
mustaqil ishlaydi.
Mustaqil ishlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning tafakkur va
nutqlarini rivojlantiradi,o‘quv materialini chuqur o‘zlashtirishda ,bilimlarni
mustahkamlash orqali ta‘lim olishga qiziqishni rivojlantirish asoslarini yaratishda
muhim vositadir.
Mustaqil ishlarni tashkil qilish murakkab jarayon hisoblanadi.Mustaqil ish
o‘quvchilarning
chuqur
va
mustahkam
bilim
olishlarida
vosita
hisoblanadi.Mustaqil ishlar muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib,u
o‘quvchilarning ijodiy yondashuvini shakllantiradi,iroda va qat‘iyatlilikni
tarbiyalaydi.
Demak,kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ta‘lim olishga bo‘lgan
qiziqishlarini rivojlantirishda quyidagilar asosiy omillardir:
-kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlab
ularga tishunarli bo‘lgan topshiriqlardan foydalanish;
-dars
mashg‘ulotlarini
pedogogik
texnologiyalar
asosida
tashkillash,o‘quvchilarda o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojlarini shakllantirish.
-ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini baholashni innovatsion
yondashuvni qo‘llash;
- o‘quvchilarning mustahkam bilim olishlari vositasi sifatida dars jarayonida
mustaqil ishlarning ta‘limiy,tarbiyaviy imkoniyatlaridan keng foydalanish;
-bolalar intellektini rivojlantiruvchi mental arifmetikasi to‘garagini tashkil
etish.
Xulosa qilib aytganda,kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlashda
Har bir o‘quvchininhg ta‘lim olishaga qiziqishlarinirag‘batlantirish,psixologik
va jismoniy salomatligini saqlash muhimdir.
1. Мавлонова Р., Тўраева О., Холиқбердиева К. Педагогика/рес.олий ўқ.юртларининг
бошланғич таълим метод.
Факультетларининг талабалари, педагогика лицейлари ва
коллежларининг ўқувчилари учун дарслик.– Т.: Ўқитувчи, 2001, - 510 б.
2. Меттус Е. В., Литвина А. В., Турта О. С., Гайтукаева И. Ю., Юдина И. Г. Живая
оценка: Программа «Портфолио в школе». 3-е изд.,
3. Педагогика: учебник для студентов педагогических вузов и педагогических
колледжей/Под ред. П.И. Пидкасистого. – М.: Педагогическое общество России, 2008. 576
с.
4. Ekoterina Dodonova.100% otlichnik
.