Әжинияз атындағы Нӛкис мәмлекетлик педагогикалық институты



Pdf көрінісі
бет129/164
Дата25.03.2024
өлшемі4.15 Mb.
#496396
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   164
1-секция

Foydalanilgan adabyot: 
1. N.A.Solntsev «Landshaftshunoslik» 
Foydalanilgan internet sayti:
www.ziyo.uz 
 
BOSHLANG‟ICH TA‟LIMDA JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA 
O‟QUVCHILARGA INDIVIDUAL YONDOSHISH 
 
S.Sh. Valixonov 
ADU Jismoniy madaniyat fakulteti o‟qituvchisi 
 
Yosh avlodning har tomonlama aqliy, ahloqiy va jismoniy jihatdan 
rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o`rinlardan birini egallaydi. Bugungi
kunda barcha ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya, sport sog‘lomlashtirish
ishlarini rivojlantirish, ta`lim olayotgan o`quvchilarning sport turlariga
qiziqishini oshirish, bilimi, ko`nikma va malakalarini mustahkamlash davr 
talabiga aylanib bormoqda. Mashg‘ulotlarda yuqori ko`rsatkichlarga erishish
uchun o`qituvchi boshlang‘ich sinf o`quvchilari rivojlanishining yosh
xususiyatlarini bilishi juda muhimdir. 
Avvalo shuni ta`kidlab o`tish kerakki, bolaning rivojlanishi atrof-muhitga, 
hayotning qanday tashkil etilishiga, tarbiyasiga shu jumladan jismoniy tarbiyasiga 
to`g‘ridan-to`g‘ri bog‘liqdir. Tez bo`yiga o`sish kichik yoshdagi maktab
bolalari uchun xosdir. Bolalarning jismoniy tarbiyasining asosi bo`lib,
sog‘liqni mustahkamlash va to`g‘ri jismoniy rivojlantirish hisoblanadi. Kichik
maktab yoshidagi bolalar bilan jismoniy tarbiya darslarini olib borishdagi
asosiy yo`nalish hayotiy zarur jarayonlar: yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish,
qomatni to`g‘ri saqlay olish, tezkorlik, chaqqonlik, mushak tezliklarini tahlil
qilish qobiliyatlarini tarbiyalashga qaratib ularni shakllantiradi. Maktab 
yoshidagi bolalar bilan jismoniy mashg‘ulotlar tizimini to`g‘ri olib borish
bola organizmining o`sishi va rivojlanishini kuchaytiradi, fiziologik
jarayonlarni jonlantiradi. O`quvchilarning jismoniy tarbiya darslari jarayonidagi
jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik darajasi o`ziga xos bo`lib, farqli
ravishda individual o`zgarishlarga ega. 
Jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi o`rgatish bo`lib, bu jarayonda, 
o`quvchilar turli hil malaka va harakatlarni bilish kerakligini o`zlashtiradi. 
Jismoniy tarbiya darslarida bolalarning o`rgatishda vosita va uslublarni 
tanlash, har xil yoshdagi o`quvchilarning jismoniy imkoniyatlariga qat`iy
to`g‘ri kelgan holda amalga oshirilishi kerak. Bir xil yoshdagi va bir xil


232 
jismoniy rivojlanishga ega bo`lgan bolalarda jismoniy sifatlarning rivojlanishi
har xil ekanligi ta`kidlangan. Shu sababli, jismoniy rivojlanishi har xil
bo`lgan o`g‘il va qizlarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun individual 
dasturlar tuzish, mashqlar majmuasini ishlab chiqish, dars jarayonida har bir guruh 
uchun samarali yondashgan holda o`rgatishni tashkil qilish jismoniy tarbiya 
jarayonida dolzarb masalalardan biridir.
Individual ishlar har bir o‘quvchining yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olgan holda tashkil etiladi. Jismoniy mashqlarni tanlashda kichik maktab 
yoshidagi bolalarning anatomik va fiziologik, shuningdek psixologik xususiyatlari, 
albatta, hisobga olinadi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini individual olib borishda 
qomatni to‘g‘ri shakllantiruvchi mashqlarga e‘tiborni qaratish lozim. Bunday 
mashqlar chuqur nafas olish va chiqarish bilan birgalikda qo‘shib olib boriladi. 
Chuqur nafas olish jismonan nimjon bo‘lgan bolalar uchun foydalidir. Sababi 
chuqur nafas olish qon aylanishini yaxshilaydi. Oyoqlarda o‘tirib turish, tizza 
bo‘g‘imida oyoqni bukib yozish, oyoqlarni bo‘g‘imlarda aylantirish esa yassioyoq 
bolalar uchun asosiy mashqlardir. O‘yin sayrlari, mehnat topshiriqlari, ekskursiya, 
harakatli o‘yinlar esa o‘quvchilar kayfiyatini ko‘tarishga yordam beradi. Umurtqa 
pog‘onasi kichik maktab yoshida hali to‘liq qotmagan, egiluvchan bo‘lganligi 
sababli o‘quv partasida noto‘g‘ri o‘tirish natijasida qomatning qiyshayish holati 
bo‘lgan o‘quvchilarga tortinish mashqlari o‘rinlidir.
Albatta, jismoniy tarbiya darslarida mashqlarni tanlashda o‘quvchilar jinsiga 
e‘tibor birinchi o‘rinda turishi kerak. Sababi o‘g‘il bolalar qiz bolalarga nisbatan 
tezroq yugurishadi, uzoqroqqa va balandroqqa sakrashadi. Ular kuchliroq va 
chidamliroq bo‘lishadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, jismoniy tarbiya darslarini olib 
borishda o‘quvchining kayfiyati, jismoniy tayyorgarligi, sog‘liq holati, yoshi 
muhim ahamiyatga ega. Bu darslarni to‘g‘ri, qiziqarli va foydali tashkil etishning 
kafolatidir.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   164




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет