65
Ikkinchisi-1922-yillardan boshlangan bo‘lib,bu davrda sud tuzilishi sud
tartiblari o‘rnatila boshlagan.Ayrim favqulotda tashkil etilgan organlar qisman
tugatila boshlangan.Ko‘p hollarda fuqarolarning sudda ishi ko‘rilayotganda oddiy
talablari bajarilmay,fuqarolarning gunohkor yoki gunohkor emasligini tasdiqlashga
imkoniyat qolmagan.Ayrim sudyalar o‘z ishlariga nomutanosib bo‘lib,jinoyatning
oldini olish bo‘yicha yetarli ish olib bormagan [1.O‘zRMDA 51-51 bet orqasi].
Turkiston Xalq Komissariatining 1917-yil 23-noyabrdagi birinchi buyrug‘i
bilan Turkiston Respublikasi Adliya Komissariati tashkil topgan va Turkiston
Avtanom Sovet Sotsialistik Respublikasi Xalq Komissarlari kengashi tarkibiga
kiritilgan[2.Сборник декретов постоновление., 2-ro`yxat kirish so`zi.]. Turkiston
Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 12-dekabrdagi buyrug‘iga binoan sudlar,
prokuror nazorati, tergov va advokat tashkiloti. Шuningdek sud tartiblari, okrug
sudi,sud palatasi va barcha nomdagi harbiy sudlar tugatilishi nazarda tutilgan .
1917-yil 24-noyabrda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan
sud haqida dekret qabul qilindi. Dekretda sud tuzilishi va sudga tegishlilik
masalalari belgilab berildi . Unga asosan okrug xalq sudlari tashkil etilgan bo‘lib,
fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqqanda okrug xalq sudlarining doimiy a‘zolaridan uch
nafar,navbatdagi sud maslahatchilari va bitta zahiradagi sud maslahatchilari,jinoiy
ishlarda esa 12 nafar navbatdagi sud maslahatchilari va ikki nafar zahiradagi
maslahatchilar doimiy sud a‘zolaridan bittasi raislik qilgan holda qarab chiqilgan.
Dekretda xalq maslahatchilari va sud tergovi masalalariga e‘tibor qaratilgan. Unga
asosan xalq maslahatchilari sud tergovida qatnashib nafaqat jinoyat faktlarini
ochgan,balki qonunda ko‘rsatilgan jazo me‘yorini
ozaytirish huquqiga ham ega
bo‘lgan. Hatto aybdorni har qanday jazodan shartli yoki to‘liq ozod qilishgacha
shug‘ullangan. Raisning xulosaviy so‘zi bekor qilingan.U faqat qonunda ko‘zda
tutilgan jazo turi bo‘yicha xulosa bergan. Xalq maslahatchilarining kengashida rais
kengash ovoziga ega bo‘lib qatnashgan. Mazkur dekretga binoan, Petrogradda oliy
sud nazorati tashkil etilgan bo‘lib,Oliy sud nazorati amaldagi qonun bilan xalqning
huquqiy ongi o‘rtasida tafovut topsa,uni tegishli qonun chiqaruvchi organlarga
yangi qonun chiqarish uchun taqdim etgan.Oliy sud nazorati qarorini sobiq Sovet
hokimiyatining qonun chiqaruvchi organigina bekor qilishi mumkin bo‘lgan
[3.O‘zRMDA. 13-23.b.]. Dekretta ayblov va himoya masalalariga ham aniqlik
kiritilgan.
Sud
ayblovchi
va
himoyachi
ishtirokida
tashkil
etilgan.
Ishchi,soldat,dehqon deputatlari sovetlari qoshida jamoat himoyachilaridan hay‘at
a‘zolari tashkil etilgan bo‘lib, ularga pul to‘langan.Yana bu dekretda xolislar
sudi(Treteyskiy sud) yoki arbitraj sudiga e‘tibor qaratilgan [4.O‘zRMDA.13-b.].
Shu bilan birga, sudda oila-nikoh masalalariga ham e‘tibor qaratilgan. Adliya
Komissariatining 1918-yil 24-martda buyrug‘iga asosan,qamoqqa olishdan boshlab,
tintuv surgun va boshqa amallar faqat tegishli odamlar tomonidan tashkilotlarning
order yoki mandatlari orqali amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa
ham sovet
hokimyati vakillari o‘lkada o‘zi bilganicha qamoqqa olib,tintuv o‘tkazgan,hatto
odamlarning qozon-tovoqlarigacha musodara qilganlar. Sud hokimiyatiga
bo‘ysunmagan fuqarolar ―inqilob‖ davri,‖sovet‖ davri qonuni bilan jazolangan[5.
Sbornik dekretov i prikazov.33.b.]. Butun Turkiston Sovetlarining V syezdida ham
sud tuzilishi masalasini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligiga e‘tibor
qaratilgan.1918-yil 30-noyabrda Sovetlarning butun Rossiya Ijroiy qo‘mitasi va
Xalq Adliya Komissariati tomonidan ―Rossiya Sovet Sotsialistik Federativ
66
Respublikasi Xalq sudi haqida‖dekret va nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan[6.
Sbornik dekretov i prikazov.20 b.]. Xalq sudlari joylashgan viloyat va hududda
okrug sudlari tashkil etilgan. Har bir okrug sudida xalq sudlari hukm va qarorlari
ustidan kassatsiya va yakka tartibdagi shikoyatlarni qarab chiqish uchun xalq
sudyalari soveti tashkil etilgan. Xalq sudyalari soveti a‘zolari
xalq sudyalaridan
tashkil topgan bo‘lib,okrug xalq sudyalari syezdi tomonidan saylangan va tegishli
ishchi dehqon deputatlarining viloyat ijroiy qo‘mitalari tomonidan tasdiqlanib, xalq
sudyalari sovetining prezidiumini tashkil qilgan. Xalq sudyalari sovetlarida jinoiy
va fuqarolik bo‘limlari tashkil etilgan va ularga Xalq sudyalari soveti prezidiumi
a‘zolari boshchilik qilgan. 1918-1919-yillarda Turkiston Respublikasi Adliya Xalq
Komissariyatidan rus sudlari va mahalliy aholi sudlari bo‘limlari faoliyat
ko‘rsatgan.Arxiv hujjatlari tahlillari shuni ko‘rsatadiki, 1920-yilning aprel oylariga
kelib,o‘lkada boshboshdoqlik hukm sura boshlagan [7.O‘zRMDA.9-25.b.].
Amudaryo bo‘limida noqonuniy qamoqqa olishlar tintuvlar bosqinchilikka
o‘xshash shakldagi odamlarning narsalarni musodara qilishlar, musodaraga
o‘xshagan bosqinchiliklar har kungi oddiy holatga o‘xshab qolgan. Inson shaxsi va
qadrining qonuniyligi haqidagi tasavvurlar qog‘ozlarda qolib amalda o‘z kuchini
yo‘qotgan.
1920-yil 25-iyundan boshlab, uezdlarda xalq sudlarining ijrochi byurosi
tashkil etilgan [8. Doklad po Komissariatu.2 b.]. Bu davrda Petro-Aleksandrovskda
xalq sudlari soni ikki nafar, tergovchilar soni ikki nafar bo‘lib,
ulardan biri rus
millatiga mansub bo‘lgan. Shuningdek uch nafar himoyachi faoliyat yuritgan,
kadrlar yetishmasligi tufayli bir nafar xalq sudyasi, bir nafar tergovchi, uch nafar
himoyachi lovozimi bo‘sh bo‘lgan. Shu bilan birga Chimboyda, Sho‘raxonda uch
himoyachiga muhtojlik sezilgan[9.O‘zRMDA.32-b.]. Xalq sudlari 1920-yillargacha
tashkiliy holatda bo‘lgan.Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, harakatdagi sudlarni Xalq
sudi deb atash qiyin. Chunki faktlarga asoslansak, rus sudlarida sudya lovozimida
imperiya davri amaldorlari o‘tirgan. 1923-yilga kelganda Amudaryo bo‘limiga
e‘tibor ortgan va sud tizimi xodimlari ko‘paytirilgan. To‘rtkul viloyat sudida,
viloyat sudi sudyasi, sud raisi o‘rinbosari shuningdek sud a‘zolari to‘rt nafar, ikki
nafari zahiradagi sudyalar, bir nafar sudya kotibi, ikki nafar kotiblar,
umumiy
hammasi bo‘lib 24 nafar xodim faoliyat yuritgan. To‘rtkul viloyat sudida bir nafar
katta tergovchi, bir kotib ish olib borgan. Shtatlar loyihasi ishlab chiqilgan va
beshta qo‘shimcha texnik shtatlar berish rejalashtirilgan.Hisobchi lavozimi esa
tugatilgan. Sobiq sovet tuzimi davrida noaniq qarorlar qabul qilingan[10.
O‘zRMDA.15-32b.].
Rossiya imperyasi davri qonunlaridan foydalanganlar,
ayrimlariga o‘zgartirishlar kiritilib, ayrimlari bekor qilinib turgan.Shunday qilib
XX asrning 20-yillarida Sovet sudi huquqiy asoslarining zaruriy qismi yaratilgan va
o‘lkada sobiq sovet sudi shakllana boshlagan.
Достарыңызбен бөлісу: