260
ichida oltinchi va yettinchisi bo‘lib maydonga kelgan asarlar mazmun jihatdan ham, badiiyat
jihatdan ham jahonning hech qaysi asaridan qolishmaydi. Ular favqulodda zo‘r iste’dod bilan
yaratilgan barkamol asarlar edi” [1, 10-bet]. Haqli ravishda ta’kidlanganidek, o‘zbek tarixiy
romanchiligini boshlab bergan, tamal toshini qo‘ygan iste’dod sohibi Abdulla Qodiriydan keyin
uni yuksaklik sari olib chiqqan adiblardan biri Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek edi.
Adibning “Qutlug‘ qon”, “Navoiy” romanlari asos qilib olingan davrning barcha
xususiyatlari juda mahoratli talqin etilishi bilan alohida ajralib turadi. Ammo bu tarixiy asarlarning
yaratilish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, adibning badiiy mukammalik sari intilishidan tashqari,
olam va odamni, o‘z davri va muhitini juda teran anglaganligini ham qayd qilish zarurdur. Ana
shunday bir sharoitda, bu mavzularda qalam tebratish, davr
va muhit uchun juda katta
isyonkorlikdan dalolat beradi.
“Qutlug‘ qon” romanidagi obrazlar olami ham, “Navoiy” romanida ilgari surilgan
gumanizm g‘oyalari ham qayd qilingan tushunchalarni asoslaydi. Shuning uchun ham “Natijada
mardlik, tantilik, ma’naviy yuksaklik, jasorat, teran aql-idrok, olijanoblik, kabi sifatlar
g‘oyatda hayotiy tarzda tasvirlanadi. Umuman, tabiiy shaklda namoyon bo‘ladigan hayotiylik
muallif uslubining yetakchi fazilatini tashkil qiladi. Natijada, Yo‘lchi shunchaki shaxs sifatida
emas, butun o‘zbek xalqining timsoli sifatida gavdalanadi. Uning evolyutsiyasi, qishloqdan kelib,
shahar muhitini kashf etgani, XXI asr boshidagi o‘zbeklar o‘rtasida boshlangan yangi uyg‘onish
jarayonini o‘zida aks ettiradi” [1, 11-bet].
To‘g‘ri, badiiyat mezonlari, talqinlari turli
yo‘sinlarda
o‘zgarishi, yangilik sari intilishi
mumkin, ammo yaratilgan san’at asrlaridagi badiiy talqinlar bugungi kunda ham o‘quvchi qalbini
larzaga soladi. Buning zamirida, hayotni juda teran anglash bilan birgalikda yetuk mahorat,
iste’dodning ham mavjudligi, ularning uzviy birlashib ketganligini ham alohida qayd qilib o‘tish
zarur. Qayd qilingan romandagi talqinlar bugungi kunda ham o‘zining badiiylik funksiyasidagi
xususiyatlarini yo‘qotmagan. Bu esa ijodning muhumligi bilan birgalikda, olam va odamni
anglashning ulug‘ligi bilan chatishib ketadi.
Adabiyotshunos N.Karimov qayd qilganidek: “Adabiyotimizning
xalq hayotiga nazar
tashlab, jamiyatning muhim ijtimoiy va ma’naviy masalalarini tasvirlashga kirishishi uning
realizmga asoslangan ijodiy metodining shakllanishiga yordam berdi. Xullas, o‘zbek adabiyoti,
XX asrda jahon adabiyotining tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshladi” [2, 6-bet]. Qanchalik
murakkab davr sifatida qayd etilmasin, haqli ta’kidlanganidek, bu davr adabiyoti, xususan,
bevosita tarixiy romanchilikning taraqqiyotini alohida e’tirof etish zarur.
Har bir davrning buyuk iste’dodlarigina hayotga teranlik bilan yaqinlashadi, badiiy talqin
etishga intiladi. O‘tgan asr tarixiy romanchiligi bugungi kitobxon uchun ham juda muhim badiiy
obrazlarni kashf etib berdiki, istiqlolning o‘ttiz yilligida ham bu kabi mukammal obrazlar talqini
“yarq” etib namoyon bo‘lgani yo‘q desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Shu o‘rinda jahon
adabiyotining yetuk vakili Andre Moruaning Balzak haqidagi mana bu fikrlarini keltirishni joiz:
“Balzak ijodining eng muhim xususiyati shundaki, u bizga shunchaki juda ko‘p roman qoldirib
ketgani yo‘q, balki uning romanlari butun bir jamiyatning tarixidan iborat. Uning asarlarida
ishtirok etuvchi shaxsar vrachlar, huquqshunoslar, davlat arboblari, savdogarlar, sudxo‘rlar,
zadogon ayollar, satanglar bo‘lib, ular jildlardan jildlarga ko‘chib yurishdi” [3, 194-bet].
Darhaqiqat, badiiylik
zamirida hayotni talqin etish, obrazlar olamini badiiy kashf etish
mavjud ekan, ijodkor ahli shu yo‘ldan borishga, murakkab inson xarakterining turfa xil jihatlarini
badiiy to‘qima yoki tarixiy shaxslar obraziga singdirib boradi.
261
XX asr adabiyoti juda ulkan xazina bo‘lishi bilan bilan bir qatorda, buyk daholar obrazini
yaratishga intilish o‘sh davrning mahsulidir. Oybekdek iste’dod sohibi “Navoiy” romanini
yaratgandan keyingi davrda adibga nisbatan qilingan adolatsizliklar, biryoqlama tahliliy
yondashuvlarning o‘ziyoq davr va muhit murakkabligidangina emas, buyuk tarixiy siymolar
obrazini yaratishga bo‘lgan intilishlarning “oldini olish” bilan ham uzviy bog‘liq edi. Ammo
tafakkurga ega inson borki, o‘zligini, o‘z tarixini, buyuk ma’naviyatini anglashga harakat qiladi.
Shuning
uchun ham, millatning faxri, buyuk tarixning zarvaraqlaridan o‘rin olgan adiblarning,
tarixiy shaxslarning obrazini yaritishga izchillik bilan harakat qilindi.
XX asrning 70-80-yillariga kelib esa tarixiy romanchilikning uchunchi to‘lqini vujudga
keldiki, bu o‘rinda P.Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni”, O.Yoqubovning
“Ulug‘bek xazinasi”, “Ko‘hna dunyo”, Mirmuhsinning “Temur Malik”, Hamid G‘ulomning
“Mashrab”, M.Qoriyevning “Spitamen” kabi qator tarixiy mavzudagi romanlari yaratildiki, bu
asarlarda uzoq o‘tmishimiz, tariximiz badiiylashtirildi.
To‘g‘ri, qayd qilingan romanlardagi badiiy mukammalikni kimdir inkor qilishga harakat
qilar, ammo biz bu o‘rinda shunday murakkab bir davrda qay tarzda bo‘lsa-da, tarixiy shaxslar
obrazini yaratishga bo‘lgan intilishni ta’kidlamoqchimiz, xolos.
Agarda, Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” romanida buyuk temuriylar avlodining tipik
vakili obrazini talqin etish orqali, nafaqat, Movarounnahr, Xuroson, balki Hind o‘lkasigacha
bo‘lgan hukmronlikni, bu o‘lkalardagi madaniy-ma’rifiy hayotning naqadar go‘zalligini,
ilm-fanning taraqqiyotiga alohida urg‘u berish orqali tarix haqiqatini jonlantirishga harakat qilgan
bo‘lsa, Odil Yoqubov “Ulug‘bek xazinasi”da xuddi shu avlodning tipik vakili shoh va olim Mirzo
Ulug‘bek obrazi orqali davr muhitini talqin etishga harakat qilganligini kuzatamiz. Har ikki
adibning tarixiy romanchilik taraqqiyotidagi o‘rnini alohida qayd etgan holda, uning badiiy
mukammaligi sari siljishiga ham o‘z hissalarini qo‘shganliklari ham ayni haqiqat.
Turk olimlari Ahmed Buran, Ercan Alkayalar qayd qilganidek: “Temuriylar
sivilizatsiyasining yetuk vakillari hisoblangan Mirzo Ulug‘bek, Gavharshodbegim, Husayn
Bayqaro, Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi o‘z davrining buyuk
siymolarining tarixini, murakkab hayotini tarixiy voqealar zamirida o‘rganish ham bejiz emas” [4,
11-bet].
Darhaqiqat, XX asr tarixiy romanchiligi ham murakkab va o‘ta shonli yo‘lni bosib o‘tdi.
Buning zamirida uzoq yillik tarix u yoki bu darajada o‘zining badiiy ifodasini topdiki, bu esa
istiqlol davri tarixiy romanchiligining yanada yuksalishiga zamin hozirladi.
Достарыңызбен бөлісу: