57
Birinchi darajali kapitalning yetarliligiga nisbatan belgilangan minimal talab
oshirildi.Ushbu talab 2013 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davrda amaldagi 4
foizdan 6 foizga oshiriladi.
Kapitalning himoyaviy «konservatsiya «buferi» joriy etiladi. Kapitalning
himoyaviy «konservatsiya «buferi» birinchi darajali kapitalning 2,5 foizi hajmida
tashkil etiladigan qo‘shimcha zaxiradan iboratdir. Shunday kilib, birinchi darajali
kapitalga nisbatan belgilangan umumiy talab darajasi 7 foizni tashkil etadi
(2,5% + 4,5 %).
Kontrsiklik bufer joriy etiladi.Kontrsiklik bufer bank o‘z kapitalining
0 %dan 2,5 foizigacha hajmda tashkil etiladi va kreditlash hajmining keskin
oshishiga to‘sqinlik qiladi.
Tijorat banklarining o‘z kapitali va jalb etilgan kapitali o‘rtasidagi
nisbat.Ushbu nisbat risksiz miqdorni aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Risksiz
miqdor sifatida birinchi darajali kapitalning 3 % darajasi olinadi. Mazkur
ko‘rsatkich 2013-2017 yillarda joriy qilinadi va tegishli tuzatishlardan so‘ng
direktiv ahamiyat kasb etadi.
Bazel-III da bank likvidliligiga nisbatan ham yangi talablarni beligalydi.
2015 yildan boshlab likvidlilikni qoplash ko‘rsatkichi
- Liquidity Coverage Ratio
(LCR) joriy etiladi.
Достарыңызбен бөлісу: