Норбоев Абдулла Ориф ўғли


Likvidlilikni qoplash ko‘rsatkichi - Liquidity Coverage Ratio (LCR)



Pdf көрінісі
бет25/30
Дата07.02.2024
өлшемі0.9 Mb.
#491108
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

Likvidlilikni qoplash ko‘rsatkichi - Liquidity Coverage Ratio (LCR)
37
 
LCR=
(yuqori sifatli aktivlar)/(30 kun mobaynida sof pul chiqimlari) ≥100% 
LCR 30 kunlik muddatda kapital chiqimini yuqori likvidli aktvlar zaxirasi 
bilan qoplanishini ko‘rsatadi. 
Banklarda moliyalashtirishning yetarliligini nazorat qilish maqsadida Net 
Funding Stability Ratio (NFSR) ko‘rsatkichini 2018 yildan boshlab joriy etish
37
Basel Committee on Banking Supervision (www.bis.org). 2010 year 


58 
ko‘zda tutilgan. Ushbu ko‘rsatkich mavjud va talab qilinadigan moliyalashtirish 
hajmi o‘rtasidagi nisbat shaklida aniqlanadi. 
Banklarda moliyalashtirishning yetarliligini nazorat qilish- Net Funding 
Stability Ratio (NFSR) ko‘rsatkichi
38
 
NSFR=
(Mavjud 
barqaror 
manbalar) 

(talab 
qilingan 
barqaror 
manbalarning foydalanilishi) ≥ 100% 
Yuqoridagi yangi talablar bank tizimida joriy etishda quyidagi muammolar 
yuzaga kelishi mumkin: 
 Oddiy aksiyalar salmog‘ini oshirish uchun qo‘shimcha aksiyalarni 
muomalaga chiqarish va investorlarni jalb etish, aksiyalar taklifining ortishi 
hisobiga aksiya bahosining pasayishi; 
 Taqsimlanmagan foyda salmog‘ini oshirish borasida aksiyadorlar o‘rtasida 
manfaatlar kelishmovchiligining yuzaga kelishi; 
 Iqtisodiy retsessiya sharoitida sof foydani oshirish imkoniyatining 
cheklanishi; 
 Yangi likvidlilik talabini joriy etish hisobiga daromadlilikning pasayishi; 
 Banklarning kreditlash ko‘lamining qisqarishi va h.k. 
Bazel-1 standartiga ko‘ra, tijorat banklari aktivlari yoki ularning IIHT 
mamlakatlarida ro‘yxatdan o‘tgan banklar va boshqa depozitar institutlarning 
kreditlari, kafolatlari bilan ta’minlangan kreditlar va boshqa aktivlar 20 % risk 
darajasiga ega. Holbuki, mazkur standartga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan 
mijozlarga berilgan kreditlar 100% risk darajasiga ega.
Biz ekspertlarning Bazel qo‘mitasining banklar faoliyatidagi kredit riskini 
aniqlashda mijozning IIHTga a’zolik omilini hisobga olmaslik xususidagi fikriga 
qo‘shilamiz. Fikrimizcha, kredit riskini baholashda Bazel qo‘mitasi tomonidan 
taklif qilingan standart yondashuvdan kredit riskini baholashda foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Buning sababi shundaki, birinchidan, kredit riski darajasi 
38
Basel Committee on Banking Supervision (www.bis.org). 2010 year 


59 
mijozning xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilgan reyting ballari asosida 
aniqlanadi, reyting ballari esa, ob’yektiv voqelikni aks ettiradi. Ikkinchidan, 
standartlashgan yondashuvni qo‘llash oson.
Bazel-1 tizimiga binoan risk darajasini o‘lchash standart koeffitsientlari 
aktivlarning keng toifalariga, chunonchi: davlat (suveren), bank va korporativ 
aktivlarga beriladi. Masalan, korporativ riskni qoplash uchun qarz oluvchining 
kredit sifatidan qat’i nazar kapitalga 8% (ya’ni riskni o‘lchash koeffitsientining 
100%) miqdorida ajratmalar qilish nazarda tutiladi.
Ichki reytinglar asosidagi yondashuvda kredit riski darajasi bankning ichki 
reytinglariga asoslangan ballarga bog‘liq ravishda belgilanadi. Banklarning ichki 
reytingi esa, mijozlarning kredit tarixiga asosoan belgilanadi. Mazkur yondashuvda 
uch muhim jihat mavjud: 
bank o‘zining va o‘z kontragentlarining krizis yoki bankrot imkoniyatlariga 
mustaqil baho berishni amalga oshirishga qodir bo‘lishi lozim; 
bank risklarga integral baho bera olishi zarur; 
ichki baholash bank qanday ma’lumotlardan foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi, 
ya’ni bank o‘z risklarini ishonchli ma’lumotlarga muvofiq o‘lchashga qodir 
bo‘lishi shart.
Kapitalga qo‘yiladigan talablarni hisoblashda IRB yondashuvlarida faqat 
kutilmagan zararlar (Unexpected Loss–UL)ga berilgan baholar hisobga olinadi. 
Kutilayotgan zararlar (Expected Loss–EL) kreditlar bo‘yicha ko‘riladigan 
zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxiralarga kiritiladi.
Hisoblangan zaxiralar kutilayotgan zarardan kamroq bo‘lsa, zaxiralarning bu 
taqchilligi tartibga soluvchi kapitaldan teng qismlarga bo‘lib hamda birinchi va 
ikkinchi daraja kapitallaridan chegirib qolinadi. Zararlarni qoplashga mo‘ljallangan 
zaxiralarning ortiqcha qismi ikkinchi daraja kapitalga, lekin yuqori limit bilan 
qo‘shib qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining aktivlarini riskka tortishda 
xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan 4 ta risk darajasi hisobga 
olingan: 0%, 20%, 50%, 100%. Ammo riskka tortish bo‘yicha Qo‘mita tomonidan 


60 
belgilangan barcha talablar respublikamiz bank amaliyotida o‘z aksini topgan. 
Masalan, hukumatning qimmatli qog‘ozlari riskka tortilayotganda ularning 
muddati Bazel andozalari bo‘yicha hisobga olinadi. Ya’ni, hukumatning faqat 90 
kungacha muddatga chiqarilgan obligatsiyalari va boshqa turdagi qimmatli 
qog‘ozlari risk darajasiga ega emas. Hukumatning 90 kundan ortiq muddatga 
chiqarilgan barcha qimmatli qog‘ozlari 20 % risk darajasiga egadir. 
Respublikamizda esa, hukumatning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar 
risk darajasiga ega emas. Holbuki, inflyatsiya va devalvatsiya ta’sirida qimmatli 
qog‘ozlarga banklar tomonidan qilingan investitsiyalarning real qiymatini pasayish 
xavfi mavjud. 
Loyihalarning risklarini boshqarish nuqtai nazaridan Bazel-II standartini joriy 
etish banklar tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning risk parametrlarini 
asoslashga nisbatan talablarni asta-sekin kuchaytirilishini taqozo etadi. Bunda 
mazkur talablar banklarning o‘zlari tomonidan ham, davlat tomonidan ham 
standartlashtiriladi. Bunda asosiy e’tibor loyihalar risklari ustidan nazorat nafaqat 
kredit arizasi berishning dastlabki bosqichida, balki tegishli kredit liniyalari amalga 
oshirilishiga qarab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 
Bazel-II standarti talablarini bajarish borasidagi tayyorgarlik tadbirlarini 
amalga oshirish jarayonida bitimni milliy bank tizimlari sharoitiga moslashtirish 
bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator qiyinchiliklar, murakkabliklar yuzaga kelishi 
mumkin.
Ta’kidlash joizki, Bazel qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi 
standartlarni amaliyotga joriy etish murakkab va qiyin jarayon hisoblanadi. Shu 
sababli, qator mamlakatlarda mazkur standartlarni joriy etish muddatlari 
kechiktirilmoqda. Xususan, AQShda ushbu yangi standartlarning talablariga 
hozirgi kunda yigirmataga yaqin bank rioya qiladi. Buning sababi shundaki, bitim 
kichik va o‘rta banklarga uni joriy etishga qilinadigan ko‘p miqdordagi xarajatlar 
bilan taqqoslaganda juda kam ustunlik beradi. Bundan tashqari, AQSh nazorat 
organlari rezervga ajratiladigan kapital hajmlarining kamayishi mamlakat bank 
tizimining risklari hajmini oshirishi mumkinligidan qattiq xavotirga tushmoqda. 


61 
Bazel-II hujjatida yangi standartlarga o‘tish muddatlari Bazel Qo‘mitasi tomonidan 
quyidagicha ta’riflangan: “Mazkur hujjat jahon mamlakatlarining nazorat organlari 
o‘rtasida ularga kapitalning yetarlilik miqdorini aniqlashning yangi sxemasini 
qabul qilish imkoniyatini bu ular faoliyatining ustuvor vazifalariga ko‘proq 
darajada mos kelgan paytda ko‘rib chiqishni taklif qilish maqsadida tarqatiladi”
39
.
Bazel-II asosiy hujjatining mazmuni ruhi va so‘ziga ko‘ra aniq va tushunarli 
bo‘lishi uchun shuni e’tiborga olish lozimki, uning matnida Bazel-1 hujjatining
40
kapitalni turli toifalarga mansub deb topishning asosiy qoidalariga tegishli bo‘lgan 
qoidalari Bazel-II sxemasida o‘z kuchini saqlab qolishiga va Bazel Qo‘mitasi 
tomonidan qabul qilingan va tayyorlanayotgan boshqa yigirma hujjatni 
o‘zlashtirish lozimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishoralar mavjud. Yana bir muhim 
shart–Qo‘mita mafkurasi va metodologiyasining negizi hisoblangan asosiy 
tamoyillarni
41
sinchiklab o‘rganish. 
Respublikamiz tijorat banklarida 2019 yil 1 yanvardan boshlab esa K1 ning 
eng kam darajasi tavakkalchilikka tortilgan aktivlarning 3 foizi miqdoridagi 
konservatsiyalangan kapital buferini hisobga olgan holda 0,145 (14,5) foiz 
miqdorida ta’minlashlari lozim. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет