INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
«GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2020: CENTRAL ASIA»
NUR-SULTAN, KAZAKHSTAN, FEB-MARCH 2020
166
yomonni ajratish, yomondan hazar qilish, ojizlarga yordam berish kabi ijobiy xislatlar tarkib
topadi. Bunday darslarning tez-tez o‘tkazilishi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini
oshirish bilan birga o‘qituvchining mahorati ham oshib boradi.
Darslarda o‘rganilayotgan o‘quv materialini sahna ko‘rinishi asosida o‘zlashtirish asarni
rollarga bo‘lib o‘qish yoki shu asar qahramonlarini sahna ko‘rinishi orqali namoish etish
o‘quvchilarda darsga qiziqishni oshiradi, o‘quvchilar o‘quv materialini yaxshi o‘zlashtirishga
erishadilar.
Uzluksiz ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar ta’lim oluvchilarning bilim olish
jarayonini o‘yin faoliyati orqali uyg‘unlashtiradi. Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi
vazifalar amalgam oshiriladi:
-shaxsning o‘qishga, mehnatga nisbatan qiziqishi ortadi;
-o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi, ya’ni kommunikativ-muloqot madaniyatini
egallashiga yordam beradi;
-hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo‘ljalni to‘g‘ri
olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
-o‘yin jarayonida ijtimoiy me’yorlarga mos hulq-atvorni egallash, kamchiliklarga balham berish
imkoniyati yaratiladi;
-shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
-insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy,
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor qaratiladi;
-o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi;
Aynan ushbu jarayonlar bevosita muloqot vositasi bo‘lgan ona tili va adabiyot ta’limi bilan
bog‘liqligi barchamizga ayon. Har qanday muloqotning asosini, albatta, til tashkil etadi. Til
madaniyati-umummilliy madaniyatning bosh ko‘rsatkichi. Ayniqsa, inson ma’naviyatining
yuksalishi tilga, ona tiliga bo‘lgan e’tibordan boshlanar ekan, afsuski, hanuzgacha tilga,
so‘zlashuv madaniyatiga e’tiborsiz qaraydigan kimsalar bor. Shuning uchun ham Prezidentimiz
ma’naviyatni shakllantiruvchi boshqa omillar qatorida til masalasiga alohida e’tibor qaratib,
shunday deydi:” Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida hali ko‘p ish
qilishimiz lozimligini unutmasligimiz kerak. Ayniqsa, ba’zi rasmiy muloqotlarda ham adabiy til
qoidalariga amal qilmaslik, faqat ma’lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini
qo‘shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalalarning hali-hanuz dolzarb bo‘lib
qolayotganini ko‘rsatdi…”(1).
Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarini o‘tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi va uni o‘tkazishda
quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi lozim:
a) didaktik o‘yin mash’g‘ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo‘lishi;
b) jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag‘ishlanib, ular o‘yin davomida
hal qilinishi;
c) barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq me’yorlarga mos kelishi;
d) o‘yin tuzilish jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi;
e) mashg‘ulotlar davomida didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga
erishishi kerak.
Didaktik o‘yinlar o‘yin usullarini cheksiz takrorlash va o‘zgartirish, o‘yinga turli narsalar
kiritish imkonini beradi. Masalan, “Jimjitlik” o‘yininig 5-7 xilini butun sinf bilan hamda ayrim
bolalar bilan 10 xili turli ko‘rsatmali material bilan o‘tkaziladi va hokazo. Natijada o‘yin
malakalarining bir xilda va mustahkam bo‘lishiga o‘yinning har bir qoidasini tinglay bilish va
unga rioya qilinishiga erishish imkonini beradi. O‘yinlar o‘zining shakli jihatdan asosan quyi
sinflarda o‘ynaladigan ijodiy o‘yinlardan ham, o‘qituvchi o‘zi hikoya qilib berish yo‘li bilan
tushuntiriladi va o‘quvchilarni birma-bir so‘rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan va shu
singari o‘yinlardan ham har tomonlama farq qiladi. Didaktik o‘yinlar ta’limning
|