Kalit so‘zlar: didaktik o‘yin, motivatsiya, innovatsion texnologiya, uzluksiz ta’lim, iqtidor,
qiziqish.
Adabiyot, avvalo, so‘z va ruhiyat san’atidir. U inson ruhiyatidagi nihoyatda nozik
tovlanish va ohanglarni ilg‘ashga aks ettirishga intiladi. Eng yuksak pog‘onalarga chiqa oladigan
badiiy adabiyot namunalari insoniyatini to‘lqinlantiradigan, hayajonga soladigan o‘y-fikrlar,
kechinmalar, orzu-umidlarni ifodalaydi.
Adabiyotni o‘rganishdan turli maqsad ko‘zda tutilishi mumkin. Adabiyot, avvalo,
insoniyat
ma’naviy
boyliklarining
xazinasidir.
Dunyoda
insonlar
bir-birlariga
o‘xshamaganlariday, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. O‘zbek adabiyoti tarixi
nozik ruhiy holatlarni mahorat bilan aks ettirgan durdonalarga boydir. Ular hozirgi avlod
ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg‘ota oladi, ularning ma’naviy boyishlariga tegishli hissa
qo‘sha oladi. Muhimi, ular badiiy didimiz takomiliga, ma’naviy kamolotga xizmat qiladi.
Adabiyot ma’lum shaxslar, alohida qobiliyat va iste’dod egalari tomonidan yaratiladi.
Ammo asar bitilganidan keyin u xalq mulkida aylanadi.
Ta’lim –tarbiya jarayoni butun mashg‘ulot davomida o‘quvchi faolligi va
qiziquvchanligini muntazam ravishda uyg‘otib boorish maqsadini ko‘zda tutadi. O‘quv
omillarini yaratishga asoslangan innovatsion texnologiya o‘quvchilarni tezkorlik bilan o‘quv
yoki o‘quv ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilish imkonini beradi. Aks holda, saif, yetarli
darajada tushunarli bo‘lmagan yoki aniq natija ko‘zlanmagan topshiriqlar mashg‘ulotning
samarasiz yakunlanishiga olib keladi.
Bunday holatlar ko‘p hollarda o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan salbiy munosabatda
bo‘lishiga zamin yaratadi hamda hol o‘quvchining ortiqcha hissiyotlarga berilishi, o‘quv
faoliyatiga undovchi rag‘batning pasayishi, o‘qishdan bezishi hamda o‘quv predmeti va
|