Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


-rasm. Laboratoriya sharoitida tuproqning



бет15/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90
Laboratoriya mashg\'

7-rasm. Laboratoriya sharoitida tuproqning

suv o’tkazuvchanligini aniqlash.


Tuproqning suv o’tkazuvchanligini aniqlash uchun ma’lum vaqt (5, 10, 15, 20, 25 minut) oralig’ida tuproqdan o’tgan suvning hajmi (miqdori) o’lchab boriladi. Bu ish 1-1,5 soat davom ettiriladi. Tuproqning suv o’tkazuvchanlik darajasining vaqtga qarab o’zgarishini kuzatish natijasi diagrammasi tuziladi.






8-rasm. Tuproqlarning suv o’tkazish xossasini ko’rsatuvchi diagramma:
1-qumli, 2-strukturali,
3-strukturasiz tuproq.

9-rasm. Qumli, strukturali va strukturasiz turpoqlarning suv o’tkazuvchanlik xossasini ko’rsatuvchi diagramma.

Tuproqning suv o’tkazuvchanligini dala sharoitida maydonchaga
suv quyish usuli bilan aniqlash.
Ish tartibi. 1. Buning uchun tuproq sharoitiga mos keladigan maxsus maydon tanlanadi, uning yuzasi yaxshilab tekislanadi. So’ngra tekslangan yuzaga eng oldin eni 25x25 sm va bo’yi 20-25 sm bo’lgan metall yoki yog’ochdan yasalgan rom (kvadrat) lar tuproqqa 5-10 sm chuqurlikkacha kirzilgan holda o’rnatiladi. So’ng uning atrofiga shuncha balandlikdagi 50x50sm li rom yuqoridagidek o’rnatiladi. Ikkinchi romning atrofi tajriba maydonchasidagi suvni chetga chiqib ketishdan saqlash uchun tuproq bilan yaxshilab zichlanadi.
Odatda berilgan suv tuproqning pastki qatlamlariga to’g’ridan - to’g’ri (vertikal yo’nalgan) harakatlanmasdan balki yon tomonlarga (gorizontal yo’nalishda) siljishga urinadi. Shuning uchun ham bir tajribada himoya vazifasin o’tovchi tajriba maydonchasi bo’lishi lozim. Bunday vazifani ikkinchi navbatda o’rnatilgan katta rom bajaradi. Ushbu tashqi romda tajriba davomida ketgan suvning miqdori hisobga olinmaydi. Bu rom, o’rtada joylashtirilgan kichik romdagi suvning tuproq qatlamlari bo’ylab faqat vertikal yo’nalishni ta’minlaydi.
Suv sathi balandligining kuzatish uchun har bir romning ichiga chizg’ich (lineyka) o’rnatiladi.
2.Tajriba boshlanishida har bir romga 5 sm qalinlikda suv qo’yiladi. So’nrga ikkala romda ham o’lchov stakanlar yoki silindrlar bilan suv qo’yilib, uning bosimini doimiy bir xilda (5 sm qalinlikda) bo’lishi taminlanadi. Ma’lum vaqt ichida sarf bo’lgan suv (ml hisobida) yozib boriladi.
3. Suv sarfi faqat ichki kichik romda hisoblanadi. Qo’yilgan suvning birinchi hisobi, tajriba boshlanganidan keyin 2 minut so’ngra 3 minut, keyin 5-10 minut o’tgach aniqlanadi. Suv sarfi kamaysa o’lchash vaqti 30 minut va 1 soatgacha uzaytiriladi.
4. Suv o’tkazuvchanlik bo’yicha kuzatish suv sarfining doimiy ko’rsatgichga ega bo’lgunga qadar davom ettiriladi, bu muddat sug’orilmaydigan tuproqlarda 3 soat sug’oriladiganlarda – 6 soatdan kam bo’lmaydi.
5. Har bir o’lchov vaqti oralig’idagi suv o’tkazuvchanlik quyidagi formula bilan hisoblab chiqariladi:

bu yerda: V- shimilish va filtrlanish tezligi, ml/min, Q- suv sarfi, mm; S- ichki romning maydoni, sm2; t- tajriba vaqti, min.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет