Dalada olingan ma’lumotlar quyidagi tartibda yozib boriladi:
3-jadval
№
|
Suv sarfini hisobga olish vaqti, min
|
Ma’lum vaqtda sarf bo’lgan suv miqdori, ml
|
Suv o’tkazuvchanlik tezligi, mm/min
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kuzatishning eng asosiy talabi, himoya zonasini tashkil etish, suvning o’z vaqtida solib turish va sarflangan suvni to’g’ri hisobga olish.
Tuproqning suv ko’taruvchanligi (kapillyarligi)ni aniqlash.
Ishning mohiyati: Tuproqning suv ko’tarish qobiliyati–kapillyar kuchlar ta’sirida tuproqning suvni pastdan yuqoriga qarab ko’tarish xossasidir. Kapillyarlik va tuproqning suv ko’taruvchanligi natijasida sizot suvlari hisobidan o’simliklar qo’shimcha ravishda suv bilan ta’minlanadi. Ammo, shu bilan birga, tuproqda havo yetishmaganligidan moddalarning qayta tiklanishi va tuproq qatlamining sho’rlanish jarayonlari yuzaga keladi.
Tuproqda nafaqat sizot suvi bilan bog’liq bo’lgan harakatchan kapillyar tiralgan suv, balki kapillyar muallaq nam ham ko’tarilish xususiyatiga ega.
Tuproqning kapillyar yo’llari orqali suv harakatining tezligi va balandligi, uning mexanik tarkibi, strukturasi va qovushqoqligiga bog’liq. Yirik strukturali va qum tuproqlarda suv pastdan yuqoriga tez ko’tarilsa ham, strukturasiz tuproqlardagiga qaraganda baland ko’tarilmaydi. Suvning maksimal ko’tarilishi (sizot suv sathidan yuqorida) qumli tuproqlarda 0,5-0,7 m, qumoq tuproqlarda 2,5-3,0 m, og’ir soz tuproqlarda 4-6 m ni tashkil etadi.
Tuproqning kapillyarlik xossasi o’quv laboratoriyasi sharoitida quyidagicha aniqlanadi. Ish tartibi. Uzunligi 25-30 sm va diametri 2-3 sm bo’lgan shisha silindrning bir tomoniga filtr qog’oz va uning ustidan doka bog’lanadi. Filtr va dokaning ortiqchasi qirqib tashlangach, kapillyarlik xossasi aniqlanmoqchi bo’lgan tuproqdan (qum, strukturali va strukturasiz) olib tayyorlab qo’yilgan silindrga 20 sm qalinlikda yumshoq narsacha bir necha marta urib, zichlab joylashtiriladi. So’ngra silindrlar filtrli tomoni vannachalardagi suvga tegib turgan holatda shtativga o’rnatiladi.
Tajriba boshlangach vaqt belgilab quyiladi. Silindrlardagi har xil tuproqlarda kapillyar suvnining ko’tarilish tezligi va suv tuproqning ustki qavatiga qancha vaqtda ko’tarilganligini aniqlash bilan tuproqning kapillyarlik xossasi kuzatiladi.
Bu tajribani ham uch xil, ya’ni qum, strukturali va strukturasiz soz tuproqlar bilan bir vaqtda o’tkazib, natijasini diagrammada (8-rasm) ko’rsatish tavsiya etiladi.
Достарыңызбен бөлісу: |