Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


-rasm. Tuproqlarning o‘ziga xos struktura elementlari



бет50/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90
Laboratoriya mashg\'

14-rasm. Tuproqlarning o‘ziga xos struktura elementlari
(S.A.Zaxarov ma’lumotlariga ko‘ra).
I-tip: 1-yirik uvoqli, 2- o‘rtacha uvoqli, 3-mayda uvoqli, 4-changsimon, 5-yirik yong‘oqsimon, 6-yong‘oqsimon, 7-mayda yong‘oqsimon, 8-yirik donador, 9-donador, 10- kukunsimon.
II-tip: 11-ustunli, 12-ustunsimon,13-yirik prizmatik, 14-prizmatik, 15-mayda prizmatik, 16-mayin prizmatik.
III-tip: 17-plitasimon, 18-yassi qatlamasimon, 19-yaproqsimon, 20-yirik tangasimon, 21-mayda tangasimon.
Plitasimon struktura tipi uchun gorizontal o‘qlar bo‘yicha kuchli rivojlangan, vertikal o‘q bo‘yicha esa kalta bo‘lgan agregatlar xosdir. Ularning umumiy shakli yassi bo‘ladi. Qatlamli plastinkalarningqalinligiga ko‘ra quyidagi turlari bo‘ladi: a) slanessimon struktura- plastinkalarning qalinligi 5 mm dan ziyod; b) yassi plitasimon struktura-plastinkalarning qalinligi 3-5 mm; b) taxtasimon struktura- plastinkalarning qalinligi 1 mm dan yupqa; g) tangachasimon struktura – agregatlar yassi plitasimon va taxtasimon plastinkalardan kichik bo‘ladi.
Strukturaning turini to‘g‘ri aniqlash katta ahamiyatga ega, chunki tuproqlarning turli tiplariga va har qaysi genetik qatlamiga tuproq strukturasining muayyan tiplari to‘g‘ri keladi. Masalan, chirindili qatlamlar uchun donador, uvoqli- donador, kukunli- donador struktura; elyuvial qatlamlar uchun yassi plitasimon, taxtasimon, tangachasimon, plastinkasimon struktura; ileyuvial qatlamlar uchun esa ustunli, prizmatik, yong‘oqsimon (g‘o‘rasha), palaxsali kabi strukturalar xosdir.
Tuproq strukturasining turini chuqur kavlayotganda chiqarib tashlangan sochilib turuvchi tuproqqa qarab aniqlash mumkin. Bu usuldan tashqari, tuproq qatlamidan pichoq bilan ozgina tuproq kesib olib va uni kaftda yoyib, agregatning shakliga qarab ham tuproq strukturasining turini aniqlasa bo‘ladi. Tuproq qatlamlarida ko‘pincha strukturaning har xil turlarini uchratish mumkin. Bu holda strukturaga ikki-uchta so‘z bilan ta’rif berishga va oxirgi so‘z bilan ko‘proq uchraydigan alomatlarni ta’kidlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, agar qatlamda uvoqlar ko‘proq bo‘lsayu, palaxsalar ham uchrasa, bunday struktura palaxsali – uvoqli struktura deb ataladi. qatlamlarda agregatlardan tashqari, agregatlarga yopishib bog‘lanmagan zarralar ham bo‘ladi. Bunday tuproqlar strukturasiz tuproqlar deb yuritiladi. Qumli tuproqlar strukturasiz tuproqlarga yaqqol misol bo‘la oladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет