Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Tuproqning yangi yaralmasi



бет52/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Tuproqning yangi yaralmasi. Qo‘shilmalardan farqli o‘laroq, yangi yaralmalar tuproq paydo bo‘lish jarayonining turli mahsullaridan iborat bo‘ladi. Tuproqning har qaysi tipi uchun muayan yangi yaralmalar xos bo‘lib, ular har bir tuproqning kelib chiqish xususiyatlarini belgilaydi.
O‘rta Osiyo tuproqlarida eng ko‘p uchraydigan yangi yaralmalar quyidagilardan iborat. «Juravchiklar» («Turnachasimon») va «dutiklar» («Pufakchasimon») ko‘rinishidagi karbonatlar–ko‘pincha ichi bo‘sh bo‘ladigan g‘alati shakldagi zich ohak bog‘lamlar (15-rasm).

15-rasm. Karbonat bog‘lamlari «turnachasimon» («juravchiklar»)
«Oq ko‘zanak» ko‘rinishidagi karbonatlar–ohakning dumaloq yumshoq to‘plamlari bo‘lib, tuproqlarning o‘tuvchi qatlami oxirida aniq ko‘rinib turadi.
O‘zbekistonning gidromorf tuproqlarida karbonatlar ba’zan «Sho‘x» qatlamlarini yoki karbonat konkresiyalarini hosil qiladi.
Gipslar oqish g‘uborsimon tuzlar ko‘rinishidagi qatqaloq va kulrang-oqish tomirlar shaklida uchraydi. Arid tuproqlarda gips kristallarining yirik druzasimon donachalari, shishasimon plastinkalar, mayda kristallar va unsimon ko‘rinishidagi shakllari tarqalgan (16-rasm).
O‘zbekistonda cho‘l zonasida va och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasida gipsli tuproqlar keng tarqalgan bo‘lib, bu yerda gips ajralib turadigan alohida gips qavatchalarini hosil qiladi (masalan, gipsli sur-qo‘ng‘ir tuproqlar; gipsli och tusli bo‘z tuproqlar singarilar).
Oson eriydigan tuzlar–ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning xloridlari, sulfatlari, bikarbonatlari va eriydigan karbonatlaridan iborat yangi yaralmalar. Tuzlar tuproq yuzida yoki quriyotgan chuqur devorlarida ko‘zga ko‘rinadigan to‘planmalar – oqish tuzlar, taram-taram yo‘llar, kristallar, kristall uyalarini yuzaga keltiradi. Yuqori qatlamlardagi suvda oson eriydigan tuzlarning miqdoriga qarab tuproqning sho‘rhokligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi (sho‘rhoklar, sho‘rhokli va sho‘rhoksimon kabi tuproq).





Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет