Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги



бет51/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Tuproq qovushmasi. Tuproqning va alohida qatlamlarning qovushmasi deganda ularning kovakligi va zichligining tashqi ifodasini tushunmoq lozim. Bunda ko‘pincha bo‘lakchalar zichligi e’tiborga olinadi.
Tuproqning zichligi zichlik-o‘lchagich deb ataluvchi asboblar-plotnometr bilan o‘lchanadi. Dalada tuproq chuqurini morfologik ta’riflashda tuproqning zichligi quyidagi ko‘rsatkichlarga asoslangan holda ko‘z bilan chamalab aniqlanadi.
Juda zich qovushma. Bunday tuzilishdagi tuproqni belkurak bilan kovlab bo‘lmaydi, bu maqsadda lom va kirkadan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Sho‘rtoblar va sho‘rtobli tuproqlarning illyuvial qatlamlari ana shunday zichlangan bo‘ladi.
Zich qovushma. Mazkur qovushmali tuproqni katta kuch ishlatib belkurak bilan kavlash mumkin, lom va kirkadan foydalanmasa ham bo‘ladi. Soz va qumoq tuproqlar illyuvial qatlamlari tuzilishi uchun xarakterli.
G‘ovak qovushma. Kovlashda belkurak tuproqqa osonlik bilan kiradi, itqitilganda tuproq alohida zarralar yoki struktura bo‘laklariga bo‘linib ketadi. Bunday tuzilish qumoq va soz hamda qumli, qumloq tuproqlarning ustki strukturali qatlamlariga xosdir. G‘ovak qovushma yaqinda yetilgan paytda sifatli qilib va ishlov berilganda tuproqlarning haydalma qatlamida ko‘proq uchraydi.
Sochiluvchan qovushma. Tuproq sochiluvchan bo‘lib, mexanik zarralar birikmagan bo‘ladi. Qumli tuproqlar ana shunday tuzilishga ega bo‘ladi.
Agregatlar ichidagi kovaklar (teshiklar) ning xarakteriga ko‘ra g‘ovakdor qovushma (tuproqda 3 mm dan kichik diametrli teshiklar bo‘ladi), g‘alvirak qovushma (tuproqda 3-5 mm li bo‘shliqlar bo‘ladi), teshik-teshikli g‘ovak qovushma (bo‘shliqlar diametri 5-10 mm ni tashkil etadi), kovakli qovushma (bo‘shliqlar diametri 10 mm dan ortadi) bo‘ladi.
Agar kovaklar struktura bo‘laklari orasida joylashgan bo‘lsa, bunday tuzilish darzli tuzilish deb ataladi.
Tuproq qo‘shilmasi. Bular tuproqqa tasodifan qo‘shilib qolgan, ya’ni tuproq paydo bo‘lish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan har xil narsalardir. Qo‘shilmalar jumlasiga suyaklar, g‘isht, idish siniqlari, molyuskalarning qoldiqlari, har xil arxeologik topilmalar kiradi. Tuproqning tarixini, yoshini aniqlash uchun ana shu tasodifiy narsalarni o‘rganish zarur.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет