Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Bir qatlamning boshqa qatlamga o‘tish



бет55/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Bir qatlamning boshqa qatlamga o‘tish tarzi har bir qatlam ta’riflab bo‘linganidan so‘ng o‘rganiladi. O‘tish xarakteri so‘zli ta’riflar va rasmlar bilan qayd qilinadi. O‘tishning quyidagi gradasiya (daraja) lari farq qilinadi:
Keskin o‘tishbir qatlam ikkinchisi bilan ko‘p deganda 2 sm oraliqda almashinib keladi. Haydalma qatlamning haydalma tag qatlami bilan almashinishini keskin o‘tishga misol qilib ko‘rsatish mumkin;
Sezilarli o‘tishqatlamlar 2-5 sm oraliqda almashinadi. O‘tish tarzini ta’riflashda u keyingisidan qanday alomati bo‘yicha farq qilishi ko‘rsatiladi (masalan, o‘tish qovushmasiga ko‘ra sezilarli, o‘tish rangi va strukturasiga ko‘ra sezilarli va h.k).
Asta-sekin o‘tish–qatlamlar orasidagi chegara qiyinlik bilan aniqlanadi. Ustki qatlam uning ostkisi bilan 5 sm dan oshiq bo‘lgan oraliqda almashinadi. Ko‘rsatmali bo‘lishi uchun ta’riflangan tuproq profilini turli usullar bilan tasvirlash: rasmini chizish, shu tuproqni loyini qog‘ozga surtib qo‘yish yoki mikromonolit qilish mumkin. Bu ish daftarning tuproq qatlamlari ta’riflanadigan grafasining maxsus ustunida amalga oshiriladi. Rasmlarni rangli qalamlar bilan chizgan ma’qul, qalamning rangi tuproq tusiga mos bo‘lishi kerak. Har bir qatlam tuproqning loyi daftarning o‘sha ustuniga barmoq bilan surtib quyiladi (mazka). Loy qurigandan so‘ng daftarda tuproq yuqi qoladi. Har qaysi qatlam uchun alohida loy surtimi (mazka) qilinadi. Lekin eng yaxshisi – mikromonolit yasalgani ma’qul. U olingan tuproq namunalaridan uyda qilinadi.
Mikromonolit quyidagicha tayyorlanadi.
1. Eni 2 va uzunligi 15 sm li qalin qog‘oz bo‘lagiga och rangli plastilindan 1-1,5 mm li qalinlikda qilib surtiladi.
2. Qog‘ozning yon tomoni bo‘ylab 1:10 masshtabda qatlamlarning chegaralari chiziladi. Masalan, agar A1 qatlamning qalinligi 0-24 sm bo‘lsa, monolitda yuqoridan pastga tomon 2,4 sm o‘lchab qo‘yiladi, qalinligi 30 sm A2 qatlam uchun esa 3 sm qilib o‘lchanadi va h.k.
3. Plastilin surtilib, qatlamlar chegarasi chizilgandan so‘ng qog‘ozga kazein yelimi surtiladi. Yelimga tegishli qatlamlarda olingan tuproq bir tekis qilib sepiladi, karton bilan berkitiladi va mikromonolit qurigunga qadar ustidan biror narsa bostirib quyiladi. Shu tarzda tayyorlangan mikromonolit daftarning tuproq qatlamlari ta’riflanadigan ustuniga yopishtirib qo‘yiladi.




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет