Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


– Mashg’ulot. Tuproq tarkibidagi nitrat shaklidagi azot miqdorini



бет74/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90
Laboratoriya mashg\'

14 – Mashg’ulot. Tuproq tarkibidagi nitrat shaklidagi azot miqdorini
Granvald-Lyaju usulida aniqlash (4 soat)
Mashg’ulotning maqsadi: Tuproq tarkibidagi nitrat shaklidagi azotni Granvald – Lyaju usulida aniqlashdan iborat.
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: tuproq namunalari, ulchov kolbalari, chinni piyola, suv hammomi, Alyuminiyli achchiqtosh MgAl(SO4)3*12H2O, disulfofenol kislota, NaOH ning 10 % li eritmasi, distrlangan suv, lakmus qog’oz.
Adabiyotlar – 1, 2, 3, 4, 5, 6. Internet saytlari.
Tuproq tarkibidagi nitratlar, asosan tuproqda organik birikmalarning chirishi (mikroorganizmlar yordamida) yoki yerga solingan mineral o’g’itlarga bog’liq.
Tuproq tarkibidagi nitratlar suvda yaxshi eriydi, tuproqning singdirish kompleksiga kirmaydi, ya’ni tuproqqa singmaydi. Nitratlar eruvchan bo’lgani uchun tuproqning pastki qatlamiga ko’tarilishi mumkin.
Tuproq tarkibidagi nitratlar kolorimetr yordamida Granvald-Lyaju usuli bilan aniqlanadi. Bu usul ishqoriy muhitda disulfofenol kislota ta’sir ettirish yo’li bilan suyuqlikni cho’kmaga tushirishga asoslangan. Buning uchun ma’lum miqdorda suvli so’rim tayyorlanib, so’ngra u bug’latiladi. Qolgan quruq qoldiqqa disulfofenol kislotasi ta’sir ettiriladi. Natijada nitratlar bilan disulfofenol trinitrofenolga aylanadi. Bunda quyidagicha reaksiya boradi:
C6H3(HSO3)2OH + 3HNO3 = C6H2(OH)(NO2)3 + 2H2SO4 + H2O
Keyinchalik trinitrofenol ishqoriy muhitda asta-sekin sariq tusga kiradi.
C6H2(OH)(NO2)3 +NH3= C6H2(NO2)3ONH4
sariq nitro birikma
Eritmaning rangi qancha ko’p sarg’aysa nitrat miqdori shuncha ko’p bo’ladi.
Ishni bajarish tartibi: Tuproq tarkibidagi nitratni aniqlash uchun suvli so’rim tayyorlanadi. Buning uchun (tuproq bilan suv 1:5 nisbatda olinadi) 1 ml suv elakdan o’tkazilgan tuproqdan 30 g ni tarozida tortib olib konussimon kolbaga solinadi. Unga juda oz miqdorda alyuminiyli achchiqtosh qo’shiladi va ustiga 150 ml suv solib besh minut qaynatib keyin filtrlanadi. Filtratdan 10 ml o’lchab olib, chinni kosachaga qo’yiladi. Chinni kosachada suv hammomiga qo’yib filtrat bug’latiladi chinni kosacha sovutiladi, kosachaga 18 - 20 tomchi disulfofenol kislota tomiziladi. Uning ustiga 15 ml suv qo’yiladi va aralashmaning rangi sariq tusga kirgo’nga qadar (yoki eritmaga tegizilgan qizil lakmus ko’karguncha) oz-ozdan ishqor tomiziladi. Shundan so’ng aralashma 100 ml li o’lchov kolbaga solib kolbaning belgisigacha suv qo’yiladi. Kolba yaxshilab aralashtiriladi va kalorimetr yordamida tekshiriladi. Agar aralashma to’q sariq rangda bo’lsa, uni suyultirib so’ngra kolorimetrdan o’tkazish kerak.
Tajriba natijasi quyidagicha hisoblanadi:
a*so’rimning umumiy miqdori * 1000 mg/kg
X=--------------------------------------------------------------------------
namuna uchun olingan so’rim miqdori * tuproq massasi
x – NO3 miqdori, mg/kg tuproqda;
a – NO3 miqdori, egri chiziqdagi ko’rsatkich; mg/100 ml da.

1 gektar yerdagi nitrat miqdorini hisoblash uchun tahlildan chiqqan sonni 4000000 ga ko’paytirib (1 ga yerning haydov qatlami tuproqning massasi) so’ngra 1000000 ga bo’linadi (mg ni kg aylantirish uchun)


Ma’lumki, 1 ga yerning sathi S=10000 m2, o’rtacha haydov qatlami 0-30 sm olinadi, 1 m3 tuproqning solishtirma massasi 1,200 kg ga teng, bularning hammasini bir-biriga ko’paytirib chiqqan 3600 tonna yoki 3600000 kg ni yaxlitlab, 4000000 kg hosil qilinadi.




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет