Норбоев Абдулла Ориф ўғли


-jadval  Kredit risklarini boshqarish usullari va ularning tarkibi



Pdf көрінісі
бет28/30
Дата07.02.2024
өлшемі0.9 Mb.
#491108
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

8-jadval 
Kredit risklarini boshqarish usullari va ularning tarkibi
48
 
Agar kredit riskidan himoyalanishning boshqa usullari qo‘llanilmasa, uning 
qaytishi muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Jahon tiklash va taraqqiyot banki eksperti K.Barltropning fikriga ko‘ra, 
tijorat banklarida kreditlardan ko‘rilgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira 
ajratmalarining yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegaraviy darajasi 5 foizdan 
oshmasligi lozim
49
. Tijorat bankining xorijiy valyutada berilgan kreditlari hisobga 
olinadigan balans schyotlarining qoldiqlari ochiq valyuta pozitsiyasini aniqlashda 
hisobga olinadi. Bunda bank tomonidan xorijiy valyutada berilgan kreditlar 
konversiya qilinmagan holatda ochiq valyuta pozitsiyasining miqdorini 
48
Костюченко Н. Анализ кредитных рисков 2010 
49
Р.Г.Одьхова Банковское дело: управление в современноми банке 2009 
Boshqarish usullari 
Usullarning tarkibi 
Differensiatsiya 
Qarz 
oluvchilarning 
kreditga 
qobilligini 
baholash hamda uning reytingidan kelib 
chiqqan holda kreditlash shartlarini belgilash. 
Kredit mablag‘larining
diversifikatsiyasi 
Kreditlashning turli xil ob’ekt va ko‘rinishlarini 
amaliyotga joriy etish,muddati bo‘yicha kredit 
portfelining 
muvofiqligini 
ta’minlash va 
boshqalar. 
Risklarni chegaralash 
Alohida tarmoqlar va bir qarz oluvchiga to‘g‘ri 
keluvchi 
kredit 
miqdorlarining 
limitini 
o‘rnatish,yirik qarz oluvchilar uchun kredit 
miqdorining limitini belgilash va muammoli 
kreditlarni boshqarish. 
Risklarni xedjirlash 
Xosilaviy moliyaviy instrumentlar bilan 
operatsiyalarni amalga oshirish. 
Risklarni bo‘lish 
Yirik 
loyihalarni 
hamkorlikda 
kreditlash
doirasida boshqa banklar bilan munosabatlar 
o‘rnatish. 


68 
o‘zgarishiga olib kelmaydi, chunki aktivdagi valyuta schyotlaridagi summa bir 
schyotdan boshqasiga o‘tadi. Ssudalarning tasnifiy belgilari va muddati o‘tgan 
foizlarning mavjudligi bankning ochiq valyuta pozitsiyasini aniqlash nuqtai-
nazaridan hech qanday ahamiyatga ega emas. Buning sababi shundaki, 
kreditlarning tasnifiy belgilari kredit riskining darajasini ko‘rsatadi, valyuta 
riskining esa darajasini ko‘rsata olmaydi
50
.
I.Noskova xususiy tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyalari miqdorini 
qisqartirishda hisobli forvarddan foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. 
Uning fikriga ko‘ra, hisobli forvard shartnomalari haqiqatda valyuta-almashuv 
operatsiyalarini amalga oshirishni ko‘zda tutmaydi. Chunki shartnoma tuzilayotgan 
paytda bazaviy aktivni etkazib berish majburiyati bitimda ishtirok etuvchi 
tomonlarning zimmasiga yuklanmaydi. Ushbu shartnomalar bo‘yicha hisob-
kitoblar faqat rublda amalga oshiriladi. SHartnoma summasi bazaviy valyutaning 
dastlabki boshlang‘ich kursi bilan uning kelgusi davr uchun aniqlangan kursi 
o‘rtasidagi farq summasi sifatida aniqlanadi. Lekin shu bilan birga, I.Noskova 
ogohlantiradiki, hisobli forvard shartnomalarini o‘z vaqtida xorijiy valyutani sotish 
va sotib olish summalari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlamaslik banklarning 
zimmasiga kurslarning tebranish riskini yuklaydi
51
.
Rossiyalik taniqli iqtisodchi olim G.Soloduxinning fikriga ko‘ra, tijorat 
banklarining valyuta riskini pasaytirish maqsadida ularning ochiq valyuta 
pozitsiyalarini qisqartirishning quyidagi usullaridan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. 
Bunda banklarning qisqa valyuta pozitsiyalari hajmini qisqartirishda
quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: 
xorijiy valyutalarni sotib olish; 
xorijiy valyutalarda depozitlar qabul qilish; 
xorijiy valyutalarda emissiya qilingan qimmatli qog‘iozlarni sotish. 
50
М.О.Маркова Н.Н.Мартыненко О.С.Рудакова, Н.В.Сергеева Банковские операции 2012
.
51
М.О.Маркова Н.Н.Мартыненко О.С.Рудакова, Н.В.Сергеева Банковские операции 2012 


69 
Tijorat banklarida uzun valyuta pozitsiyalari hajmini qisqartirishda ham 3 
usuldan foydalanilmoqda: 

xorijiy valyutalari sotish. 

xorijiy valyutalarda kreditlar berish; 

xorijiy valyutalarda emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish. 
Yuqorida qayd etilgan usullardan O‘zbekiston Respublikasi bank 
amaliyotida foydalanish imkoniyatlari cheklangan va ushbu holat quyidagi 
sabablar bilan izohlanadi: 
 Banklarning xorijiy valyutalarda depozitlar qabul qilish imkoniyatining 
cheklanganligi. 
 Hozirgi davrda respublikamiz tijorat banklari tomonidan xorijiy 
valyutalardagi depozitlarga nisbatan belgilangan foiz stavkalari darajasi past. 
 Xorijiy valyutalardagi depozitlarning foiz stavkasini past darajada 
ekanligining asosiy sababi shundaki, banklar horijiy valyutalarda qabul 
qilingan depozitlarning asosiy qismini horijiy banklarga banklararo depozit 
sifatida joylashtirishmoqda. Ushbu depozitlarga halqaro ssuda kapitali 
bozorining stavkalarda (LIBOR, FIBOR, PIBOR va hok.) foiz to‘lanadi. 
Ushbu stavkalarning darajalari past. 
 Xorijiy valyutalardagi depozitlar foiz stavkalarning past darajada ekanligi 
ularni keng ko‘lamda bank muassalarda jalb etishda to‘sqinlik qiladi.
 Respublikamiz tijorat banklarida horijiy valyutalarda emissiya qilingan 
qimmatli qog‘ozlarning mavjud emasligi. 2015 yilning 1 yanvar holatiga 
respublikamiz banklarning hech qaysisi halqaro fond birjalarning listingiga 
kirmagan. 
Shuningdek, respublikamiz banklarining ochiq valyuta pozitsiyalarini 
baholashda faqatgina spot operatsiyalari va muddatli valyuta operatsiyalari hisobga 
olinmoqda. Banklarning xorijiy valyutalardagi depozit-ssuda operatsiyalari va 
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish-sotish operatsiyalari ochiq valyuta pozitsiyasini 
baholashda inobatga olinmayapti. Fikrimizcha, ochiq valyuta pozitsiyalarining 
baholashning ushbu tartibi to‘g‘ri emas. Chunki, birinchidan, tijorat banklari 


70 
xorijiy valyutalarda depozitlar qabul qilganda, ularning balansida xorijiy valyutalar 
kirimi ko‘payadi. Bu esa, ularning uzun valyuta pozitsiyasi miqdorining oshishiga 
olib keladi. Ikkinchidan, tijorat banklari kredit berganda, bankning balansida 
xorijiy valyutalar chiqimi miqdori oshadi va natijada uning qisqa valyuta 
pozitsiyasi miqdori oshishi kerak. Uchinchidan, tijorat banki tomonidan xorijiy 
valyutada emissiya qilingan qimmatli qog‘ozning sotib olinishi uning ushbu 
valyutadagi qisqa valyuta pozitsiyasi miqdorining oshishiga olib kelishi kerak. 
To‘rtinchidan, tijorat banki tomonidan xorijiy valyutada emissiya qilingan 
qimmatli qog‘ozni sotilishi uning mazkur valyutadagi uzun valyuta pozitsiyasi 
miqdorining oshishiga olib keladi. 
Fikrimizcha, respublikamiz tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyasini 
baholashda banklarning har uchala turdagi valyuta operatsiyalari (spot operatsiyasi, 
muddatli valyuta operatsiyalari, svop operatsiyasi), xorijiy valyutalarda amalga 
oshiriladigan depozit-ssuda operatsiyalari va xorijiy valyutalarda emissiya qilingan 
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish-sotish operatsiyalari o‘z aksini topgan bo‘lishi 
kerak. 
T. Boboqulovning fikriga ko‘ra, tijorat banklarining ochiq valyuta 
pozitsiyalariga nisbatan belgilangan mazkur cheklovlarning (O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining ochiq valyuta 
pozitsiyalariga nisbatan 2005 yilning 31 avgustidan boshlab quyidagi cheklovlar 
o‘rnatildi: 1. Tijorat bankining bitta valyutadagi ochiq valyuta pozitsiyasining 
miqdori uning regulyativ kapitalining 10 foizidan oshib ketmasligi lozim; 2. 
Tijorat bankining barcha valyutalardagi yakuniy netto valyuta pozitsiyasining 
miqdori uning regulyativ kapitalining 20 foizidan oshib ketmasligi lozim) me’yoriy 
darajasini turli davlatlarda bir-biridan keskin farqlanmasligining sababi shundaki, 
tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyalarini tartibga solish maqsadida ishlab 
chiqilgan metodikaning mualliflari bo‘lib xalqaro Bazel qo‘mitasining ekspertlari 
hisoblanadi. Respublikamiz bank amaliyotida qo‘llanilayotgan cheklovlarning 
me’yoriy darajasi bilan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida qo‘llanilayotgan 
cheklovlarning me’yoriy darajalarida yaqinlik mavjud.


71 
Valyuta riskini kamaytirish uchun quyidagi usullardan foydalanish 
mumkin: 

Kredit shartnomasida o‘rnatilgan forvard kursini hisobga olib boshqa 
valyutada qaytarish sharti bilan biror bir valyutada ssuda berish. Bunday 
tadbirlar bankni kredit valyutasi kursining pasayishi ehtimolligidan 
himoya qiladi. 

Forvard valyuta kontraktlari. Bu valyuta riskini pasaytirishning asosiy 
usulidir. Bunday operatsiyalar bitim summasini va forvard almashuv 
kursini shartnomada qat’iy o‘rnatib xorijiy valyutani oldi-sotdisi 
bo‘yicha bank va mijoz o‘rtasida muddatli kelishuv imzolanishini 
ko‘zda tutadi. 

Valyutaviy fyuchers kontraktlar. Fyucherslar ma’lum birmiqdordagi 
xorijiy valyutani kelgusida aniq bir kunda sotish yoki sotib olish 
kelishuvini o‘zida aks ettiradi. Lekin forvard kontraktlaridan farqli 
ravishda uning shartlari nisbatan oson va engil ko‘rib chiqiladi. 

Valyuta opsionlari. 

Valyuta svoplari. Valyuta svopi ikki tomon o‘rtasida turli valyutalardagi 
to‘lovlarning almashinishi (albatta, kelajakda) haqidagi kelishuvdir. 

Valyuta riskini sug‘urtalash. Hamma riskni sug‘urta tashkilotiga 
o‘tkazishni ko‘zda tutadi. 
Shuningdek, yuqoridagi muammolarni hal etishda, respublikamizda bank 
risklarini boshqarishni takomillashtirish bo’yicha O’zbekistonda tijorat banklari 
faoliyatidagi risklarni boshqarishga nisbatan minimal talablar Markaziy bank 
Boshqaruvi tomonidan 2011-yil 7 mayda 14/2-sonli qaror bilan tasdiqlangan 
"Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo’yiladigan 
talablar to’g’risida"gi nizomga muvofiq belgilanadi
52

Banklardan bank tavakkalchiliklarini boshqarishda quyidagilar talab etiladi: 
52
Markaziy bankning 2011-yil 7 maydagi "Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshkarishiga nisbatan 
qo’yiladigan talablar tugrisida"gi 740-sonli nizomi


72 
 bank faoliyati va uning atrofidagi muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini 
hisobga oluvchi, aniq ifodalangan va hujjatlashtirilgan tavakkalchiliklarni 
boshqarish siyosatini ishlab chiqish; 
 bank tavakkalchiligini boshqarish vazifalari yuklangan tarkibiy bo‘linmani 
tashkil etish; 
 bank tavakkalchiligini boshqarish bo‘linmasini tajribali va malakali 
mutaxassislar bilan ta’minlash; 
 bank yangi xizmatlarni joriy qilishda, yirik bitimlarni tuzishda, xorijiy 
moliya institutlari bilan aloqa o‘rnatishda, investitsiyalar kiritishda, chet el 
valyutasidagi mablag‘larni aktivlarga joylashtirishda, yangi xodimlarni 
ishga qabul qilishda va boshqa bank tavakkalchiligi yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan bank operatsiyalarini tavakkalchilikni yuzaga kelishi va uni bartaraf 
etish, oldini olish, kamaytirish nuqtai nazaridan bank tavakkalchiligini 
boshqarish bo‘linmasi bilan kelishuvni amalga oshirish. 
Bank tavakkalchiligini boshqarish bo‘linmasi xodimlari quyidagi talablarga 
javob berishlari lozim: 
 bajarayotgan vazifalari xususiyatiga mos bo‘lgan oliy ma’lumotga ega 
bo‘lishi; 
 bankning kredit, valyuta, depozit va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha 
operatsiyalari, buxgalteriya hisobi va hisoboti, yuridik xizmati va 
axborotlashtirish bo‘limlarida kamida ikki yil ish stajiga va kasbiy malakaga 
ega bo‘lishi (bo‘linma rahbari uchun bankning mazkur bo‘limlarida kamida 
ikki yil rahbarlik lavozimida yoki bo‘linmada kamida to‘rt yil ish staji va 
kasbiy malakaga ega bo‘lish talab etiladi); 
 tegishli xodimlar milliy va xalqaro buxgalteriya hisobi, xalqaro audit 
standartlari qoidalarini qo‘llash, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi 
tamoyillari va standartlari hamda xalqaro reyting kompaniyalarining bank 
faoliyatini baholash uslubiyoti bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi va bank 
tavakkalchiliklari bo‘yicha maxsus kurslarda malakalarini oshirishi. 


73 
Quyidagilar bank tavakkalchiligini boshqarish bo‘linmasining vazifalari 
hisoblanadi: 
 bank faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan barcha tavakkalchiliklar 
ro‘yxatini yuritish, ularning yuzaga kelish omillarini o‘rganish va 
monitoring qilish hamda tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha barcha 
choralarni ko‘rish; 
 bank tavakkalchiliklarini baholash; 
 bank faoliyatida bank tavakkalchiliklarini boshqarish borasida qabul 
qilinishi lozim bo‘lgan choralar, talablar va me’yorlarni bank Boshqaruvi 
organi muhokamasiga kiritish; 
 normativ-huquqiy hujjatlar talablariga asosan bank tavakkalchiliklarini 
qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish yuzasidan choralar ko‘rish; 
 bank xizmatlari va operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha bankning 
ichki hujjatlari loyihasini ishlab chiqishda va bank xodimlarining lavozim 
majburiyatlarini belgilashda qatnashish; 
 joriy qilinayotgan yangi bank xizmatlari va operatsiyalari, bitimlar 
yuzasidan takliflar tayyorlash; 
 bank xizmatlarini ko‘rsatish va operatsiyalarini amalga oshirish 
tartiblarini takomillashtirish; 
 bank kredit (investitsiya) portfelini kredit (investitsiya) turi, qarzdor 
(emitent)ning iqtisodiyot tarmog‘i, xududi, kredit ta’minoti, maqsadi, foizi 
va undirish muddatlari bo‘yicha alohida-alohida monitoring o‘rnatish va 
ularni tahlil qilish; 
 muammoli kreditlarni, ularning iqtisodiyotning qaysi sohasiga 
tegishliligini, muammoga aylanganlik sababini, ushbu kreditlarni ajratish 
va monitoring qilish jarayonlarini o‘rganish natijasida tegishli xulosalar 
qilish va takliflar tayyorlash; 
 kredit tavakkalchiligini aniqlash va oldini olish maqsadida kredit olgan 
shaxslar bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish va tegishli xulosalar qilish; 


74 
 bank axborotlari bazasiga ruxsatsiz kirishdan ishonchli himoyalashni 
ta’minlovchi dasturlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish; 
 bank xodimlari tomonidan bank xizmatlarini ko‘rsatishda va bank
operatsiyalarini amalga oshirishda o‘z lavozim majburiyatlari va 
vazifalariga hamda normativ-huquqiy hujjatlarga qat’iy amal qilinishini 
ta’minlash yuzasidan choralar ko‘rish; 
 bankning moliyaviy holatini, likvidliligini stress-testdan o‘tkazish va 
mijozlarni skoring tahlil qilish uslublarini ishlab chiqish va ularning 
qo‘llanilishini ta’minlash; 
 bankda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan barcha xizmat (omonat va 
kredit) turlari va operatsiyalar ro‘yxatini yuritish; 
 jahondagi moliya va iqtisodiy sohalarda, shu jumladan milliy 
iqtisodiyotda yuz berayotgan o‘zgarishlarni o‘rganish, kuzatish va lozim 
bo‘lsa takliflar tayyorlash; 
 bank 
menejmenti 
va 
texnologiyalari, 
shu 
jumladan 
bank 
tavakkalchiliklarini boshqarish bo‘yicha xalqaro va xorijiy banklar 
tajribalarini va bu borada yangiliklarni o‘rganish va takliflar tayyorlash; 
 har yarim yilda, bank Boshqaruvi va bank Kengashining 
tavakkalchiliklarni nazorat qilish Qo‘mitasi yigilishlarida muhokama 
qilish uchun bank tavakkalchiliklarini boshqarish borasida olib 
borilayotgan ishlar natijalari bo‘yicha hisobotlar berish. 
Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan 2014 yilda pul-kredit sohasidagi 
vaziyat va monetar siyosatning 2015 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarida 
tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro andoza 
va me’yorlar, shu jumladan, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi 
tavsiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish maqsadida 
2015 yilda bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining tavsiyalariga («Bazel-III» 
talablariga) muvofiq, 2015 yilda tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va 
nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirishda asosiy e’tibor: 


75 
 bank tizimidagi tizimli tavakkalchiliklarni aniqlashga qaratilgan 
makroprudensial tahlilning zamonaviy usullarini joriy qilish bo‘yicha 
ishlarni davom ettirishga; 
 ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan holda banklarning likvidlik riskiga 
ta’sirchanligini makromodellardan foydalangan holda stress-testlardan 
o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish va joriy qilish ko‘lamini yanada 
kengaytirishga; 
 risklarni boshqarishning ichki tizimlariga katta urg‘u berilgan holda 
xarajatlar va daromadlarning maqbul tarkibi va darajasini ta’minlash orqali 
banklarning operatsion faoliyati samaradorligini yanada oshirish choralarini 
ko‘rishga qaratilishi belgilab qo’yilgan. 
Bank faoliyatini nazorat qilishning zarurligi amalga oshiriladigan monetar 
siyosatning asosini tashkil etish bilan birgalikda respublikamizning bozor 
iqtisodiyotiga o’tishdagi o’ziga xos yo’li bilan ham bog’liqdir.
Respublikamizda Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini 
nazorat qilinishining asosiy maqsadi tijorat banklariga biron bir iqtisodiy chora 
ko’rish yemas, balki bank faoliyatida mavjud bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etib, 
bank tizimining barqarorligini oshirish natijasida bank omonatchilari va 
kreditorlarining manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, respublikamizda Markaziy bank 
tomonidan tijorat banklarini sonini ko’payishga yo’l qo’ygan MDH davlatlaridan 
farqli o’laroq, banklarning sonidan ham ko’ra sifatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Bu esa, ko’plab davlatlarda yuz bergan moliyaviy inqirozlarni respublikamiz bank 
tizimiga o’z ta’sirini o’tkazmaganligi O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining bank nazoratini tashkil etishda olib borayotgan siyosatini to’g’riligini 
yana bir bor isbotladi. 
Albatta bu ko’rilayotgan choralar, amalga oshirilayotgan islohotlar 
mamlakatimiz bank-moliya tizimida yuzaga keladigan risklarni samarali 
boshqarishda va u bilan bog’liq muammolarni yechimi sifatida o’z aksini topadi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет