Әжинияз атындағы Нӛкис мәмлекетлик педагогикалық институты



Pdf көрінісі
бет36/164
Дата25.03.2024
өлшемі4.15 Mb.
#496396
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   164
1-секция

birinchi bosqich - bu organning 1917-1924 yillardagi tashkil topishi va 
rivojlanishi davri. Bu bosqich Markaziy Osiyoda milliy-davlat chegaralanishi 
amalga oshirilishi bilan nihoyasiga etdi;
ikkinchi bosqich – 1924 - 1990-yillardagi davr. Bu bosqich O`zbekiston xalqi 
milliy mustaqillikka ega bo`lganidan keyin nihoyasiga etdi.
Mustaqillik davrida tarixiy haqiqatni o`rnatish, O`zbekistonning yangi tarixini 
yaratish borasida olib borilgan ishlar natijasida albatta vakillik faoliyatini olib 
borishga harakat qilgan yuqoridagi tuzilmalarning faoliyati asosan sovet tuzumini 
qo`llab-quvvatlashga qaratilganligi ochib berildi. 1917 yil boshlarida Turkiston 
o`lkasida qonun chiqaruvchi hokimiyat vazifalariga ega bo`lgan organlarni tashkil 
etishga bo`lgan boshqa urinish musulmon Sho`rolarining paydo bo`lishi edi. 
Musulmon Sho`rolari tub aholini uyushtirishning yangi shakli, xalq hokimiyati 
organlarining ib-tidosi bo`ldi, mahalliy aholi o`rtasida katta obro` qozondi. Musulmon 
Sho`rolari parlament shaklidagi davlat hokimiyatini o`rnatishga intilgan sho`roi 
islomchilarning organlari edi. "Turkiston o`lkasining bo`lg`usi siyosiy tuzumi 
to`g`risida"gi rezolyutsiyaning 2-bandida ta`kidlanishicha, Turkiston federatsiyasi 
ichki boshqaruvi masalalari bo`yicha qonun chiqaruvchi hokimiyat umumiy, to`g`ri-
dan-to`g`ri, yashirin ovoz beriladigan teng saylov huquqi asosida 5 yil muddatga, 
Turkiston o`lkasida yashovchi barcha elatlarning vakillari albatta mutanosib bo`lgan 
holda saylanadigan Turkiston parlamentiga tegishlidir[2.Turkestanskiy kur`er.,]. 
Turkiston o`lkasi hududidagi dastlabki Sovetlar mustamlakachilarning 
organlari bo`lganligi yana shu fakt bilan tasdiqlanadiki, Sovetlarning III o`lka 


68 
s`ezdida 104 nafar delegatdan bor-yo`g`i uchta delegat mahalliy millat vakillari edi. 
Sovetlarning III o`lka s`ezdida tuzilgan Turkiston o`lkasi Xalq Komissarlari 
Sovetining tarkibida bitta ham mahalliy millat vakili yo`q edi.
Markazda va joylarda hokimiyat Sovetlarga qarashli bo`lgan.
Yangi tashkil topgan Xorazm Xalq Sotsialistik Respublikasida ham shunday 
bo`ldi. XXSRning 1920 yilgi Konstitutsiyasiga muvofiq, markazda va joylarda butun 
hokimiyat mehnatkash xalq Sovetlari qo`lida edi. Sovetlarning I Butun Xorazm ta`sis 
s`ezdida saylangan, keng vakolatlar berilgan Xalq Nozirlar Kengashi nafaqat ijro 
etuvchi va idora qiluvchi, balki qonun chiqaruvchi hokimiyatni ham amalga oshirishi 
belgilab ko`yilgan edi[3.Xalilov.E.X. 28 b.]. 
Buxoro Xalq Sotsialistik Respublikasining 1921 yilgi Konstitutsiyasiga 
muvofiq, BXSRda oliy davlat hokimiyati "markazda ham, joylarda ham to`laligicha 
va bo`linmas holda Butun Buxoro qurul-toyiga — xalq deputatlari Sovetlarining Butun 
Buxoro s`ezdiga tegishli bo`lib (5-band), u BXSR davlat boshqaruvi oliy organi va 
butun oliy hokimiyatining ifodachisi hisoblangan" (15-band). Sovetlarning Butun 
Buxoro s`ezdlari tomonidan 85 a`zodan iborat tarkibda saylanadigan Sovetlar 
s`ezdining Markaziy Ijroiya Komiteti (Butun Buxoro MIK) s`ezdlar oralig`ida BXSR 
davlat hokimiyatining oliy organi hisoblanib, mamlakatdagi oliy hokimiyat uning 
qo`liga o`tgan[4. Ishanov.A.I. 87-95 b.] 
Nizomga muvofiq, Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Soveti 
birgalikda Turkiston Respublikasi Hukumatini tashkil etganlar. Bunda MIK 
"boshqaruvning qonun chiqaruvchi oliy organi", Xalq Komissarlari Soveti esa 
"hukumatning ijro etuvchi organi" sifatida belgilangan edi. Biroq MIK tasarrufiga 
nimalar va XKS vaxolatiga nimalar kirishi aniqlanmagan edi. Bularning hammasi 
shundan dalolat beradiki, Turkiston Respublikasida rasman belgilangan qonun 
chiqaruvchi oliy organ parlament bilan hech qanday umumiylikka ega bo`lmagan. 
Shunga qaramay, Turkiston MIK tuzilgach, XKSning huquqiy holati o`zgardi. Ilgari 
Turkiston XKS Sovetlar s`ezdidan keyin o`lkada hokimiyatning yagona oliy organi 
edi. Turkiston MIK, ya`ni Turkiston Sovet Respublikasining Sovetlar s`ezdlari 
oralig`idagi qonun chiqaruvchi oliy organi tashkil topishi munosabati bilan XKS 
tasarrufida hokimiyatning ijro etuvchi organi vazifalari saqlanib qoldi. Vaholonki, 
Sovetlar s`ezdi va Turkiston MIK yagona oliy qonun chiqaruvchi, XKS esa — ijro 
etuvchi organ emasdi[5.Xalilov.E.X. 27 b.]. 
Voqealarning tabiiy rivoji bu organlarning vazifalari tartibga tushishiga olib 
keladi deb hisoblash soddalik bo`lur edi. Afsuski, bunday bo`lmadi. Buning ustiga 
TASSRdagi hokimiyatlarning mo`rt tizimi RSFSR markaziy hokimiyat organlarining 
kuchli qo`li bilan ikkinchi o`ringa uloqtirib tashlandi. Chunonchi, 1919 yil 29 
sentyabrda RKP (b) MK Tashkiliy byurosi "Turkiston komissiyasining partiya ishi 
va sovet qurilishi soha-sidagi huquqlari to`g`risida"gi rezolyutsiyasining loyihasini 
tasdiqladi, unga ko`ra Turkkomissiya ―partiya MK va Xalq Komissarlari Soveti 
nomidan umumiy vakillik" organi deb e`tirof etildi"[6. Lukyanov.A.I. 347-348 b.]. 
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash mumkinki, o`lkada sovet hokimiyati 
o`rnatilgandan so`ng, yangicha boshqaruv tizimini o`zida ifoda etgan boshqaruv 
apparati yuzaga keldi.


69 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   164




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет