Мукофоти совриндори, санъатшунослик фанлари доктори, профессор му



Pdf көрінісі
бет29/48
Дата11.06.2024
өлшемі4.93 Mb.
#502520
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
М.ҚОДИРОВ 90-йиллик ТЎПЛАМ 10.03.22. 555

Фойдаланилган адабиѐтлар рўйхати: 
1. Қодиров М. Халқ қўғирчоқ театри. Тошкент: “Санъат” журнали 
нашриѐти, 2022. 
2. Қодиров М. Ўзбек анъанавий театри - Тошкент: Ўзбекистон миллий 
кутубхонаси нашр., 2010. 
3. Қодиров М. Қодирова С. Қўғирчоқ театри тарихи. -Тошкент: Талқин, 
2006. 
4. Қодиров М.Х. Анъанавий театр драматургияси. –Тошкент: Янги аср 
авлоди, 2006. 
 
DRAMATIK TEATRLARDA OBRAZ YARATISH MASALALARI 
Nurmanova Barno Axmadjon qizi –
“Teatr san‟ati” ixtisosligi 
 3 kurs tayanch doktoranti PhD. 
Annotatsiya: ushbu maqolada drama teatrlari sahnasi uchun yetuk 
dramaturgiya namunalarini yaratgan dramaturglar hamda mustaqillik yillarida 
1
Ўша манба. – 147 Б. 


126 
о„zbek drama teatrlarida sahnalashtirilgan bir qator spektakllar tahlili ustida sо„z 
yuritiladi.
Kalit so‟zlar: drama, dramaturg, spektakl, aktyor, obraz, konflikt, xarakter, 
rejissyor. 
Аннотация: В данной статье проводится анализ ряда спектаклей
поставленных в узбекских драматических театрах в годы независимости, а 
также драматургов, создавших образцы современной драматургии для сцены 
драматических театров. 
Ключевые слова: драма, драматург, спектакль, актер, образ, конфликт, 
персонаж, режиссер. 
Annotation: This article analyzes a number of performances staged in 
Uzbek drama theaters during the years of independence, as well as playwrights 
who created samples of modern drama for the stage of drama theaters. 
Key words: drama, playwright, performance, actor, image, conflict, 
character, director. 
Mustaqillik davrida zamona ruhiga mos tarzda bir qator asarlar sahna yuzini 
kо„rdi. Zamonaviy mavzuda yaratilgan komediya, musiqali komediya va drama 
janrlaridagi spektaklllar tomoshabinlarni teatrlarga jalb qilishda muhim ahamiyat 
kasb etdi. Yangi davrdagi izlanishlar va rivojlanish yо„lidagi ijod namunalari 
о„zbek dramaturgiyasi taraqqiyotiga ham ijobiy ta‟sir kо„rsatib, teatr san‟ati 
о„zining yangicha talqinlarini namoyon eta boshladi. Natijada, О„zbekistonning 
barcha teatrlarida milliylikka yо„g„rilgan bir qator spektakllar dunyoga keldi. 
Milliy asarlar bilan bir qatorda yevropa va xorijiy dramaturglar qalamiga mansub, 
zamon ruhiyatiga mos klassik asarlar ham teatrlar repertuaridan joy oldi. Bu 
yillarda poytaxt teatrlarida ham zamon nafasi ufurib turgan spektakllarga 
tomoshabinlar tashrif buyura boshladi. 
Istiqlol yillari dramaturgiyasida shakliy jihatdan yangi izlanishlar, ijodiy 
tajribalarga ega dramaturglarning о„ziga xos qirralarini kashf etilishiga turtki berdi. 
Sodir bо„layotgan hayotiy voqea-hodisalar, yangilanayotgan zamonda maqsadli 
xatti-harakat qilayotgan insonlar tabiatida ham jiddiy о„zgarishlar yuz 
berayotganini anglab yetgan dramaturglar о„z asarlarida yangi ifoda shakllarini 


127 
о„ylab topa boshladilar, bu hol esa sahna asarlarining muvaffaqiyatli chiqishini 
ta‟minladi. 
Yangilanayotgan davr bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlanishni 
boshlayotganligi sabab, teatrlarga tomoshabinlarning tashrifi kamaydi. Ularni 
teatrga jalb etish uchun kо„tarinki kayfiyatdagi, dolzarb mavzudagi sahna asarlari 
zarur edi. Kulgisevar xalqimizni teatrda sahnalashtirilgan komediyalarga ixlosi 
balandligini bilgan tashkilotchilar bu yо„nalishga ahamiyat berib, tomoshabinlarga 
zavq bag„ishlashga bel bog„ladilar. Natijada, dramatik ruhdagi asarlarga e‟tibor 
kamaydi. 
Mustaqillik yillarida teatr repertuari yangi spektakllar bilan boyidi. Milliy, 
zamonaviy va tarixiy ruhdagi spektakllar tomoshabinlarni о„ziga jalb qila oldi. 
Chunki, dramaturglar о„z asarlarida milliy an‟ana va urf-odatlarni, tarixiy siymolar 
taqdirini, kishilar hayotidagi soddalik va samimiylikni о„z asarlariga asos qilib 
oldilar. Shuningdek, zamondosh qahramonlar obrazi ham bu yillarda teatrning 
yetakchi mavzularidan biriga aylandi.
Dramaturgiya tarixidan ma‟lumki, barcha zamonlardagi har qanday keskin 
ijtimoiy о„zgarish va yangicha hayot tarzi dramatik asarlar yaratilishi uchun 
yetarlicha ma‟lumot hamda material bera olgan. О„zbekistondagi о„zgarishlar 
hamda yangilanishlar uchun kurashlar ham dramaturglar yaratishi lozim bо„lgan 
asarlari uchun poydevor vazifasini о„tashi lozim edi. Hafiz Abdusamatov, drama 
janriga tо„xtalib – “SH.Boshbekovning “Tikansiz tipratikanlar” asarida hayotdagi 
yuz bergan voqea hodisalar, о„tmishda qilingan qing„ir ishlar yoshlar qalbiga kirib, 
ularning qalblari kurash maydoniga aylanib ketadi. Oqibatda, kechinmalar 
tashqariga otilib chiqib, ota-onalar bilan ularning farzandlari о„rtasidan ziddiyatlar 
sifatida ifoda etiladi. Bu yerda qahramonlarning ichki dialektikasi о„z aksini 
topgan” [1. B. 30]. – deydi. 
О„zbek teatri yangilanish davrida bir qator izlanishlar olib bordi. Natijada, 
janr jihatidan bir-biriga о„xshamagan dramatik, tarixiy, ijtimoiy hamda zamonaviy 
mavzulardagi asarlar teatr ijodkorlarining yangicha qarashi dunyoga kelishiga 
sabab bо„ldi. Bu borada о„zining zalvorli asarlari bilan о„zbek teatri sahnalarini 


128 
egallagan dramaturg Usmon Azimdir. Uning teatrshunoslar tomonidan shunday 
tahlillanadi – “Usmon Azim pyesalarining о„ziga xosligi shundaki, unda hayot, 
voqealar silsilasi bir oqimda kо„rsatilmaydi, balki, shunday voqealar, qahramonlar, 
holatlar tanlab olinadiki, unda hayot kо„tarinki ruhda aks ettiriladi. Uning 
qahramonlari tilida yuksak poeziya, mо„ljalga teguvchi sо„zlar, hissiyotlar 
tо„lqinini tasvirlovchi ifodalar mavjud bо„lib, ularning ichki dunyosini tо„liq ochib 
berishga yordam beradi” [2. B. 103].
Usmon Azim dramaturgiyasida kо„tarilgan ijtimoiy muammolar, falsafiy 
mazmunlar, sо„zdan mohirona foydalanishi, talabchanlik bilan yaratilgan badiiy 
xarakterlar kuchliligi bilan о„z muxlislari e‟tiborini tortadi. Adib, sahna asarlari 
orqali, davr ruhiyatidan xabar beruvchi shaxs sifatida maydonga chiqadi. Jamiyatni 
nopokliklardan holi qilish, uni asarashdek vazifani ilgari suradi. 
“Bir qadam yо„l – umr yо„li, tug„ilmoq va о„lmoq orasi. Inson о„z qavmi 
qalbidan joy olmog„i uchun ham, uning istiqboliga tashlangan bir qadam kifoY. 
Ana shu bir qadam yо„lni bosib, umri poyoniga yetib qolgan chol, kо„ringki, bir 
qadam naridagi Samarqandni kо„rmabdi. Umri bо„yi orzu qilibdi, intilibdi-yu, 
ammo sira fursat topmabdi. Mana, endi niyatini amalga oshirmoq ilinjida. 
Shahardan kelgan boyvachcha о„g„il – Shokir otasini muazzam shahar 
tomoshasiga olib bormoqchi. Lekin, niyat amalga oshguncha о„tadigan ikki-uch 
kunlik fursat shunchalar tig„iz, shunchalar sertashvishki, oxir-oqibat yana safarni 
keyinroqqa surishga tо„g„ri kelib qoladi. Shu kunlar adog„ida esa paymonasi tо„lib 
yurgan cholning armoni ushalmay, umri ham adog„iga yetadi…” [3.] 1980 yillarda 
yozilgan “Bir qadam yо„l” nomli ilk pyesasining fabulasi ana shundan iborat. 
Muallifning “Bir qadam yо„l” dramasi bir necha marotaba qayta ishlandi. Ozod 
Sharofiddinov asar bilan tanishib chiqqanidan sо„ng, drama “Jahon adabiyoti” 
jurnalida chop ettiradi.
Adib “Tong otgan taraflarda” asari bilan xalqparvar insonlar haqidagi 
afsonaviy voqelarni о„zida mujassam etadi. Dramada milliy о„zlikni anglash, 
mardlik, jasorat, oriyat, millat uchun kurash, xalq uchun о„z jonini fido qilish, 
farzandga muhabbat kabi masalalar hamda xalq va millat taqdiri, uning oldidagi 


129 
burchi, unga bо„lgan muhabbat masalalariga alohida tо„xtalib о„tiladi. Ushbu 
asarni yosh rejissyorlardan biri Asqar Xolmо„minov milliy teatrda sahnalashtirgan. 
Dramada konfliktni keltirib chiqargan sabab va ilgari surilgan g„oya bir-biriga 
о„zaro hamohang bо„lib, bir-birini tо„ldirgani uchun tomoshabinlarning milliy 
о„zlikni anglashida samarali xizmat qildi. 
Zamonaviy teatrdagi, zamonaviy spektakllar qachon yozilganligidan qat‟iy 
nazar, zamona ruhini bergan holda sahnalashtirilsa, tomoshaviylik va badiiylik о„z 
о„rnida ta‟minlanadi. Bu borada G.Tovstogonov shunday deydi – “Zamonaviylik – 
san‟atning eng asosiy muammosi, albatta, uni hal etish birgina insonning qо„lidan 
kelmaydi... Zamonaviy teatr – bu zamonaviy pyesa, zamonaviy rejissura, 
zamonaviy aktyorlar, zamonaviy tomoshabinlarning birlashishi. Zamonaviy teatr – 
bu zamonaviy shakl bilan ifoda etilgan zamonaviy g„oY. Zamonaviy teatr – 
hayotni, ayniqsa tо„liqroq va teranroq aks ettiradigan teatr” [4. B. 82]. Bu masalani 
bundan ortiq izohlab bо„lmaydi.
Xulosa о„rnida shuni aytish kerakki, adabiyotshunos olim Shuhrat Rizayev 
Usmon Azimning – “Kunduzsiz kechalar”, “Adibning umri” va “Abdulla Qahhor” 
nomli ijtimoiy-tarixiy-biografik asarlarni “adabiy uchlik” – “trilogiya” deb ataydi. 
Usmon Azimning bu asarlari ham yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, 
tarix, adabiyotni tanishida beqiyos ahamiyatga ega. Usmon Azimning bu asarlari 
mustabid tuzum davrida yozilgan bо„lishiga qaramay, mustaqillik yillarida shov-
shuvlarga kо„milib, teatr sahnalarida namoyish etildi. Sahna asarlari milliy 
an‟analar, urf-odatlar va о„zbekona xarakterlar bilan sug„orilganligi uchun о„z 
qadrini topdi. Bugungacha о„zbek drama teatrlarida mustaqillik yillarida obraz 
yaratish tendensiyalari о„rganilmagan bо„lib, uni о„rganish teatrshunoslik ilmining 
yaxlitligini ta‟minlagan bо„ladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет