Норбоев Абдулла Ориф ўғли



Pdf көрінісі
бет29/30
Дата07.02.2024
өлшемі0.9 Mb.
#491108
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

 


76 
XULOSA 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatimiz bank nazorati tizimini 
rivojlantirish, uni eng zamonaviy talablar darajasida tashkil etish orqali kelajakda 
moliya-bank tizimini barqarorligini mustahkamlashda hamda iqtisodiyotni 
rivojlantirishda ulkan cho’qqilarga erishiladi, albatta. 
Banklar o‘z faoliyatida mavjud riskni aniqlashi, uni qabul qilishi, kuzatib 
borishi va boshqarish qobiliyatiga tayyor ekanligini o‘z zimmasiga olishi lozim. 
Buning uchun bank rahbariyati o‘z faoliyati, bank ishi jarayonlari bo‘yicha to‘liq 
bilimga ega bo‘lishi lozim. Bank risklarini boshqarishda ma’lum tamoyillarga 
rioya qilish katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. 
Bizning fikrimizcha, bank risklarini boshqarishning asosi qilib quyidagi 
tamoyillar olinishi lozim: 
o‘z kapitalidan ortiq summaga risk qilmasligi
riskning oqibatlari to‘g‘risida o‘ylashi, zararlarni qoplash manbalarini 
prognozlashtirish, ularni sifat jihatidan o‘lchash lozimligi; 
risklarni moliyalashtirish, ularni kamaytirishni rag‘batlantirish; 
kam daromad olish imkoniyatida yuqori risk qilishiga intilmasligi; 
bankning barcha bo‘limlarida risklarni nazorat qilish. 
Risklarni boshqarishning asosiy usullari bo‘lib quyidagilar olinishi 
maqsadga muvofiqdir: 
risklarni o‘lchash usullaridan foydalanish; 
tashqi risklarni hisobga olish; 
bank mijozining moliyaviy ahvolni muntazam nazorat qilib borish, to‘lovga 
layoqatlilik ko‘rsatkichlari, reytingini aniqlash va boshqalar; 
riskni taqsimlash yo‘lini qo‘llash, kreditni qayta moliyalashtirish; 
diversifikatsiya siyosatini o‘tkazish; 
banklarning hisobga olish opretsiyalarini kengaytirish; 
kreditlar va depozitlarni sug‘urtalash; 
garov asosida kreditlashni kengaytirish va boshqalar. 
Bu tamoyil va usullarga asosan bank o‘zida mavjud resurslar atrofida risk 


77 
qilishi, risk qilishi uchun uni zararlarga olib kelmasligini va faoliyat natijasini 
o‘lchay olishi lozim. Risklarni boshqarish samaradorligini kuzatib borish va 
boshqa operatsiyalar bo‘yicha risklarni boshqarishning asosiy vazifasi u yoki bu 
riskning tabiiyligi va mumkinligi darajasini aniqlash, risklilik holatlarining 
yo‘nalishini aniqlash va tez orada amaliy choralar ko‘rish, u yoki bu 
operatsiyalarni o‘tkazishdan bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning oldini 
olish imkoniyatini beradi. 
Bank risklarini kamaytirishda aktiv va passivlarni boshqarishga ham alohida 
e’tibor qaratilishi lozim. To’g’ri yo’lga qo’yilgan boshqaruv risklarni kamaytiradi. 
Chunki, bankning aktiv va passivlarini boshqarish bo’limi doimiy risklarni 
baholab, jalb qilingan passivlarni to’g’ri tarnsformasiyasini amalga oshirishi, 
aktivlarni deversifikasiyasiga alohida e’tibor berish lozim.
Riskni kamaytiruvchi asoslardan biri bank menejmenti hisoblanadi. Bank 
boshqaruvchilari har bir operatsiyalar bo’yicha javobgar. Shuning uchun yuqori 
mahorat va riskni baholay olish qobilyatiga ega bo’lishi kerak. Bank menejerlari 
nafaqat bankning ichki riskka ta’sir etuvchi omillari balki, tashqi omillarni ham 
tahlil qila olishi kerak.
Respublikamizda oqilona va ta’sirchan bank nazoratini amalga oshirilishi, 
bir tarafdan, banklarning o’z faoliyatini to’g’ri tashkil etishlariga, xususan ularning 
moliyaviy barqarorligining mustahkamlanishiga ijobiy tasir ko’rsatadigan bo’lsa, 
ikkinchi tarafdan moliya bozorida erkin raqobat muhitining vujudga kelishiga 
xizmat qiladi va shu bilan birga, mamlakatimiz banklarining xalqaro miqyosda 
munosib o’rin egallashlariga munosib zamin yaratadi. 


78 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет