8-jadval
Kredit risklarini boshqarish usullari va ularning tarkibi
48
Agar kredit riskidan himoyalanishning boshqa usullari qo‘llanilmasa, uning
qaytishi muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Jahon tiklash va taraqqiyot banki eksperti K.Barltropning fikriga ko‘ra,
tijorat banklarida kreditlardan ko‘rilgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira
ajratmalarining yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegaraviy darajasi 5 foizdan
oshmasligi lozim
49
. Tijorat bankining xorijiy valyutada berilgan kreditlari hisobga
olinadigan balans schyotlarining qoldiqlari ochiq valyuta pozitsiyasini aniqlashda
hisobga olinadi. Bunda bank tomonidan xorijiy valyutada berilgan kreditlar
konversiya qilinmagan holatda ochiq valyuta pozitsiyasining miqdorini
48
Костюченко Н. Анализ кредитных рисков 2010
49
Р.Г.Одьхова Банковское дело: управление в современноми банке 2009
Boshqarish usullari
Usullarning tarkibi
Differensiatsiya
Qarz
oluvchilarning
kreditga
qobilligini
baholash hamda uning reytingidan kelib
chiqqan holda kreditlash shartlarini belgilash.
Kredit mablag‘larining
diversifikatsiyasi
Kreditlashning turli xil ob’ekt va ko‘rinishlarini
amaliyotga joriy etish,muddati bo‘yicha kredit
portfelining
muvofiqligini
ta’minlash va
boshqalar.
Risklarni chegaralash
Alohida tarmoqlar va bir qarz oluvchiga to‘g‘ri
keluvchi
kredit
miqdorlarining
limitini
o‘rnatish,yirik qarz oluvchilar uchun kredit
miqdorining limitini belgilash va muammoli
kreditlarni boshqarish.
Risklarni xedjirlash
Xosilaviy moliyaviy instrumentlar bilan
operatsiyalarni amalga oshirish.
Risklarni bo‘lish
Yirik
loyihalarni
hamkorlikda
kreditlash
doirasida boshqa banklar bilan munosabatlar
o‘rnatish.
68
o‘zgarishiga olib kelmaydi, chunki aktivdagi valyuta schyotlaridagi summa bir
schyotdan boshqasiga o‘tadi. Ssudalarning tasnifiy belgilari va muddati o‘tgan
foizlarning mavjudligi bankning ochiq valyuta pozitsiyasini aniqlash nuqtai-
nazaridan hech qanday ahamiyatga ega emas. Buning sababi shundaki,
kreditlarning tasnifiy belgilari kredit riskining darajasini ko‘rsatadi, valyuta
riskining esa darajasini ko‘rsata olmaydi
50
.
I.Noskova xususiy tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyalari miqdorini
qisqartirishda hisobli forvarddan foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Uning fikriga ko‘ra, hisobli forvard shartnomalari haqiqatda valyuta-almashuv
operatsiyalarini amalga oshirishni ko‘zda tutmaydi. Chunki shartnoma tuzilayotgan
paytda bazaviy aktivni etkazib berish majburiyati bitimda ishtirok etuvchi
tomonlarning zimmasiga yuklanmaydi. Ushbu shartnomalar bo‘yicha hisob-
kitoblar faqat rublda amalga oshiriladi. SHartnoma summasi bazaviy valyutaning
dastlabki boshlang‘ich kursi bilan uning kelgusi davr uchun aniqlangan kursi
o‘rtasidagi farq summasi sifatida aniqlanadi. Lekin shu bilan birga, I.Noskova
ogohlantiradiki, hisobli forvard shartnomalarini o‘z vaqtida xorijiy valyutani sotish
va sotib olish summalari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlamaslik banklarning
zimmasiga kurslarning tebranish riskini yuklaydi
51
.
Rossiyalik taniqli iqtisodchi olim G.Soloduxinning fikriga ko‘ra, tijorat
banklarining valyuta riskini pasaytirish maqsadida ularning ochiq valyuta
pozitsiyalarini qisqartirishning quyidagi usullaridan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Bunda banklarning qisqa valyuta pozitsiyalari hajmini qisqartirishda
quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
xorijiy valyutalarni sotib olish;
xorijiy valyutalarda depozitlar qabul qilish;
xorijiy valyutalarda emissiya qilingan qimmatli qog‘iozlarni sotish.
50
М.О.Маркова Н.Н.Мартыненко О.С.Рудакова, Н.В.Сергеева Банковские операции 2012
.
51
М.О.Маркова Н.Н.Мартыненко О.С.Рудакова, Н.В.Сергеева Банковские операции 2012
69
Tijorat banklarida uzun valyuta pozitsiyalari hajmini qisqartirishda ham 3
usuldan foydalanilmoqda:
xorijiy valyutalari sotish.
xorijiy valyutalarda kreditlar berish;
xorijiy valyutalarda emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish.
Yuqorida qayd etilgan usullardan O‘zbekiston Respublikasi bank
amaliyotida foydalanish imkoniyatlari cheklangan va ushbu holat quyidagi
sabablar bilan izohlanadi:
Banklarning xorijiy valyutalarda depozitlar qabul qilish imkoniyatining
cheklanganligi.
Hozirgi davrda respublikamiz tijorat banklari tomonidan xorijiy
valyutalardagi depozitlarga nisbatan belgilangan foiz stavkalari darajasi past.
Xorijiy valyutalardagi depozitlarning foiz stavkasini past darajada
ekanligining asosiy sababi shundaki, banklar horijiy valyutalarda qabul
qilingan depozitlarning asosiy qismini horijiy banklarga banklararo depozit
sifatida joylashtirishmoqda. Ushbu depozitlarga halqaro ssuda kapitali
bozorining stavkalarda (LIBOR, FIBOR, PIBOR va hok.) foiz to‘lanadi.
Ushbu stavkalarning darajalari past.
Xorijiy valyutalardagi depozitlar foiz stavkalarning past darajada ekanligi
ularni keng ko‘lamda bank muassalarda jalb etishda to‘sqinlik qiladi.
Respublikamiz tijorat banklarida horijiy valyutalarda emissiya qilingan
qimmatli qog‘ozlarning mavjud emasligi. 2015 yilning 1 yanvar holatiga
respublikamiz banklarning hech qaysisi halqaro fond birjalarning listingiga
kirmagan.
Shuningdek, respublikamiz banklarining ochiq valyuta pozitsiyalarini
baholashda faqatgina spot operatsiyalari va muddatli valyuta operatsiyalari hisobga
olinmoqda. Banklarning xorijiy valyutalardagi depozit-ssuda operatsiyalari va
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish-sotish operatsiyalari ochiq valyuta pozitsiyasini
baholashda inobatga olinmayapti. Fikrimizcha, ochiq valyuta pozitsiyalarining
baholashning ushbu tartibi to‘g‘ri emas. Chunki, birinchidan, tijorat banklari
70
xorijiy valyutalarda depozitlar qabul qilganda, ularning balansida xorijiy valyutalar
kirimi ko‘payadi. Bu esa, ularning uzun valyuta pozitsiyasi miqdorining oshishiga
olib keladi. Ikkinchidan, tijorat banklari kredit berganda, bankning balansida
xorijiy valyutalar chiqimi miqdori oshadi va natijada uning qisqa valyuta
pozitsiyasi miqdori oshishi kerak. Uchinchidan, tijorat banki tomonidan xorijiy
valyutada emissiya qilingan qimmatli qog‘ozning sotib olinishi uning ushbu
valyutadagi qisqa valyuta pozitsiyasi miqdorining oshishiga olib kelishi kerak.
To‘rtinchidan, tijorat banki tomonidan xorijiy valyutada emissiya qilingan
qimmatli qog‘ozni sotilishi uning mazkur valyutadagi uzun valyuta pozitsiyasi
miqdorining oshishiga olib keladi.
Fikrimizcha, respublikamiz tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyasini
baholashda banklarning har uchala turdagi valyuta operatsiyalari (spot operatsiyasi,
muddatli valyuta operatsiyalari, svop operatsiyasi), xorijiy valyutalarda amalga
oshiriladigan depozit-ssuda operatsiyalari va xorijiy valyutalarda emissiya qilingan
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish-sotish operatsiyalari o‘z aksini topgan bo‘lishi
kerak.
T. Boboqulovning fikriga ko‘ra, tijorat banklarining ochiq valyuta
pozitsiyalariga nisbatan belgilangan mazkur cheklovlarning (O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining ochiq valyuta
pozitsiyalariga nisbatan 2005 yilning 31 avgustidan boshlab quyidagi cheklovlar
o‘rnatildi: 1. Tijorat bankining bitta valyutadagi ochiq valyuta pozitsiyasining
miqdori uning regulyativ kapitalining 10 foizidan oshib ketmasligi lozim; 2.
Tijorat bankining barcha valyutalardagi yakuniy netto valyuta pozitsiyasining
miqdori uning regulyativ kapitalining 20 foizidan oshib ketmasligi lozim) me’yoriy
darajasini turli davlatlarda bir-biridan keskin farqlanmasligining sababi shundaki,
tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyalarini tartibga solish maqsadida ishlab
chiqilgan metodikaning mualliflari bo‘lib xalqaro Bazel qo‘mitasining ekspertlari
hisoblanadi. Respublikamiz bank amaliyotida qo‘llanilayotgan cheklovlarning
me’yoriy darajasi bilan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida qo‘llanilayotgan
cheklovlarning me’yoriy darajalarida yaqinlik mavjud.
71
Valyuta riskini kamaytirish uchun quyidagi usullardan foydalanish
mumkin:
Kredit shartnomasida o‘rnatilgan forvard kursini hisobga olib boshqa
valyutada qaytarish sharti bilan biror bir valyutada ssuda berish. Bunday
tadbirlar bankni kredit valyutasi kursining pasayishi ehtimolligidan
himoya qiladi.
Forvard valyuta kontraktlari. Bu valyuta riskini pasaytirishning asosiy
usulidir. Bunday operatsiyalar bitim summasini va forvard almashuv
kursini shartnomada qat’iy o‘rnatib xorijiy valyutani oldi-sotdisi
bo‘yicha bank va mijoz o‘rtasida muddatli kelishuv imzolanishini
ko‘zda tutadi.
Valyutaviy fyuchers kontraktlar. Fyucherslar ma’lum birmiqdordagi
xorijiy valyutani kelgusida aniq bir kunda sotish yoki sotib olish
kelishuvini o‘zida aks ettiradi. Lekin forvard kontraktlaridan farqli
ravishda uning shartlari nisbatan oson va engil ko‘rib chiqiladi.
Valyuta opsionlari.
Valyuta svoplari. Valyuta svopi ikki tomon o‘rtasida turli valyutalardagi
to‘lovlarning almashinishi (albatta, kelajakda) haqidagi kelishuvdir.
Valyuta riskini sug‘urtalash. Hamma riskni sug‘urta tashkilotiga
o‘tkazishni ko‘zda tutadi.
Shuningdek, yuqoridagi muammolarni hal etishda, respublikamizda bank
risklarini boshqarishni takomillashtirish bo’yicha O’zbekistonda tijorat banklari
faoliyatidagi risklarni boshqarishga nisbatan minimal talablar Markaziy bank
Boshqaruvi tomonidan 2011-yil 7 mayda 14/2-sonli qaror bilan tasdiqlangan
"Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo’yiladigan
talablar to’g’risida"gi nizomga muvofiq belgilanadi
52
.
Banklardan bank tavakkalchiliklarini boshqarishda quyidagilar talab etiladi:
52
Markaziy bankning 2011-yil 7 maydagi "Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshkarishiga nisbatan
qo’yiladigan talablar tugrisida"gi 740-sonli nizomi
72
bank faoliyati va uning atrofidagi muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga oluvchi, aniq ifodalangan va hujjatlashtirilgan tavakkalchiliklarni
boshqarish siyosatini ishlab chiqish;
bank tavakkalchiligini boshqarish vazifalari yuklangan tarkibiy bo‘linmani
tashkil etish;
bank tavakkalchiligini boshqarish bo‘linmasini tajribali va malakali
mutaxassislar bilan ta’minlash;
bank yangi xizmatlarni joriy qilishda, yirik bitimlarni tuzishda, xorijiy
moliya institutlari bilan aloqa o‘rnatishda, investitsiyalar kiritishda, chet el
valyutasidagi mablag‘larni aktivlarga joylashtirishda, yangi xodimlarni
ishga qabul qilishda va boshqa bank tavakkalchiligi yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan bank operatsiyalarini tavakkalchilikni yuzaga kelishi va uni bartaraf
etish, oldini olish, kamaytirish nuqtai nazaridan bank tavakkalchiligini
boshqarish bo‘linmasi bilan kelishuvni amalga oshirish.
Bank tavakkalchiligini boshqarish bo‘linmasi xodimlari quyidagi talablarga
javob berishlari lozim:
bajarayotgan vazifalari xususiyatiga mos bo‘lgan oliy ma’lumotga ega
bo‘lishi;
bankning kredit, valyuta, depozit va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha
operatsiyalari, buxgalteriya hisobi va hisoboti, yuridik xizmati va
axborotlashtirish bo‘limlarida kamida ikki yil ish stajiga va kasbiy malakaga
ega bo‘lishi (bo‘linma rahbari uchun bankning mazkur bo‘limlarida kamida
ikki yil rahbarlik lavozimida yoki bo‘linmada kamida to‘rt yil ish staji va
kasbiy malakaga ega bo‘lish talab etiladi);
tegishli xodimlar milliy va xalqaro buxgalteriya hisobi, xalqaro audit
standartlari qoidalarini qo‘llash, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi
tamoyillari va standartlari hamda xalqaro reyting kompaniyalarining bank
faoliyatini baholash uslubiyoti bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi va bank
tavakkalchiliklari bo‘yicha maxsus kurslarda malakalarini oshirishi.
73
Quyidagilar bank tavakkalchiligini boshqarish bo‘linmasining vazifalari
hisoblanadi:
bank faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan barcha tavakkalchiliklar
ro‘yxatini yuritish, ularning yuzaga kelish omillarini o‘rganish va
monitoring qilish hamda tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha barcha
choralarni ko‘rish;
bank tavakkalchiliklarini baholash;
bank faoliyatida bank tavakkalchiliklarini boshqarish borasida qabul
qilinishi lozim bo‘lgan choralar, talablar va me’yorlarni bank Boshqaruvi
organi muhokamasiga kiritish;
normativ-huquqiy hujjatlar talablariga asosan bank tavakkalchiliklarini
qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish yuzasidan choralar ko‘rish;
bank xizmatlari va operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha bankning
ichki hujjatlari loyihasini ishlab chiqishda va bank xodimlarining lavozim
majburiyatlarini belgilashda qatnashish;
joriy qilinayotgan yangi bank xizmatlari va operatsiyalari, bitimlar
yuzasidan takliflar tayyorlash;
bank xizmatlarini ko‘rsatish va operatsiyalarini amalga oshirish
tartiblarini takomillashtirish;
bank kredit (investitsiya) portfelini kredit (investitsiya) turi, qarzdor
(emitent)ning iqtisodiyot tarmog‘i, xududi, kredit ta’minoti, maqsadi, foizi
va undirish muddatlari bo‘yicha alohida-alohida monitoring o‘rnatish va
ularni tahlil qilish;
muammoli kreditlarni, ularning iqtisodiyotning qaysi sohasiga
tegishliligini, muammoga aylanganlik sababini, ushbu kreditlarni ajratish
va monitoring qilish jarayonlarini o‘rganish natijasida tegishli xulosalar
qilish va takliflar tayyorlash;
kredit tavakkalchiligini aniqlash va oldini olish maqsadida kredit olgan
shaxslar bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish va tegishli xulosalar qilish;
74
bank axborotlari bazasiga ruxsatsiz kirishdan ishonchli himoyalashni
ta’minlovchi dasturlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish;
bank xodimlari tomonidan bank xizmatlarini ko‘rsatishda va bank
operatsiyalarini amalga oshirishda o‘z lavozim majburiyatlari va
vazifalariga hamda normativ-huquqiy hujjatlarga qat’iy amal qilinishini
ta’minlash yuzasidan choralar ko‘rish;
bankning moliyaviy holatini, likvidliligini stress-testdan o‘tkazish va
mijozlarni skoring tahlil qilish uslublarini ishlab chiqish va ularning
qo‘llanilishini ta’minlash;
bankda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan barcha xizmat (omonat va
kredit) turlari va operatsiyalar ro‘yxatini yuritish;
jahondagi moliya va iqtisodiy sohalarda, shu jumladan milliy
iqtisodiyotda yuz berayotgan o‘zgarishlarni o‘rganish, kuzatish va lozim
bo‘lsa takliflar tayyorlash;
bank
menejmenti
va
texnologiyalari,
shu
jumladan
bank
tavakkalchiliklarini boshqarish bo‘yicha xalqaro va xorijiy banklar
tajribalarini va bu borada yangiliklarni o‘rganish va takliflar tayyorlash;
har yarim yilda, bank Boshqaruvi va bank Kengashining
tavakkalchiliklarni nazorat qilish Qo‘mitasi yigilishlarida muhokama
qilish uchun bank tavakkalchiliklarini boshqarish borasida olib
borilayotgan ishlar natijalari bo‘yicha hisobotlar berish.
Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan 2014 yilda pul-kredit sohasidagi
vaziyat va monetar siyosatning 2015 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarida
tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro andoza
va me’yorlar, shu jumladan, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi
tavsiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish maqsadida
2015 yilda bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining tavsiyalariga («Bazel-III»
talablariga) muvofiq, 2015 yilda tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va
nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirishda asosiy e’tibor:
75
bank tizimidagi tizimli tavakkalchiliklarni aniqlashga qaratilgan
makroprudensial tahlilning zamonaviy usullarini joriy qilish bo‘yicha
ishlarni davom ettirishga;
ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan holda banklarning likvidlik riskiga
ta’sirchanligini makromodellardan foydalangan holda stress-testlardan
o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish va joriy qilish ko‘lamini yanada
kengaytirishga;
risklarni boshqarishning ichki tizimlariga katta urg‘u berilgan holda
xarajatlar va daromadlarning maqbul tarkibi va darajasini ta’minlash orqali
banklarning operatsion faoliyati samaradorligini yanada oshirish choralarini
ko‘rishga qaratilishi belgilab qo’yilgan.
Bank faoliyatini nazorat qilishning zarurligi amalga oshiriladigan monetar
siyosatning asosini tashkil etish bilan birgalikda respublikamizning bozor
iqtisodiyotiga o’tishdagi o’ziga xos yo’li bilan ham bog’liqdir.
Respublikamizda Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini
nazorat qilinishining asosiy maqsadi tijorat banklariga biron bir iqtisodiy chora
ko’rish yemas, balki bank faoliyatida mavjud bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etib,
bank tizimining barqarorligini oshirish natijasida bank omonatchilari va
kreditorlarining manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Shuni alohida qayd etish lozimki, respublikamizda Markaziy bank
tomonidan tijorat banklarini sonini ko’payishga yo’l qo’ygan MDH davlatlaridan
farqli o’laroq, banklarning sonidan ham ko’ra sifatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu esa, ko’plab davlatlarda yuz bergan moliyaviy inqirozlarni respublikamiz bank
tizimiga o’z ta’sirini o’tkazmaganligi O’zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining bank nazoratini tashkil etishda olib borayotgan siyosatini to’g’riligini
yana bir bor isbotladi.
Albatta bu ko’rilayotgan choralar, amalga oshirilayotgan islohotlar
mamlakatimiz bank-moliya tizimida yuzaga keladigan risklarni samarali
boshqarishda va u bilan bog’liq muammolarni yechimi sifatida o’z aksini topadi.
Достарыңызбен бөлісу: |