Әжинияз атындағы Нӛкис мәмлекетлик педагогикалық институты



Pdf көрінісі
бет100/164
Дата25.03.2024
өлшемі4.15 Mb.
#496396
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   164
1-секция

Адабиѐтлар: 


188 
1. Халқ сўзи. 2018 йил 4 июль 
2. М.Флинта. 
Риторика учебное пособие. 2015. Энциклопедия 
ораторского 
искусства. 
А. 
Белановский, 
А. 
Парабеллум, 
А. 
Георгиевская.Издательство «Омега-Л»2017. 
3. Бородкин Ф.М., Корняк Н.М. Внимание: конфликт. - М., 1989г. 
O‟ZBEK-OZARBAYJON MILLAT VAKILLARINING MUSHTARAKLIGI 
 
M.Abduraimova 2-bosqich talaba, Z.Xayitov - dots. 
NavDPI 
 
Hozirgi globallashuv jarayonida millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik 
muammosi jahon hamjamiyati davlatlari uchun g‘oyat dolzarb masalalardan biri 
hisoblanadi. Shu sababli yurtimiz azaldan turli millat vakillari bilan hamjihatlikda 
yashashga intilgan. Tinchlik, teng huquqlilik, diniy bag‘rikenglik, milliy madaniy 
qadriyat va an‘analarga hurmat osoyishtalikning garovi bo‘lib xizmat qiladi. Bu 
asosiy mezonlardan ayniqsa, madaniyat eng ta‘sirchan mexanizmdir. Madaniyat
insoniyat ruhiyatiga musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, me‘morchilik, teatr, kino 
orqali kirib boradi va insonning ma‘naviy qiyofasini shakllantiradi. U 
umuminsoniy hodisa sifatida faqat bir xalqqa tegishli emas, faqatgina o‘zi yaratgan 
ma‘naviy meros orqali boyiy olmaydi. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini 
shu millatning o‘zi yaratsada, jahon xalqlari yaratgan umuminsoniy sifatlarni ham 
o‘zlashtiradi. Xuddiki, bir daryoning irmoqlari singari bir-birini to‘ldiradi, boyitib 
sayqallanib boradi. Tarixiy ildizlarimizning birligi madaniyat orqali ta‘minlansa, 
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlar orqali yanada mustahkamlanib boradi. 
Bir zaminda yashab turli millat vakillari bilan munosabatga kirishish o‘zga xalqlar 
tili, urf-odatlari va an‘analariga chuqur hurmatda bo‘lish, milliy o‘zlikni saqlab 
qolish, madaniy-ma‘rifiy ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish shu millatning 
mentalitetiga bog‘liq. Buni o‘zbek-ozarbayjon xalqlari o‘rtasida o‘rnatilgan 
mustahkam do‘stona aloqalar misolida ko‘rish mumkin. 
O‘zbekiston-Ozarbayjon davlatlararo munosabatlari uzoq o‘tmishga borib 
taqaladigan mustahkam do‘stlik rishtalari, madaniyat, fan, an‘analar umumiyligi
asosida bog‘langan. Ozarbayjon xalqi boshqa turkiy xalqlar singari boy qadimiy 
madaniyati, tarixi, adabiyoti va san‘atiga egadir. Ozarbayjon xalqi yaratgan bu 
madaniy va ma‘naviy meros zamirida xalqning asriy orzu umidlari, e‘tiqodi, 
badiiy, falsafiy dunyoqarashi mujassam bo‘lgan. Yurtimiz hududlarida 40 mingdan 
ziyod ozarbayjon millat vakillari yashaydi. O‘zbekistonda birinchi Ozarbayjon 
milliy madaniy markazi 1989-yilda ,,Gardashlik‖ nomi ostida tashkil topgan. 2003-
yilda esa Ozarbayjon milliy madaniy markazi uyushmasi tuzildi. 2010-yilga kelib 
Geydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon milliy madaniy markazi nomi ostida faoliyat 
yuritgan,, ikki tomonlama madaniy-gumanitar aloqalar mustahkamligiga xizmat 
qilib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ,,Respublika 
baynalmilal madaniyat markazi‖ tashkil etishning 25 yilligiga bag‘ishlangan 
uchrashuvda: ,,…mamlakatimizda millatlararo munosabat sohasida nodavlat 
tashkilotlarining noyob tizimi shakllanganidan dalolat beradi. Ushbu tashkilotning 
serqirra faoliyati mamlakatimizda tinchlik va farovon hayotni ta‘minlash, muhim 


189 
madaniy-ma‘rifiy vazifalarni hal etish, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan 
hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda‖ deb ta‘kidlaganlar. Respublika
ozarbayjon milliy madaniy markazining ,,Ozarbayjon qizlari‖ ansambli badiiy 
rahbari Aliyeva Kaykep Miriyevna ,,Do‘stlik‖ ordeni bilan taqdirlandi[1]. 
Ozarbayjon milliy madaniy markazi rahbari Samir Abbosov o‘zbek-ozarbayjon 
diasporalari o‘rtasidagi madaniyat, fan, turizm, ta‘lim sohalarida aloqalarning 
mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shmoqda. Tarixan til-madaniyat yaqinligi 
bilan o‘xshash millatlar munosabati yillar o‘tgan sayin mustahkam tus olmoqda. 
O‘zbekistondagi Ozarbayjonning favqulodda va muxtor elchisi Husayn Galiyev 
ham o‘zbek-ozarbayjon urf-odatlari, to‘y-tomoshalarida, kuy –qo‘shiqlarida o‘zaro 
hurmat mujassam ekanligini alohida ta‘kidlagan. Bokuda o‘tkaziladigan 
maqomchilar xalqaro tanlovida, O‘zbekistonda esa ,,Sharq taronalari‖ musiqa 
festivalida, Shahrisabz maqom festivalida o‘zbek-ozarbayjon millat vakillarining 
ishtiroki munosib baholanmoqda.
O‘zbekiston-Ozarbayjon 
munosabatlarida 
,,Boku-Tbilisi-Kars‖yo‘lagi, 
,,Mersen‖ O‘rtayer dengizi bandargohi, ,,Poti‖ Qora dengiz bandargohi orqali 
Yaqin Sharq, Janubiy va Janubiy –Sharqiy Osiyo mamlakatlariga chiqish imkonini 
bermoqda. ,,Boku-Tbilisi-Axalkalaki-Kars‖temiryo‘li magistrali savdo-iqtisodiy 
aloqalarni ta‘minlashga, tranzit salohiyatga yo‘l ochmoqda. O‘zbekistonda faoliyat 
yuritayotgan 84 ta ozarbayjon korxonasidan 71 tasi qo‘shma korxona sifatida ish 
olib bormoqda. Iqtisodiy imkoniyatlarda o‘zaro tovar ayirboshlash 2016-yilda 21,2 
mln AQSH dollari, 2017-yilda 31,2 mln AQSH dollariga o‘sishi kuzatildi.
2018-yildan Bokudan Toshkentga, Toshkentdan Bokuga aviaqatnovlarning 
yo‘lga qo‘yilishi turizm salohiyatini shakllantirishga, ikki qardosh mamlakatlar 
o‘rtasida ilgari surilayotgan multikulturalizm g‘oyasi asrlar davomida boshqa din 
va madaniyatga hurmat, tolerantlik munosabatlarining o‘rnatilishining kafolati 
bo‘lmoqda. ,,Olovlar mamlakatining naqshlari‖ ko‘rgazmasida aks ettirilgan
gilamlar namunasi esa o‘zbek gilamlari singari serjilo, betakrorligi bilan yoki 
miloddan avvalgi ikkinchi mingyillikka oid 2 ta ilon ko‘rinishidagi tumor tasvirlari 
Ozarbayjondan ham topilishi xalqlarimiz tarixiy-madaniy aloqalari yaqin ekanligini 
ko‘rsatmoqda. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada 
mustahkamlash, ta‘limni rivojlantirish va yoshlarning axloqiy tarbiyasini
yuksaltirish bo‘yicha 2017-yilda ,,Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon 
misolida‖ xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Davlatlar o‘rtasidagi hamjihatlikni 
ta‘minlash davlat siyosati darajasida ustuvor ahamiyatga egadir, global muammolar 
diniy ekstremizm, terrorchilik kabi xavflar ta‘siriga tushmaslik yoshlarni ma‘nan 
yetuk tarbiyalash maqsadlari qo‘yilganini ifodalaydi.
Ajdodlarimiz ming yillar mobaynida do‘stona aloqada bo‘lish barobarida 
qadimdan turkiy tilda muloqot qilib, adabiy ijod namunalarini shakllantirishgan. 
Ozarbayjon xalq dostonlaridan ,,Ko‘r o‘g‘li‖, ,,Oshiq G‘arib‖, ,,Shox Ismoil‖, ,,Asli 
va Karam‖o‘zbek, turkman, turk xalq og‘zaki ijodidagi namunalari bilan uyg‘unlik 
kasb etgan. Nizomiy, Fuzuliy, Fazliy, Nasimiy kabi mumtoz adabiyot vakillarining 
ijod namunalari turkiy xalqlar orasida juda mashhur bo‘lgan. Yurtimizda 2004-
yilda Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy sharafiga haykal 


190 
qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov bu haykalning 
ochilish marosimida: ,,Qardosh Ozarbayjon xalqiga, uning ko‘hna tarixi va 
madaniyatiga, asrlar sinovidan o‘tib kelayotgan so‘nmas ruhi, iroda va 
ma‘naviyatiga, uning yorug‘ kelajagiga bo‘lgan hurmat va ishonchimiz ramzi‖ 
degan edilar. Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida ham 2008-yil sentabrda Alisher 
Navoiyga haykal o‘rnatildi, A.Navoiyning ilmiy merosi o‘rganilib, asarlari tarjima 
qilindi. N.Ganjaviy, Fuzuliy, Alisher Navoiy ijodida hayotga muhabbat, insonning 
millatidan, irqidan va diniy mansubligidan qat‘iy nazar, uning qadr-qimmati, 
xalqlar o‘rtasida do‘stlik, birodarlik, tinchlikni tarannum etgan asarlari hozirga 
qadar o‘lmas meros sifatida saqlanib kelishiga sabab bo‘lmoqda. A.Navoiy ,,Olam 
ahli, bilingizkim, ish ermas dushmanlig‘, Yor o‘lung bir-biringizgakim, erur yorlig‘ 
ish‖ deb aytgan baytlari esa hozirgi kunga da‘vatdek jaranglaydi. ,,Ozarbayjonda 
navoiyshunos filologiya fanlari doktori, akademik Hamid Orasli ,,Nizomiy va 
Navoiy‖, ,,Navoiy va ozarbayjon adabiyoti‖, ,,Alisher Navoiy‖, ,,Alisher Navoiy va 
uning adabiy merosi‖, ,,Navoiy va Fuzuliy‖, ,,Buyuk shoir‖ singari maqolalari 
Navoiy ijodiy merosini o‘rganishda qimmatli manbalardan bo‘lib kelmoqda‖ [2]. 
Shuningdek, 2018-yil O‘zbekiston FA o‘zbek-ozarbayjon tillarida ,,O‘zbek 
she‘riyati gulchambari‖ kitobini chop etildi. Bu o‘zbek-ozarbayjon milliy-
ma‘naviy merosining turli tarixiy bosqichlarida ajdodlarimizning aql-zakovati, urf-
odat, an‘analar, qadriyatlari, ma‘naviyati, to‘plagan ijobiy tajribalarining majmuasi 
hisoblanadi. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bu ma‘naviy meroslar millatlar 
qalbi va ongiga singishib, millatlarning ma‘naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat 
qiladi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yurtimizda millatlararo va davlatlararo 
totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan g‘oya va tashabbuslar keng ko‘lamda 
tartibga solinib, mustahkamlanib kelmoqda. Millatlararo munosabat madaniyati va 
ijtimoiy hamkorlik jarayonini shakllantirish asosiy ustuvor maqsaddir. Bunda 
o‘zbek-ozarbayjon millat vakillari bilan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy integratsiyaga 
kirishish o‘tmishdan boshlangan va bugunda yanada mustahkamlanib kelmoqda. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   164




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет