462
E.O‘rinboyeva, FarDU o‘qituvchisi
A.Mamajonov, FarDU talabasi
“ALIFBO” VA “ALIFBE” LEKSEMALARINING ISHLATILISHIGA DOIR
Tilimizda bir-birga yaqin va biri ikkinchisining tovush o‘zgarishi natijasida kelib chiqqan
so‘zlar mavjud. Bu so‘zlarni dubletlar deb atashimiz mumkin. Masalan, kabutar – kaptar, iymon
– imon va alifbo – alifbe kabilar. Bularning ayrimlari faqatgina shakl jihatdan farqlansa,
ayrimlarida ma’no tarafdan ham tafovutlar mavjud. Mavzuyimizga xos ravishda alifbo va alifbe
so‘zlari o‘rtasidagi farqlarni ko‘rib chiqamiz.
Alifbo (arab alifbosining boshlang‘ich ikki harfi – alif va bo nomidan olingan) – biror
tilning yozuviga qabul qilingan va ma’lum an’anaviy tartib berilgan yozuv belgilari (mas, arab,
lotin alifbolari) yoki bo‘g‘in belgilar (mas, hind alifbosi – Devanagari) majmui
[1]
.
Masalan, o‘zbek-kirill alifbosi, o‘zbek-lotin alifbosi
Alifbe – dastlabki savod beradigan o‘quv qo‘llanmasi. Alifbe bosma, yozma harflar va ular
ifodalaydigan nutq tovushlari, ularning yozishini o‘zlashtirish, sodda bo‘g‘in va so‘zlarni qo‘shib
o‘qishga o‘rganish va o‘qilayotgan narsani to‘g‘ri tushunish hamda sodda so‘z va gaplarni
yozishga o‘rganishga yordam beradi
[2]
.
O‘zbek tili izohli lug‘atida “alifbe”ga quyidagicha izoh berilgan.
ALIFBE 1. Aynan. Alifbo
2. Boshlang‘ich savod chiqarish kitobi. Birinchi sinf o‘quvchilari uchun alifbe.
3. Ko‘chma. Biror maslak, ta’limot, ilm, va sh.k.ning boshlang‘ich asoslari, eng oddiy qoidalari.
Muhammad Jamol alifbesidan boshlab do‘stining ongidan xurofotlar bulutini tarqatishda tirishdi.
Oybek. Nur qidirib
[3]
.
Alifbo so‘zi ham alifbe kabi yuqoridagi tushunchalarni anglatadi va uning o‘rnida
qo‘llanila oladi. Alifbo nafaqat harflar tizimi, balki biror ta’limot yoki ilmning boshlang‘ich
nuqtasi va uni “muxtasar o‘rganish uchun mo‘ljallangan qo‘llanma” ma’nosiga ham mos keladi.
Masalan, Aruz ilmi alifbosi.
O‘zbek tili etimologik lug‘atida bu ikki so‘zning kelib chiqishi haqida quyidagicha tarif
berilgan:
ALIFBO. Bu so‘z arab tilidan alif va ba harflarining nomidan tarkib topgan bo‘lib,
Достарыңызбен бөлісу: