Vazirlar nialikaniasining 2003 yil 8 yanvardagi 8-sonli qaroriga O’zbekiston
Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi to’g’risida
NIZOM
Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolotlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi “Davlat statistika
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to’g’risida” 2002 yil 24 dekabrdagi PF- 3183-son Farmoniga muvofiq tashkil etilsin.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi statistika sohasida rivojlanishning milliy va mitaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda ilmiy metodologiyaga, xalqaro standartlar va qoidalarga asoslangan yaxlit ilg’or statistika axboroti tizimini yaratishga va uning faoliyat ko’rsatishiga yo’naltirilgan yagona siyosatni amalga oshiruvchi, davlat hokimyati va boshqaruv organlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistika axborotlariga bo’lgan ehtiyojini qondiruvchi davlat hokimyati ijro etuvchi organi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi o’z faoliyatida
O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining
statistikaga oid vakolatlari bo’yicha:
O’zbekiston Respublikasi Maroiqtisodiyot va statistika vazirligi Statistika davlat deportamentining vakolatlari, majburiyatlari va mulkiy huquqlari bo’yicha huquqiy voris hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi statistika ishlarining
ishonchlilik, xolislik, beg’arazlik:
dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik;
qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik;
statistika axborotini yig’ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etish tamoyillari asosida tashkil etilishini ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun xujjatlariga amal qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi Qoraqolpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlar shaharlardagi statistika organlari hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasiga qarashli tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining yagona tizimini tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining o’z vakolotlari doirasida qabul qilingan qarorlarining vazirliklar, idoralar, ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Davlat statistika organlari faoliyatiga davlat organlari va joylardagi davlat hokimyati organlarining aralashishiga yo’l qo’yilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi o’z faoliyatini respublika va mahalliy hokimyat organlari, o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlari bilan o’zaro bog’liq ravishda amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhirga, mustaqil balansga, o’z hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo’ladi.
Asosiy vazifalari
11. Quyidagilar O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning zamonaviy xalqaro statistika standartlariga javob beradigan samarali tizimini ta’minlash;
ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyoti asosiy tamoyillariga javob beradigan yagona statistika metadologiyasini hamda milliy hisob raqamlarini tuzishni ta’minlovchi va xalqaro statistika standartlariga muvofiq bo’lgan ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
jamiyatni iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ro’y bergan jarayonlarni har tomonlama xarakterlovchi statistika va hisobot ko’rsatkichlarini tezkorligini, ishonchliligini, holisligini va izchilligini ta’minlash;
statistik axborotning qulayligini, aniqligini va oshkoraligini kengaytirish ishlarini amalga oshirish;
statistika ishlarini tashkil etishning statistika axborotini yig’ish qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno qiluvchi tizimini yaratish;
ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi statistika axborotlarini yig’ish, qayta ishlash, to’plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va e’lon qilishni amalga oshirish;
SNS xalqaro metodologiyasiga muvofiq bo’lan milliy hisoblar tizimini ishlab chiqish, xalqaro statistika standartlari va qoidalarini hisobga olgan holda milliy hisoblar tizimini axborotlar bilan ta’minlash tizimini shakllantirish;
statistika ishlari davlat buyurtmasini tayyorlash va uning bajarilishini ta’minlash, davlat hokimyati va boshqaruv organlari ehtiyojlari, foydalanuvchilarning statistika axborotlariga talabini o’rganish asosida Davlat statistika ishlaridasturlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini tashkil etish;
yo’nalishlar bo’yicha statistika axborotlarining taqqoslanuvchanligini marnlakatlararo taqqslanuvchanligini ta’minlovchi, o’zaro bog’liy bo’lgan
iqtisodiy-statistika tasniflar tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning statistika sohasidagi yagona siyosatni amalga oshirish bo’yicha faoliyatining muvofiqlashtirishni ta’minlash;
respublikani, mintaqalarni va tarmoqlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarining, ijtimoiy-iqtisodiy masalalari bo’yicha Oliy Majlis qarorlarining, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining bajarilishining statistik kuzatuvlarini amalga oshirish;
davlat organlarini va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlirini, yuridik shaxslarni, davlat muassasalarini va xalqaro tashkilotlarni hamda jamoatchilikni statistika axboroti bilan belgilangan tartibda ta’minlash;
dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarbo’yicha metodik bazaning ishlab chiqilishini amalga oshirish, tematik yozishmalarni, senz tadqiqotlarini va monitoringini tashkil etish va amalga oshirish;
statistika organlirini zamonaviylashtirish hamda statistika axborotini tezkorlik bilan uzatishni va qayta ishlashni ta’minlovchi zamonaviy kompbyuterlar hamda axborot-kommunikasiya tizimlari va texnologiyalari bilan qata jihozlash, statistika bo’yicha yagona axborot tizimini yanada rivojlantrish, uning respublikadagi boshqa axborot tizimlari bilan o’zaro muvofihligi va bog’liqligini ta’minlash;
statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo’lgan iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini hamda Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reestrini yuritish;
statistika axborot resurslarining xavfsizligini ta’minlash va axborot hisoblash tizimini ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish;
barcha darajalardagi statistika organlari xodimlari malakasini izchil asosida oshirishni va ularni qayta tayyorlashni ta’minlash;
O’zbekiston Respublikasining ustuvor yo’nalishlar bo’yicha davlat statistikasi sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish va xalqaro xamkorligini rivojlantirish;
Xo’jalik shartnomalari asosida korxonalar va tashkilotlarga dasturlar ishlab chiqish bo’yicha xizmatlar hamda axborot-hisoblash xizmatlari ko’rsatishga doir statistik va boshqa ishlarni bajarish noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Asosiy funks iyalari
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
davlat statistika prinsiplariga rioya etilishini va xalqaro standartlar va qoidalarga muvofiq bo’lgan statistik metodologiyaning yagonaligini ta’minlaydi;
statistika kuzatuvlari va statistik hisob-kitoblar metodologiyaning takomillashtirish bo’yicha metodologik tadqiqotlar o’tkazish;
davlat statistikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini, ishlaming ilmiy-metodologik, tashkiliy-texnik, kadrlar va moliyaviy ta’minotini belgilaydi;
statistika ishlarining ko’p yillik va yillik Dasturlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda respublika Hukumatiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda ularning bajarilishini tashkil qiladi;
statistika kuzatuvlari dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ishlarning samarali amalga oshirilishini, statistika axborotlarini qayta ishlash, to’plash. Saqlash va tarqatishni kelishib oladi;
eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo’yicha monitoringni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
mamlakatda va mintaqalarda ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni kompleks tahlil qilish uchun statistika ko’rsatkichlarini axborot tizimini shakllantiradi;
iqtisodiy islohotlarning borishini, institusional o’zgarishlarni bozor munosabatlari va bozor infratuzilmasining vujudga kelishini, narxlar dinamikasini va inflyasiya darajasini, davlat, korxonalar va iqtisodiyot tarmoqlarining moliyaviy ahvolini, mehnat bozorlari, investisiya va iste’mol tovarlari va xizmatlari konьyunkturasini demografik jarayonlarni, mehnat resurslari dinamikasi va tarkibini mehnatga haq to’lash va uning shartlarini ijtimoiy guruhlar va daromaddorlik guruhlari bo’yicha aholi turmushini moddiy taminlanganligi darajasini, ijtimoiy soha huquqiy tartibot va ekologiyaning ahvolini, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari faoliyat ko’rsatishi dinamikasini, davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati, sado va to’lov balansini statistik kuzatishlarini va tadqiq qilishni amalga oshirish;
mamlakatdagi eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar va hodisalarning dastlabki statistik tahlilini amalga oshiradi;
bozor munosabatlarida iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani baravar tasniflash hamda muvofiq axborot tizimlari va dasturiy resurslarini yaratish uchun yagona asosni ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasiga birkitilgan umumdavlat va tizim ichidagi klassifikatorlarni ishlab chiqadi va ularning yuritilishini ta’minlaydi;
foydalanuvchilarga, umumdavlat klassifikatorlari va ularga kiritiladigan o’zgartirishlar to’g’risidagi axborotni belgilangan tartibda taqdim etadi;
respublikadagi barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni to’liq hisobga olishni va identifikasiyalashning hamda axborot resurslarining mosligini ta’minlovchi asosiy metodologik instrument sifatida Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yanada rivojlantirishni ta’minlaydi;
statistika kuzatuvlarini tanlov bo’yicha tashkil etishning asosi sifatida statistika kuzatuvlari sub’ektlarining asosiy majmuini takomillashtiradi;
statistik faoliyat shu jumladan davlat axborot tizimlari va resurslarini yaratish hamda yuritish masalalari bo’yicha normativ huquqiy xujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi, kelishib oladi va belgilangan tartibda respublika Hukumatiga va tegishli organlarga kiritadi;
respondentlami statistic kuzatuvlarini o’tkazish uchun zarur bo’lgan statistika hisoboti shakllari banklari, ularni to’ldirish bo’yicha yo’riqnomalar bilan respublika byudjetidan ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablag’lar darajasida ta’minlaydi;
statistika kuzatuvlari va rasmiy statistika axboroti masalalari bo’yicha axborot tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
milliy qonun xujjatlariga va mavjud xalqaro standartlarga va tavsiyanomalarga muvofiq statistika ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlaydi;
ma’lumotlarni tayyorlash metodlarini, tartibini va sifatini takomillashtirish negizida barcha foydalanuvchilarga ochiq statistika axboratini tarqatadi va ularni foydalanish uchun teng sharoitlar bilan ta’minlaydi;
metadologiya va statistika masalalari bo’yicha xalqaro qoidalarga muvofiq bo’lgan va milliy sharoitlarga moslashtirilgan tadqiqot ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;
ijro etuvchi hokimyatning boshqa organlari bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi xalqaro tashkilotlarda a’zoligidan kelib chiqadigan majburiyatdarni bajaradi, jamiyatning ehtiyojlariga muvofiq statistika sohasida halqaro hamkorlikni amalga oshiradi, ilg’or xorijiy tajribani o’tganadi, umumlashtiradi va tarqatadi;
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi qonun xujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham bajaradi;
Huquq va majburiyatlari.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasiga o’ziga yuklangan funksiyalarni bajarishi uchun quyidagi huquqlar beriladi:
Statistika bo’yicha yagona siyosatni o’tkazish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishni va funksional tartibga solishni amalga oshiradi;
Davlat statistika kuzatuvchilari shakllarini ularni to’ldirish hamda taqdim etish tartibini tasdiqlash va idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini kelishib olish;
Moliya, bojxona, soliq organlaridan, bank muassasalaridan, boshqa idora va xizmatlardan, yuridik shaxslardan va ularning vakolatxonalari va filiallaridan jismoniy shaxslardan, shu jumladan yakka tartibdaga statistika ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan boshqa ma’lumotlarni (ularning ishlab chiqishining har qanday bosqichida) shuningdek, ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni talab qilish va olish hamda ulardan davlat statistika hisobotlarida statistika maqsadlarida foydalanish;
YUridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi organlardan, faoliyatning ayrim turlarini
lisenziyalovchi organlaridan. Ijro etuvchi hokimyatning boshqa organlaridan, shuningdek, byudjetdan tashqari davlat jamg’armalaridan tassis xujjatlari nusxalarini hamda korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish uchun zarur bo’lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar to’g’risidagi ma’lumotlarni olish;
Davlat statistika kuzatuvchilari metadologiyasi va ulami tashkil etish, shuningdek rasmiy statistika axboroti bilan bog’lif masalalar bo’yicha axborot - tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
Statistika axborotlari va statistika ma’lumotlarining noto’g’ri foydalanilishi va talqin qilinishi hollarini tushuntirish;
Аmaldagi qonun xujjatlariga muvofiq daslat statistikasi sohasidagi O’zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlarining barcha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bajaralishi ustidan nazoratni amaldagi qonun xujjatliriga muvofiq amalga oshirish;
Olinayotgan statistika ma’lumotlarining to’liqligi, ishonchliligi va xolisligini ekspertizadan o’tkazish;
O’Zbekiston Respublikasi hududidagi muassasalar va tashkilotlarda statistika ma’lumotlarining ishonchliligi va to’liqligini belgilangan tartibda tekshirish. Buzilishlar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish to’g’risidagi ko’rsatmalar berish va statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish;
Statistika ma’lumotlarini taqdim etish tartibi buzilishiga yo’l qo’ygan hamda yashirin va noqonuniy ishlab chiqarishni, pul mablag’larining bankdan tashqari aylanishini yashirishga va korxonalar faoliyatini xolisona boholashning buzilishiga sabab bo’ladigan, uning muassasalari va aksiyadorlari manfatlariga zarar keltiradigan noto’g’ri statistika ma’lumotlarini qasddan taqdim etgan shaxslarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlariga muvofiq jarima jazolari qo’llash;
noto’g’ri statistika hisobotini noto’liq va qasddan noto’g’ri taqdim etgan holda qo’pol qonun buzilishiga yo’l qo’ygan shaxslarni qonunchilikka muvofiq ma’muriy va jismoniy javobgarlikka tortish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish;
davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibi buzilganligi uchun mansabdor shaxslardan undiriladigan jarimalar hisobiga Maxsus jamg’armani shakllantirish hamda undan belgilangan qoidaga muvofiq foydalanish;
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tasarrufidagi tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida belgilangan tartibda takliflar tayyorlash va kiritish, shuningdek, ushbu krxonalar va tashkilotlar to’g’risidagi nizomlarni (ustavlami) tasdiqlash;
xo’jalik shartnomalari bo’yicha, tijorat asosida statistik, tahliliy axborot- hisoblash, noshirlik va soha mavzusi bo’yicha boshqa ishlarni amalga oshirish;
boshqa davlatlarning statistika idoralari va xalqaro statistika va boshqa tashkilotlar bilan statistika faoliyati masalalari bo’yicha hamkorlik qilish to’g’risida belgilangan tartibda bitimlar tuzish;
statistika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, ularni ishlab chiqish uchun O’zbekiston Respublikasi ilmiy muassasalarini, respublika va xorijiy mamlakatlarning boshqa tashkilotlarini, shuningdek, olimlar va mutaxassislarni bnlgilangan tartibda jalb etish;
xalqaro statistika va iqtisodiyot tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, statistika masalalari bo’yicha seminarlar va kengashlar shu jumladan xalqaro seminar va kengashlar o’tkazish hamda ularning ishida qatnashish;
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham egadir;
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi statistika sohasidagi yagona siyosatning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
15 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi xodimlari “Davlat statistikasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini buzganlik uchun, shuningdek statistika ma’lumotlarini yashirganlik va buzib ko’rsatganlik uchun, yohud mazkur qonun buzilishlariga ko’maklashganlik uchun qonunga muvofiq ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi.
V. Faoliyatini tashkil etish
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasiga rais rahbarlik qiladi. Rais respublika Hukumatining taqdimnomasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Rais lavozimiga kasb va texnik malakasi asosida uch yil muddatga tayinlanadi hamda, u o’zining kasbga nomuvofiqligi sababli belgilangan muddatdan oldin lavozimdan ozod etilishi mumkin;
Raisning O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan to’rt nafar o’rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o’rinbosari bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi raisi maqomiga ko’ra vazirga, raisning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari tegishli ravishda vazirning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlariga tenglashtiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi raisi O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi va uning funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi raisi
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi faoliyatiga rahbarlik
qiladi:
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining tarkibiy bo’limlari to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Davlat statistika organlari xodimlariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi va ularning mehnatini rag’batlantirish tizimini shakllantiradi, yuqori malaka uchun ustamalar belgilaydi;
Zarur bo’lganda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tizilmasiga shrhtatdagi xodimlarning tasdiqlangan soni va statistika ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag’lar doirasida o’zgartirishlar kiritadi.
Qoraqolpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari rahbarlarini tegishli ravishda Qoraqolpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari taqdimnomasiga ko’ra belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qiladi;
dasturlar bo’yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga muvofiq moliyaviy va moddiy-texnikaresurslarini taqsimlaydi;
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi barcha organlari va bo’limlari tomonidan bajarilashi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi;
statistika organlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ularni zamonaviylashtirish hamda zamonaviy kompьyuterlar va axborot kommunikasiya tizimlari va texnologiyalari bilan qayta jihozlash chora tadbirlarini ko’radi;
qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hamda xalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa davlatlar iqtisodiyot idoralari bilan statistika metadologiyasini va amaliyotini takomillashtirish masalalari bo’yicha shartnomalar tuzadi, o’ziga yuklangan vazifalar doirasida xalqaro va xorijiy statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari doirasida o’ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun amaldagi qonun xujjatlari doirasida boshqa barcha zarur chora-tadbirlarni ko’radi;
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasida 7 kishidan iborat Hay’at tuziladi. Hay’at tarkibi belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hay’at davlat statistikasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini, shuningdek, davlat statistika organlari faoliyatining boshqa masalalarini ko’rib chiqadi.
Hay’at qarorlari protakollar bilan rasmiylashtiriladi va O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi huzurida davlat hokimyati organlari, ishbilarmon doiralar, ilmiy jamoatchilik, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat tarkibda davlat statistikasini rivojlantirish, faoliyatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, statistika metadologiyasini takomillashtirish va foydalanuvchilarning rasmiy statistika axborotiga bo’lgan ehtiyojini hisobga olish muammolari bo’yicha kollegial maslahat organi hisoblanadigan Statistika kengashi tashkil etiladi.
Statistika kengashi faoliyatining tashkiliy-texnik ta’minoti O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Statistika kengashining shaxsiy tarkibi respublika Hukumati taqdimnomasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi huzurida yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi tashkil etiladi.
VI. Mol-mulki va xo’jalik faoliyati
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining mol-mulkini asosiy vositalar va aylanma mablag’lar, shuningdek, qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasini mablag’ bilan ta’minlash va uning moddiy-texnika ta’minoti Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat byudjeti mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan qo’shimcha statistika ishlariga haq to’lash buyurtmachilar mablag’lari hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi o’z faoliyatini har yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Statistika ishlarini bajarish davlat buyurtmasiga, shuningdek, mahsulotlar, ishlar va xizmatlardan foydalanuvchilar bilan tuzilgan sharnomalarga muvofiq tashkil qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi o’z ishlari natijalarining tezkor va bexgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.
1985 yili bir yo’la qabul qilingan mehnat statistikasi to’g’risidagi 170-sonli tavsiyalar, ularga amal qilinishi konvensiyalardan farqli o’laroq, XMTga a’zo mamlakatlar fikriga bog’liq bo’ladi, statistik ma’lumotlarni yuqorida aytib o’tilgan bo’limlar bo’yicha to’plash va ularga ishlov berish hamda imkoni boricha iqtisodiy faoliyatning asosiy tarmoqlarini qamrab olgan holda mehnat unumdorligi to’g’risida statistik ma’lumotlarni ishlab chiqish va to’plashga oid amaliy tavsiyalar aks ettirilgan.
XMB tomonidan XMTga a’zo mamlakatlardan olingan ma’lumotlar mehnat masalalari bo’yicha oylik jurnalda (“International Labour Keview”), mehnat statistikasiga oid choraklik byulletenda (“Bulletin of Labour Statistics”), shuningdek, mehnat statistikasi bo’yicha yillik to’plamda (“Yearbook of Labour Statistics”) ingliz, fransuz va ispan tillarida e’lon qilinadi. XMT «Mehnat statistikasi» yillik to’plamining 1935 yildan buyon har chorakda chiqayotgan byulleteni 1962 yildan beri chop etilmoqda.
1985 yili qabul qilingan «Mehnat statistikasi to’g’risida»gi 160-sonli konvensiyaga ko’ra, XMT Konvensiyani ratifikasiya qiladigan barcha a’zo mamlakatlari mehnat to’g’risidagi asosiy statistik ma’lumotlarni quyidagi bo’limlar bo’yicha muntazam to’plab va e’lon qilib borishlari kerak:
iqtisodiy faol aholi, bandlik, ishsizlik va oshkora noto’liq bandlik (yilda kamida bir marta to’planishi va jins yoki guruhlari hamda iqtisodiy faoliyat tarmoqlari bo’yicha tasniflanishi kerak);
iqtisodiy faol aholining tarkibiy tuzilishi va taqsimlanishi (o’n yilda kamida bir marta to’planishi va turli ijtimoiy-iqtisodiy belgilar (jins, yosh guruhlari, kasbiy guruhlar yoki malaka darajalari, iqtisodiy faoliyat tarmoqlari,
bandlik maqomi bo’yicha ham, shu mamlakatning ma’muriy-huquqiy bo’linishidan kelib chiqib, hududlari bo’yicha ham tasniflanishi kerak);
o’rtacha ish haqi va ish vaqtining o’rtacha davomiyligi, ish haqining vaqtbay haq to’lash stavkalari va ish vaqtini normal davomiyligi (yilda kamida bir marotaba to’planib borishi lozim);
ish haqi tuzilmasi va taqsimlanishi haqida ma’lumot muntazam vaqt oraliqlarida to’planib o’rganiladi;
ishchi kuchi qiymati, uning miqdori va tarkibi haqida;
iste’mol baho indeksi, aholi asosiy guruhi va butun aholi bo’yicha iste’mol tovar va xizmatlari alohida yiriklashtirilgan guruhlar bo’yicha e’lon qilinishi kerak;
uy xo’jaliklari xarajatlari va daromadlari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlanishi kerak;
ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasbiy kasalliklar haqida ma’lumotlar yilda kamida bir marta to’planishi kerak;
mehnat nizolari bilan bog’liq bo’lgan ish tashlashlar va boshqalar bo’yicha yilda kamida bir marta ma’lumot to’planishi kerak va boshqalar.
«Mehnat statistikasi» ko’rsatkichlari tizimi
Mehnat va mehnat munosabatlari sohasida sodir bo’layotgan hodisa va jarayonlarni o’rganish ularning miqdoriy tavsifini ifodalash imkonini beradigan, o’zaro bog’langan ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi ko’magida amalga oshiriladi. Bu tizim iqtisodiy faoliyat jarayonida shu faoliyat ishtirokchilari va eng avvalo ish beruvchi va yollanma ishchilar o’rtasida mavjud bo’lgan o’zaro haqiqiy aloqalarni aks ettiradi.
XMT tomonidan ishlab chiqilgan «Mehnat statistikasi» bo’yicha zamonaviy xalqaro tavsiyalar Xalqaro «Mehnat statistikasi» ko’rsatkichlarini hisoblashning uslubiy asosi hisoblanadi. Xalqaro «Mehnat statistikasi» ko’rsatkichlari ifodalanadigan o’lchov birliklari turiga ko’ra, uning ko’rsatkichlari tizimi o’ziga natural qiymat hamda mehnat ko’rsatkichlarini qamrab oladi.
Natural ko’rsatkichlarga shu hodisaning kattaligi (miqdori)ni ifodalaydigan va natural o’lchov birliklarida ifodalangan ko’rsatkichlar (masalan, ish vaqti birligiga aniq mahsulot turlarining ishlab chiqarilishi, bandlar va ishsizlar soni va h.k.) kiritiladi.
Qiymat ko’rsatkichlariga pul ifodasi ko’rsatkichlari (masalan, ishsizlik nafaqalarining o’rtacha miqdori ish vaqti fondi, milliy mehnat unumdorligining darajasi va h.k.) kiritiladi. Mehnat ko’rsatkichlari ish vaqti birliklarida (masalan, kishiG’soat, kishiG’ kun, o’rtacha yildagi xodimlar) ifodalanadi.
Xalqaro «Mehnat statistikasi» ko’rsatkichlari tizimi qator kichik tizimlardan tarkib topadi. Ularning har biri mehnat va mehnat munosabatlari sohasida sodir bo’layotgan hodisa hamda jarayonlarning ma’lum sifatini ifodalaydigan mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlardan iborat bo’ladi.
Xalqaro «Mehnat statistikasi» ko’rsatkichlari tizimining asosiy bo’limlariga quyidagilar kiritiladi:
har qanday mamlakat mehnat potensialini shakllantirish bazasi sifatida aholi statistikasi ko’rsatkichlari (aholi soni va tarkibi ko’rsatkichlari; mehnat yuklamasi ko’rsatkichlari; aholi va ishchi kuchining tabiiy va migrasiya harakati ko’rsatkichlari);
iqtisodiy faol aholi, bandlik, ishsizlik va iqtisodiyotning ishsizlikdan yo’qotish ko’rsatkichlari;
ishchi kuchi taklifi, unga talab va mehnat bozori kon’yunkturasi ko’rsatkichlari;
noto’siq (qisman) bandlik, iqtisodiyotning noto’siq bandlikdan yo’qotishlar va norasmiy sektordagi bandlik ko’rsatkichlari;
ish vaqtining davomiyligi va undan foydalanish ko’rsatkichlari;
ishchi kuchi qiymati;
mehnatga haq to’lash ko’rsatkichlari (ish haqi, mehnat bo’yicha boshqa daromadlar, nominal va haqiqiy ish haqi);
mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari (mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasi; omillarning mehnat unumdorligi darajasiga ta’sirini baholash; mehnat unumdorligi darajasini xalqaro qiyoslash);
aholi va ishchi kuchi mehnat (ijtimoiy, kasbiy va hududiy) mobilligi statistikasi ko’rsatkichlari;
ishchi kuchining turmush shart-sharoitlari ko’rsatkichlari (aholining haqiqiy va nominal daromadlari; xarajat va jamg’armalari; moddiy boylik va xizmatlar iste’moli ko’rsatkichlari; chakana tovar aylanishi ko’rsatkichlari; turar joy va uzoq foydalaniladigan ashyolar bilan ta’minlaganlik ko’rsatkichlari; ishlab chiqarishda jarohatlanish, kasbiy kasallanish, mehnat nizolari ko’rsatkichlari; bo’sh vaqt ko’rsatkichlari.
Xalqaro «Mehnat statistikasi» ko’rsatkichlari tizimini tuzishda guruhlash usulidan keng foydalaniladi. Bulardan statistik tahlil uchun eng muhimlari quyidagilar hisoblanadi:
mehnatga layoqatlilik yoshi bo’yicha guruh, BMT Statistika komissiyasi tavsiya etgan;
hududiy guruh - mamlakatlarni qit’alar (Evropa, Osiyo, SHimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va Okeaniya) hamda mamlakatlar birlashmalari bo’yicha (Evropa Ittifoqi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti, Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi) va boshqalar bo’yicha xalqaro darajada guruhlash. Alohida mamlakatlar darajasida hududiy guruhlash asosida ma’muriy-hududiy bo’lishish yotadi (masalan, AQSH 50 shtat va 1 federal okrugi; YAponiya - 44 prefektura, 1 poytaxt okrugi va 2 shahar prefekturasiga; Xitoy - 22 muzofot (Tayvansiz), 5 muxtor tuman, 3 markazga bo’ysunadigan shaharchaga ajraladi va h.k.). O’zbekiston 12 viloyat, Qoraqolpog’iston Avtonom Respublikasi va 1ta poytaxt shahardan iborat.
Bundan tashqari, «Mehnat statistikasi»ning barcha ko’rsatkichlari shahar va qishloq aholisi uchun alohida-alohida hisoblanadi;
Достарыңызбен бөлісу: |