О. К. Иминов tdiu "Statistika" kafedrasi dotsenti, I f. n. M. Ya. Azimov



бет5/13
Дата06.03.2020
өлшемі316.79 Kb.
#448101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mehnat statistikasi. Акбарова З. Ў-қ 2006.


Iqtisodiy faol aholi

Mehnat bozori elementlari va uni statistik o’rganish imkoniyatlari to’g’risida yuqorida bayon etilgan tasavvurlar statistik amaliyotda muvofiq keluvchi statistik tushuncha va toifalar to’plamidan foydalanishni belgilab berdi.

Ishchi kuchining tarkibiy tuzilishini statistik tahlil qilish, mehnat bozoridagi talab va taklifni bashorat qilish hamda mehnat bo’yicha ma’lumotlarni xalqaro qiyoslashda XV mehnat statistiklari Xalqaro konferensiyasi qabul qilgan «Bandlik maqomining xalqaro tasnifi» (inglizcha versiyasi ICSE - 93, o’zbekcha versiyasi BMXT - 93) muhim ahamiyat kasb etadi. Aytib o’tilgan klassifikatordan foydalanish statistik amaliyotga bandlik turlari bo’yicha iqtisodiy faol aholining quyidagi toifalarini kiritishni nazarda tutadi.

Iqtisodiy faol aholi - tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun (bunga tovarlarni bozor, barter va shaxsiy iste’mol uchun ishlab chiqarish ham kiritiladi) o’z mehnatini taklif qiladigan har ikkala jinsga mansub shaxslardir. Xalqaro





standartlarga ko’ra, iqtisodiy faol aholiga band bo’lgan barcha aholi va ishsizlar kiritiladi. Bunda aholi harbiy xizmatchilar ham qo’shilgan holda iqtisodiy faol aholi va faqat fuqarolardan iborat iqtisodiy faol aholiga (ya’ni harbiy xizmatchilarsiz) ajratiladi.

Ko’pincha “iqtisodiy faol aholi” tushunchasi o’rnida “ishchi kuchi” va “mehnat resurslari” tushunchalari ishlatiladi. Ammo shuni nazarda tutish kerakki, “mehnat resurslari” toifasi yuqorida aytilgan toifalardan faqat “bandlar” va “ishsizlar”nigina emas, balki mehnatga layoqatli aholining mehnatga layoqatli yoshdagi o’quvchilar, uy bekalari, har xil sabablarga ko’ra iqtisodiy faol aholi hisoblanmaydigan mehnatga layoqatli boshqa shaxslarni qamrab olishi tufayli farqlanadi.

BMXT - 93 alohida shaxslarni haqiqiy yoki potensial bandlikka ko’ra tasniflaydi. Bunda band bo’lgan shaxslar maqomini ular haqiqiy bajarayotgan ishlari asosida, ishsizlarnikini esa ular oxirgi bajargan ishlari (agar ular ishlagan bo’lsalar) yoki ular izlayotgan ish turi asosida aniqlash kerak bo’ladi.

Quyidagi guruhlarni farqlash tavsiya etiladi:



  1. Y Ollanma xodimlar.

  2. Ish beruvchilar.

  3. O’z hisobiga ishlaydigan shaxslar.

  4. Ishlab chiqarish shirkatlari a’zolari.

  5. YOrdam beruvchi oila a’zolari.

  6. Maqom bo’yicha tasniflanmaydigan xodimlar.

YOllanma xodimlar. Ishlovchilarning eng ko’p sonli guruhi bo’lib, u mehnat shart-sharoitlari va unga haq to’lash to’g’risida har qanday mulkchilik shaklidagi korxonalar yoki alohida shaxs bilan mehnat shartnomasi (kontrakt, bitim) tuzgan shaxslarni o’z ichiga oladi.

Bu guruhni tashkil etuvchilar sifatida BMXT - 93 quyidagi kichik guruhlarni ajratadi:



  • muddati qat’iy belgilangan doimiy yollanma ishchilar;

  • muddatsiz mehnat bitimiga ega doimiy yollanma ishchilar;

  • tasodifiy xodimlar;

  • qisqa davrga qabul qilingan xodimlar;

  • mavsumiy xodimlar;

  • kasanachilar;

  • pudratchilar;

  • bir korxona bilan mehnat shartnomasiga ega bo’lgan, ammo ishni boshqa korxonada bajaradigan xodimlar;

  • artel a’zolari, (bular qatoriga butun guruhi bilan ishga qabul qilinadigan, bunda yollayotgan tashkilot shartnomani har bir alohida xodim bilan emas, balki artel rahbari yoki vositachi bilan tuzadigan guruh xodimlari kiritiladi).

Ish beruvchilar. Bu guruhga mustaqil yoki bir yoki bir necha sheriklar bilan birga ishlab, doimo “yollanma ishchi” sifatida bir yoki bir necha xodimlarni yollaydigan xodimlar kiritiladi.




Iqtisodiyot tarmoqlarit

a band bo’lgan aholi soni




Ming kishi

Jamiga nisbatan %da




2003 y.

2004 y.

2003 y.

2004 y.

Jami iqtisodiyotda band bo’lganlar

9589,0

9910,6

100

100

SHu jumladan tarmoqlarda:













Sanoat

1223,3

1283,9

12,8

13,0

qishloq va o’rmon xo’jaligi

3063,0

3067,6

31,9

31,0

qurilish

763,3

808,1

8,0

8,2

Transport va aloqa

432,8

461,0

4,5

4,6

Savdo, umumiy ovqatlanish, tayyorlov idoralarida

815,0

857,6

8,5

8,7

Uy joy komunal va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish

285,4

301,1

3,0

3,0

Sog’lio’ni saqlash, sport va ijtimoiy ta’minot sohalarida

654,4

689,0

6,8

6,9

Ta’lim, ma’daniyat san’at, fan va ilm sohalarida

1257,4

1321,0

13,1

13,3

Moliya, kredit va sug’urta

50,4

52,8

0,5

0,5

Boshqa tarmoqlar

1044,0

1068,5

10,9

10,8


Manba: O’zbekiston iqtisodiyoti.Tahliliy sharx 2004 yil. №8 mart 2005.


Band aholi - iqtisodiy faol aholining bir qismi bo’lib:

- ish xaqi yoki daromadning boshqa turi uchun yollanma ishni (bir soat bo’lsa ham) bajargan yoki korxona bilan rasmiy aloqani saqlab qolgan;







  • oilaviy korxonada haq olmay ish (bir soat bo’lsa ham) bajargan;

  • kasallik, mehnat ta’tili (homiladorlik va tug’ish hamda bolaga qarash bo’yicha ta’tillarni ham qo’shgan holda), ish tashlashlar, ob-havo shart-sharoitlari va shu kabilar tufayli ishda vaqtincha yo’q bo’lgan, ammo ular yo’qligida ularga ish haqi yozilgan - yozilmaganligi va ular bu vaqtda yangi ish izlagan - izlamaganliklaridan qat’inazar, korxona bilan rasmiy aloqani saqlab qolgan bo’ladi.

SHunday qilib, bandlar sonida: davlat korxona va tashkilotlarida; barcha turdagi shirkatlarda; xususiy korxonalar va aralash mulkchilik shaklidagi korxonalarda; fermer xo’jaliklarida ishlab turgan, shuningdek, o’z yordamchi xo’jaligida va ayrim shaxslarda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band bo’lgan shaxslar hisobga olinadi.

Ishsizlar - mamlakat milliy qonunchiligida mehnatga layoqatli yoshning quyi chegarasi sifatida qabul qilingan ma’lum yoshga etgan, ko’rib chiqilayotgan davrda:



  • ishga (daromadli mashg’ulotga) ega bo’lmagan;

  • darhol yoki milliy qonunchilikda belgilangan davr mobaynida ishga kirishishga tayyor bo’lgan;

  • ish izlab yurgan shaxslardir.

Quyidagilar ish izlashning haqiqiy belgilari hisoblanadi: davlat va xususiy ishga joylashtirish byurosida ro’yxatdan o’tish; ish beruvchilar, korxonalar ma’muriyatiga bevosita murojaat qilish; matbuotda e’lon berish; shaxsiy aloqa va shu kabilardan foydalanish, shuningdek, o’z ishini tashkil etish (lisenziya olish, er, bino, mashina, asbob-uskunalar va boshqalarni olish)ga urinishlar.

Ishsizlar toifasiga kiritishda yuqorida keltirilgan uchta mezonning hammasiga rioya qilinishi kerak. Mehnat bozorining infratuzilmasi rivojlanmagan holatlarda, dastlabki ikki mezon bilan chegaralaniladi. Ish izlayotgan va ishga tushishga tayyor bo’lgan o’quvchilar, talabalar, nafaqaxo’r va nogironlar, agar ular ishsizlar umumiy sonini aniqlashda hisobga olingan bo’lsa, imkoni boricha alohida ajratiladi.

Iqtisodiy nofaol aholi - ishchi kuchi tarkibiga, ya’ni bandlar va ishsizlar qatoriga kirmaydigan, tekshirilayotgan yoshdagi aholi. Aholining bu guruhiga: bolalar, o’quvchilar, uy bekalari, ishlamayotgan nafaqaxo’rlar va turli sabablarga ko’ra ishlamayotgan aholi kiritiladi.

Xalqaro standartlarda “iqtisodiy faol aholi” atamasi uni aniqlovchi ikki o’lchovni - bu, odatda, faol aholi, vaqtiga ko’ra davomli davrga (qoidaga ko’ra, yilga) tatbiqan va joriy faol aholi yoki aynan, ishchi kuchi, qisqa vaqt bo’lagiga (kun yoki haftaga) tatbiqan nazarda tutuvchi o’xshash tushuncha sifatida ishlatiladi.

Turli mamlakatlarda iqtisodiy faol aholi sonini aniqlashda uning tarkibida quyidagi guruhlarni hisobga olish munosabatida farqlar bor: harbiy xizmatchilar; davlat muassasalarida saqlanayotgan shaxslar (masalan, qamalganlar); rezervasiyalarda yashovchi shaxslar; birinchi bor ish izlayotgan shaxslar;





mavsumiy ishchilar va noto’liq ish vaqtida iqtisodiy faoliyat bilan band bo’lgan shaxslar. Ayrim mamlakatlarda bu guruhlarning hammasi yoki ma’lum qismi iqtisodiy faol aholi toifasiga kiritiladi, boshqa mamlakatlarda esa ular nofaol tariqasida talqin qilinadi. Ammo odatda iqtisodiy faol aholi to’g’risidagi ma’lumotlarga: talabalar, uy ishi bilan band bo’lgan ayollar; pensionerlar; to’liq o’z mablag’lari hisobiga yashovchi shaxslar; to’la boshqalarga qaram shaxslar kiritilmaydi. Qamalganlar, qoidaga ko’ra, ular iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishlaridan qat’inazar bandlar va ishsizlar tarkibiga kiritilmaydi.

Iqtisodiy faol aholini ta’riflash maqsadida guruhlash usulidan keng foydalaniladi. Bu guruhlarni shartli tarzda ikki turga: umumdemografik va ijtimoiy - iqtisodiy turlarga ajratish mumkin.

Umumdemografik guruhlar faqat iqtisodiy faol aholigagina emas, balki butun aholiga taalluqlidir. Ularga quyidagilar kiradi:


  1. jins va yosh bo’yicha guruhlash;

  2. hududiy guruhlash (turar joy bo’yicha), har bir mamlakatning ma’muriy - hududiy bo’linishi asosida amalga oshiriladi;

v) shahar va qishloq aholisiga guruhlash, har bir mamlakatda amalda bo’lgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi;

g) oilaviy ahvolga ko’ra guruhlash (nikohda turganlar, bo’ydoqlar, ajralganlar, bevalar);



  1. oila a’zolari soni bo’yicha guruhlash;

  2. millati va ona tili bo’yicha guruhlash (har bir kishining o’z fikri asosida);

j) fuqarolik bo’yicha guruhlash (mazkur shaxs qaysi davlat fuqarosi

hisoblanadi);

z) ma’lumoti darajasiga ko’ra guruhlash (shu mamlakatda qaror topgan ta’lim tizimiga muvofiq);

i) yashash uchun zarur mablag’lar manbalari bo’yicha guruhlash (mashg’ulotlardan daromadlar; pensiyalar; nafaqalar; stipendiyalar; sarmoyadan daromadlar; foizlar; dividentlar; ijaraga berish; ayrim shaxslar boqimandalari; jamoalar boqimandalari; davlat boqimandalari).

Ijtimoiy - iqtisodiy guruhlar bevosita iqtisodiy faol aholiga taalluqli bo’lib, uning iqtisodiy faoliyatdagi o’rnini ifodalaydi. Bularga eng avvalo, sinflar va ijtimoiy guruhlar bo’yicha guruhlash kiradi, bu usul ilgarilari sobiq sosialistik mamlakatlar statistikasida qo’llanilgan. Hozirgi kunda 4-bandlik maqomining xalqaro tasnifi bazasida amalga oshiriladigan bandlikdagi holati bilan almashtirilgan.

Iqtisodiy faol aholi, bandlar va ishsizlar soni to’g’risidagi ma’lumotlar asosida iqtisodiy faollik, bandlik va ishsizlikning muvofiq keluvchi koeffisientlari alohida jins va yosh guruhlari bo’yicha ham, butun aholi uchun aniqlanadi. Bunda bandlik va ishsizlik koeffisientlarini quyidagi kategoriyalarga nisbatan hisoblab chiqish mumkin:



  1. aholining umumiy soniga;

  2. iqtisodiy faol aholi soniga.




Mehnat bo’limlarida qayd etilgan ishsizlar (yi

oxiriga ming kishi)




2003 y.

2004 y.

Mehnat bo’limlarida qayd etilgan ishsizlar

32,2

34,9

Bulardan ishsizlik badalini oluvchilar

17,9

19,5

Ishsizlik darajasi, % da

0,3

0,4

Mehnat bilan ta’minlangan aholi

317,4

323,7


Manba: O’zbekiston iqtisodiyoti.Tahliliy sharx 2004 yil. №8 mart 2005.





Ishsizlikning iqtisodiyotga salbiy ta’sirini ifodalashda milliy iqtisodiyotning ishsizlikdan yo’qotishlarini aniqlash juda muhim hisoblanadi. Bu yo’qotishlar ikki xil bo’ladi: birinchidan, davlat amalda bo’lib turgan mehnat to’g’risidagi qonunlarga ko’ra, ishsizlarning muayyan qismiga ishsizlik nafaqalarini to’lashga majbur, ikkinchidan, ishsizlar ishlab chiqarishda ishtirok etmayotganliklari tufayli davlat milliy mahsulot va milliy daromadning ma’lum qismini yo’qotadi. Birinchi tur yo’qotishlarini to’langan ishsizlik nafaqalari summasi sifatida aniqlash mumkin. Ikkinchi turdagi yo’qotishlarni ishsizlarning yillik o’rtacha sonini xodimning milliy daromadi yoki mahsulot bo’yicha hisoblangan yillik o’rtacha mehnat unumdorligiga ko’paytmasi sifatida aniqlash mumkin. Bu hisob-kitob quyidagi formula bo’yicha amalga oshiriladi:


Р


YAIM(MD)


YAIM(MD)


S






ish s


band


л


Bunda: YAIM (MD) - o’rganilayotgan davrda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning qiymati;

Sband va Sish s - o’rganilayotgan davrdagi bandlar va ishsizlarning o’rtacha

soni.


  1. Mikrodarajada band bo’lganlarni satistik o’rganish

Korxona xodimlari soni haqida ma’lumot korxona mehnat hisobotida aks ettiriladi. Korxona xodimlari sonining birlamchi hisoboti ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish buyruqlaridan boshlanadi va korxona xodimlarini kunlik ro’yxatdagi soniga kiritiladi. Hamma xodimlar kategoriyalari, doimiy, vaqtincha, mavsumiy ishga qabul etilgan asosiy yoki yordamchi ish faoliyatiga qaramasdan, korxona tarkibida alohida shtatdagi xodimlardan tashqari o’rindoshlik bo’yicha ishlovchilar (sovmestitellarning) hisobi ham yuritiladi.

Ro’yxatdagi xodimlar soniga ishga qabul qilish haqida buyruq chiqqan kundan boshlab, to ishdan bo’shatish haqida buyruq chiqquncha ro’yxatda bo’lganlar kiritiladi.

Doimiy xodimlar soniga ishga qabul qilish buyrug’ida muddati ko’rsatilmagan hodimlar kiritiladi.

Vaqtincha xodimlar soniga ikki oy muddatgacha yoki vaqtincha ishlamayotgan xodimlar o’rniga ishlashga 4 oygacha qabul qilinganlar kiritiladi.

Mavsumiy xodimlarga olti oygacha mavsumiy ish bajarish uchun qabul qilinganlar kiritildi.

Kalendar ish kuni ro’yxatdagi xodimlar soniga shu kuni haqiqiy ishlaganlar va turli xil sabablarga ko’ra ishlamaganlar kiritiladi:



  • xizmat safarida bo’lganlar;

  • navbatdagi va qo’shimcha ta’tilda bo’lganlar;





  • davlat va ijtimoiy majburiyatlami bajarish bilan band bo’lganlar; oilaviy sabablarga ko’ra:

  • sog’lig’i tufayli; ma’muriyat ruxsati bilan:

  • ishga chaqirish bo’yicha dam olayotganlar; o’z hisobidan ta’til:

  • korxona bo’sh turishi tufayli;

  • ikki yoshgacha bola tarbiyasi ta’tili; dekret ta’tili;

  • to’la ish haftasi bo’yicha ishlamaslik sharti bilan ishga qabul qilinganlar;

  • o’quv ta’tilini o’tayotgan sirtqi talabalar va h.k.

Ro’yxatdagi xodimlar soniga quyidagilar kiritilmaydi:

  • bir marotabalik ish bajarish uchunjalb etilganlar;

  • asosiy ish faoliyati boshqa korxonada qo’shimcha faoliyat ko’rsatayotganlar;

  • ish haqini saqlab qolmaslik sharti bilan boshqa korxonaga vaqtincha ishga yuborilganlar;

  • ishdan ajralgan holda o’qishga yuborilganlar (korxona hisobidan stipendiya oluvchilar).

Ro’yxatdagi xodimlar soni fursatli ko’rsatkichlardir, chunki har kuni ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish sababli, ularning soni o’zgarib turadi. Turli xil iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash maqsadida o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar soni, o’rtacha ishga kelganlar soni, o’rtacha haqiqiy iqtisodiy ishlaganlar soni hisoblanadi:

, , , . ishga kelganlar + ishga kelmaganlar soni

О rtacharo yxatdagixodimlarsoni=—

kalendar kunlar

O’rtacha ro’yxatdagi xodimlar sonini hisoblashda kalendar kunlaridagi ro’yxatdagi xodimlar sonining yig’indisi (ishlamagan kunlardagi xodimlar soni bir kun oldingi kundagi ro’yxatdagi xodimlar soni hisoblanadi), kalendar kunlar yig’indisiga bo’linadi.

O’rtacha ishga kelganlar sonini hisoblashda, haqiqiy ishlagan kishi kunlar yig’indisi ish kunlariga bo’linadi.

Ishga kelgan va haqiqiy ishlaganlar orasidagi farq odatda korxonaning aybi bilan, ya’ni: xomashyo, elektr energiya bilan xullas, ish bilan ta’minlab bermasligi sababli bo’lib, u kun davomida yoki ayrim ish soatlarida bo’lishi mumkin.

Bu ko’rsatkichlarni hisoblashni quyidagi misolda ko’rib chiqamiz Avgust 1-dekadasida korxona xodimlari haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan (kishi hisobida).






Oy kunlari

Ro ’yxatda bo ’lg anlar soni

Ishga kelganlar soni

Kun mobaynida bo’sh turganlar

1

320

295

2

2

322

304

-

3

321

311

-

4

323

312

-

5

325

320

9

dam olish kuni

6

323

302

-

7

328

314

5

8

323

320

4

9

320

312

-


Aniqlaymiz:

O'rtacharo'yxatdagixodimlar soni =

3230


320 + 322 + 321 + 323 + 325*2 + 323 + 328 + 323 + 320
10



10


■ = 323 kishi



Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет