1-Ilova
Asosiy adabiyotlar ro’yhati
Karimov I.A. Tanlangan asarlar to’plami. 1-4 tomlar.
O’zbekiston «Davlat statistikasi haqida»gi Qonuni. 2002 yil, dekabrb.
«O’zbekiston Davlat statistika qo’mitasi faoliyatini tashkil etish haqida»gi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil yanvarb oyi, 8-son Qarori.
O’zbekiston hisob va statistikasini xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o’tkazish xaqida Davlat dasturi. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 avgust 433-son Qarori.
Akbarova Z. Mehnat bozori statistikasi. O’quv qo’llanma. - T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent, 2004.
Под ред. С.ДИльенковой. Микроэкономическaя стaтистикa. Учебник. - М., 2004 г.
Микроэкономическaя CTaTHCTMKa. Под ред. Ильиновой С.Д. - Учебник, М: «Фишнсу и стaтистикa» 2004 г. 585-бет
Aдaмов В.Е. Стaтистикa промушленности. Учебник, М: «Фишнсу и CTaracTrna», 1997. 387-бет.
Nabiev XN. Sanoat statistikasi. O’kuv qo’llanma T. TDIU. 2003 y, 105-bet.
Сaлин В.И. и др. Социaльно-экономическaя стaтистикa. Учебник. М: «Юрист» 2002 г, 384-бет
Промышленность Узбекистaнa. ^^сборник, Т.2005 г.-100 бет.
Бaшкaтов Б.И., Кaрпухинa Г.Ю. Междунaроднaя стaтистикa трудa. Учебник. - М.: Дело и Сервис, 2001.
Сиденко А.В., Бaшкaтов Б.И., Мaтaевa В.М. Междунaроднaя стaтистикa. Учебник - М: Дело и Сервис, 1999.
2-Ilova
«Miya janggi» qoidalari
O’zaro baholash va tanqidga yo’l qo’ymaslik;
Aytilgan g’oyalami baholashdan voz kechish, agar ular fantastik va bo’lishi mumkin bo’lmasa ham- hammasiga ruxsat etiladi.
Tanqil qilma - barcha aytilgan fikrlar qimmatbaho.
So’zga chiquvchini gapini bo’lma!
Maqsad yuksak maqsadga erishish!
Qancha ko’p fikr bildirilsa, shuncha yaxshi: yangi va qimmatbaho g’oyalar chiqishi ehtimoli kattaroq.
Fikrlar qaytarilsa ham, hafa bo’lma, hayron ham bo’lma.
Fikrlash doirasini «qaynashiga» ruxsat ber.
O’ylagan fikringni, u to’g’ri kelmasa ham, albatta ayt.
Bu muammo faqat ma’lum usullarni qo’llab echiladi, deb o’ylama.
№
|
Ko’rsatkichlar
|
Kasrda
|
surat
|
maxraj
|
1
|
Mehnat unumdorligining natura shaklidagi ko’rsatkichlari
|
Mahsulotni natura shaklidagi birliklarida chiqarish
|
Mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflari, vaqt birliklarida
|
2
|
Mehnat unumdorligining shartli-natura shaklidagi ko’rsatkichlari
|
Mahsulotni shartli-natura shakli birliklarida chiqarish
|
Mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflari, vaqt birliklarida
|
3
|
Mehnat unumdorligining qiymat ko’rsatkichlari
|
|
|
А
|
YAlpi mehnat unumdorligi
|
YAlp i qo’shilgan qiy mat, mahsulotni y alp i ishlab chiqarish
|
Mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflari, vaqt birliklarida
|
V
|
Sof mehnat unumdorligi
|
Sof qo’shilgan qiymat, sof mahsulot
|
Mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflari, vaqt birligida
|
S
|
Integral mehnat sarflari
|
YAlp i qo’shilgan qiy mat, y alp i mahsulot chiqarish
|
Ishlab chiqarishning vaqt birligida ifodalangan barcha omillari
|
D
|
Global mehnat unumdorligi
|
YAlp i qo’shilgan qiy mat, y alp i mahsulot chiqarish
|
Ishlab chiqarishning pul ifodasidagi barcha omillari
|
E
|
T otal mehnat unumdorligi
|
Sof qo’shilgan qiymat, sof mahsulot
|
Pul ifodasidagi mehnat va doimiy kapital
|
F
|
Mehnat sarfi birligiga haqiqiy daromadlar
|
YAlpi ichki mahsulot (sof mahsulot)
|
Vaqt birliklaridagi mehnat sarflari
|
Indekslar orasidagi bog’liqlik
4-ilova
Xodisalar orasidagi bog’liqlik
q x p =
mahsulot hajmi baho
Shu bog’liqlik indekslarda ham saqlanib qoladi.
iq x ip
mahsulot hajmi o’zgarishi baho o’zgarishi
q P
qiymat
_ iq p
qiymat o’zgarishi
Mehnat unumdorligini statistik o’rganishning nazariy asoslari
Unumdorlikning statistik ko’rsatkichlari tizimi
Mehnat unumdorligi dinamikasi
Bugungi mavzuimiz mehnat unumdorligi statistikasi bo’lganligi uchun:
Savol: Mehnat unumdorligi deganda nimani tushunasiz?
Javob: Qilingan mehnat hajmi.
Javob: Qilingan mehnat maxsuli.
Javob: Qilingan mehnat unumi.
O’qituvchi javoblarga quyidagicha umumlashtiradi:
Mehnat unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi eng muhim ko’rsatkich hisoblanadi.
«Iqtisodiyot» fani mehnat unumdorligi muammolarini o’rganishni XIX asr oxirida boshlagan. Mehnat unumdorligi - bir ishchiga nisbatan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini natural o’lchov birligidagi ifodasi tarzida amalga oshirila boshlangan. Bu ko’rsatkichlar sanoatning alohida tarkibi jihatidan bir xil (galogen) tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotning eng muhim turlari bo’yicha aniqlangan. So’ngra iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mahsulot ko’rsatkichlari hamda mehnat sarflari hisob-kitobining rivojlanishi mehnat unumdorligini faqat natura ifodasida emas, balki pul ifodasida va faqat sanoatda emas, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida, xizmat ko’rsatish sohasini ham qo’shgan holda hisoblab chiqish imkonini berdi.
Savol: Sizlarni fikringizcha, nima uchun mehnat unumdorligiga alohida etibor berib, alohida mavzu sifatida, boshqa fanlar bilan bir qatorda, statistika ham ahamiyat berilmoqda?
Javob: Mehnat qilingandan so’ng uning natijasini bilash uchun.
Javob: Mehnat unumdorligini yanada oshirish maqsadida.
Javob: Mehnat doim bo’lganligi uchun uni ham o’rganish lozim.
O’qituvchi javoblarga quyidagicha umumlashtiradi:
Bozor munosabatga o’tishning birlamchi maqsadi, aholini talablarini to’laroq qondirib, uning turmush darajasini yuqoriroq pog’onaga ko’tarish. Eng asosiy ko’rsatkich bo’lib, aholini talabini qondirishda mehnat mahsuli hisoblanadi. shu mahsulini oshirishda ikki xil omil ishtirok etadi: ekstensiv omil va intensiv omil.
Ekistensiv omil xarajat omili bo’lib, mehnat hajmini oshish natijasida natijaviy ko’rsatkichni ortishini nazarda tutadi. Bu omil bugungi kunda bozor munosabati sharoitida iloji boricha xarajatni minimallashtirishga qaratilgan bo’lishi lozim.
Intensiv omil - bu mavjud mehnat hajmidan intensivroq foydalanishni nazarda tutadi. SHuning uchun bu eng asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Davlat, rivojlangan davlatlar qatoriga faqat shu payt qo’shiladiki, qachon yaratilgan YAIM ning o’sishining asosiy qismi intensiv omil natijasida, ya’ni, mehnat unumdorligi oshish natijasida erishilgan bo’lsa.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi mehnat unumdorligi darajasini taqqoslash, shuningdek, uning dinamikasini o’rganish ishlari boshlanib ketdi. Dastlabki bosqichlarda unumdorlik mehnat unumdorligi sifatida o’rganildi, keyinchalik mehnat unumdorligini ishlab chiqarishning boshqa omillari unumdorligiga o’xshash xususiy unumdorlik sifatida talqin qiladigan global unumdorlik konsepsiyasi umum qabul qilingan konsepsiyaga aylandi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda milliy hisobchilik tizimining paydo bo’lishi va rivojlanishi unumdorlikni o’rganish sohasidagi ishlarga yangi turtki bo’ldi, chunki bu tizim ma’lumotlari mehnat unumdorligini tarmoq va butun iqtisodiyot darajasida tadqiq qilish imkonini beradi, shuningdek, xalqaro taqqoslashlar uchun asos yaratadi.
Ma’lumki, statistikada mehnat unumdorligi deganda faqat jonli aniq mehnatning unumdorligi tushuniladi. Stastistikada unumdorlikni faqat jonli emas, balki moddiylashgan mehnat sarfini ham hisobga olib o’rganadigan qator ishlar bor. Birinchi bunday yondashuvni S.GStrumilin o’zining 1935 yilda nashr etilgan “SSSR qora metallurgiyasi” asarida asoslab bergan.
Hozirgi kunda iqtisodchilarning aksariyat ko’pchiligi, unumdorlik ishlab chiqarish va jonli mehnat sarflari natijalarining nisbatini, iqtisodiy samaradorlik esa ishlab chiqarish natijalarining jonli va moddiylashgan mehnat sarflariga munosabatini ifodalaydi, deb hisoblaydi. Jonli mehnat sarflari xodimlaming o’rtacha ro’yxatdagi soni yoki ishlangan kishi/kunlari, kishi/soatlari soni ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi.
O’tgan asrning 50-yillar oxirigacha sosialistik davlat statistikasida mehnat unumdorligini hisoblashda ishchilar mehnat sarfigina hisobga olingan. 60-yillardan boshlab, ishlab chiqarish xodimlarining barcha toifalari (sanoatda-sanoatning ishlab chiqarish xodimlari; qishloq xo’jaligida chorvachilik va dehqonchilikda band bo’lgan xodimlar; qurilishda qurilish-montaj ishlarida, yordamchi ishlab chiqarishda band bo’lganlar va ularning mehnat sarflari e’tiborga olina boshladi.
Savol: Sizlarni fikringizcha, mehnat unumdorligi qancha miqdorni tashkil etganligini qanaqa qilib hisoblasa bo’ladi, ya’ni, qanday miqdoriy baholash mumkin?
Javob: Qancha masulot ishlab chiqarilgan bo’lsa.
Javob: Har bir ishchi qancha mahsulot ishlab chiqargani hisoblanadi.
Javob: Yil davomida qancha kishi mehnat qilib qancha mahsulot olganligi taqqoslanadi.
O’qituvchi javoblarga quyidagicha uiminilashtiradi:
Mehnat unumdorligi darajasi qilingan mehnatdan olingan samarani (mahsulot yoki xizmat) baholab berishi lozim. SHuning uchun bu ko’rsatkichni hisoblashda sarf qilingan mehnat-T va natijaviy ko’rsatkich - Q lar nisbati olinadi.
Ishlab chiqarish natijalari ko’rsatkichlari sifatida mahsulotning natura shakli, shartli-natura shakli va qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Mahsulotning natura shaklidagi ko’rsatkichlari bir turli mahsulotning mehnat unumdorligi
|
Sentyabrb
|
Oktyabrb
|
Brigadalar
|
Terilgan paxta, kg
|
O’rtacha terimchilar soni, kishi
|
Terilgan paxta, kg
|
O’rtacha terimchilar soni, kishi
|
|
qo
|
T 1 0
|
4i
|
T
|
1
|
75000
|
50
|
82000
|
62
|
2
|
100000
|
60
|
130000
|
78
|
Mehnat unumdorligi darajalarini.
Har bir birigada va korxona bo’yicha mehnat unumdorligi dinamikasini aniqlang:
Echim: Sentyabr oyida mehnat unumdorlik darajalari:
1 -birigada: W0 = — = 75000 = 1500 kg T0 50
о u • a rr- 4o 100000 лггп , 2-brigada: ll = — = = 1667 kg
Tn 60
Oktyabr oyida:
1 U- • J rr, q, 82000 ,
birigada: II = — = = 1323 kg
Tj 62
n и ■ a rr- 13000° ^ 1
brigada: ll. = — = = 1667 kg
71 78
1
w = -
t ’
t =
1
W
Birinchi nisbatda mehnat unumdorligi darajasi Wqq/T avqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmat hajmini ifodalab, mehnat unumdorligining to’g’ri ko’rsatkichi hisoblanadi. bu ko’rsatkichni hisoblashda sur’atiga ko’ra, mehnat unumdorligi darajasi quyidagilar bo’lishi mumkin:
mehnat unumdorligining natura shaklidagi ko’rsatkichi;
mehnat unumdorligining shartli natura shaklidagi ko’rsatkichi;
v) qiymat ko’rsatkichi;
g) mehnat ko’rsatkichi;
G’arb statistikasida unumdorlik ko’rsatkichlarini hisoblash asosida keng tarqalgan “ishlab chiqarish omillari” konsepsiyasi yotadi. Uning asoschisi J.B. Sey ta’kidlashicha, yollanma mehnat ekspluatasiya qilinmaydi, chunki ishlab chiqarish jarayonida mehnat, kapital va er teng huquqlarda ishtirok etadi. SHuning uchun ishlab chiqarishning har xil omili ko’rsatgan xizmati uchun taqdirlanadi: xodim ish haqi bilan taqdirlanadi; kapital egasi foyda yoki foiz oladi; er egasi-renta oladi.
“Ishlab chiqarish omillari” nazariyasidan uning turli modifikasiyalarida hozirgi kunda ham xalqaro statistikada foydalaniladi. Hozirgi kunda g’arbdagi turli iqtisodchilar fikricha, ishlab chiqarishda ko’p sonli omillar ishtirok etadi. Ular orasida ishchi kuchini ifodalaydigan (xodimlarning malaka darajasi, ishchi kuchining qo’nimsizligi, ish kunining davomiyligi), ishlab chiqarish fondlari (asosiy kapitalning holati, ishlab chiqarish quvvatlarining ish bilan ta’minlanganlik darajasi, energetika quvvatlaridan foydalanish), ishlab chiqarish jarayoni (mahsulot ishlab chiqarish, mahsulot assortimenti va navlari), ishlab chiqarishni tashkil etish (boshqaruvni tashkil etish, mehnat xavfsizligi texnikasi, moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish) va boshqa omillar bor. Ammo ko’pgina omillarni miqdoriy baholab bo’lmaydi.
SHuning uchun iqtisodiy tahlil maqsadlarida ko’pincha jonli mehnat, asosiy kapital (erni ham qo’shib), tadbirkorlik faoliyati (ishlab chiqarishni boshqarish), oraliq iste’mol (iste’mol qilingan mehnat predmetlarining qiymati) kabi omillardan foydalaniladi.G’arb iqtisodchilari “Iqtisodiyot omillari” nazariyasiga tayanib, mehnat unumdorligi kategoriyasiga ishlab chiqarish natijalarining ishlab chiqarish omillari sarflariga nisbati sifatida talqin beradilar. Ular nuqtai nazaridan, mehnat unumdorligi asosiy kapital unumdorligi, oraliq iste’mol unumdorligi va ishlab chiqarishning boshqa omillari bilan birga omillar umumiy unumdorligining xususiy ko’rsatkichi hisoblanadi.
Amaliy hisob-kitoblarda ko’pincha mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari qo’llaniladigan holatni g’arb iqtisodchilari jonli mehnat sarfini o’lchashning oddiyligi bilan izohlaydilar. Bundan tashqari, ular jonli mehnat iqtisodiyotining ko’pgina sohalarida qiymat yaratishning ustuvor omili bo’lganligi va hozir ham shunday ekanligini tan oladilar. Ammo ularning fikricha, iqtisodiyot rivojlanishi bilan ishlab chiqarishning boshqa omillari (kapital va tadbirkorlik faoliyati) roli ortib borishiga ko’ra, jonli mehnatning ahamiyati kamayib boradi.
SHunday qilib, g’arb iqtisodiyoti fani unumdorlik deganda o’z mazmuniga ko’ra, ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichiga yaqin ko’rsatkichni tushunadi. Tabiiyki, iqtisodiy samaradorlik darajasi va dinamikasi barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanishga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarishning barcha omillari teng huquqlarda ishtirok etganliklari uchun ham taqdirlanishida teng huquqqa ega bo’ladi.
Unumdorlikning statistik ko’rsatkichlari tizimi
G’arb statistikasida unumdorlik ko’rsatkichlari tizimi yuqorida ko’rib chiqilgan ishlab chiqarish omillari nazariyasi asosida tashkil etiladi. Bu nazariyaga ko’ra, mehnat unumdorligi unumdorlikning xususiy ko’rsatkichi sifatida qaraladi, chunki sarflangan jonli mehnat faqat ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida qaralib, texnik taraqqiyot rivojlanib borgani sari uning ahamiyati kamayib boradi.
SHunga ko’ra, g’arb iqtisodchilari fikricha, unumdorlik darajasini aniqlash uchun mahsulot hamda uni yaratishda ishtirok etadigan ishlab chiqarish omillarini statistik o’lchash lozim. Ma’lumki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot natura, shartli- natura shaklida va qiymat ko’rsatkichlarida o’lchanishi mumkin. Agar unumdorlik darajasi va dinamikasini aniqlash maqsadida mahsulotning natura yoki shartli- natura shaklidagi ko’rsatkichlaridan foydalanilsa, unda ular faqat jonli mehnat sarfi bilangina taqqoslanadi. Natijada jonli mehnat sarfi birligiga natura yoki shartli- natura shaklida ifodalanadigan, an’anaviy statistikada keng qo’llaniladigan muvofiq keluvchi ko’rsatkichga aynan o’xshash mahsulot ishlab chiqarish ko’rsatkichiga ega bo’linadi. Bu usul bo’yicha hisoblangan mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari iqtisodiyotning bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan tarmoqlaridagi mehnat unumdorligi darajasini tavsiflashda, shuningdek, bu darajalarni xalqaro qiyoslashda katta ahamiyatga egadir.
Qiymat ifodasidagi unumdorlik ko’rsatkichlariga kelsak, holat boshqacha tus oladi. Bu holatda unumdorlik darajasi mahsulot ko’rsatkichi va uni ishlab chiqarish omillarini tanlashga bog’liq bo’lib qoladi. Mahsulot ko’rsatkichi sifatida yalpi mahsulot ishlab chiqarish, yalpi pirovard mahsulot, sof mahsulot, yalpi qo’shilgan qiymat, sof qo’shilgan qiymatdan foydalanish mumkin.
YAlpi mahsulot ishlab chiqarish sotish narxidagi tovar mahsuloti qiymati, o’z ehtiyoji uchun ishlab chiqarilgan uskuna va xo’jalik usulidagi kapital qurilish, shuningdek, tugallanmagan ishlab chiqarish va tugallanmagan qurilish, korxona omborlaridagi tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlarning o’sishini qamrab oladi.
YAlpi pirovard mahsulot korxona yoki tarmoqdan tashqari ishlab chiqarishga mo’ljallangan mahsulot qiymatidir. O’z mazmuniga ko’ra, bu ko’rsatkich zavod yoki tarmoq usuli bo’yicha tovar mahsuloti ko’rsatkichiga muvofiq keladi. Sof mahsulot barcha ishlab chiqarish omillari sarflarining (mehnat sarfidan tashqari) qiymati chegaralangan yalpi mahsulot qiymati sifatida aniqlanadi.
Xalqaro statistikada unumdorlikni hisob-kitob qilishda oraliq iste’mol qiymati chegaralangan yalpi qo’shilgan qiymat ko’rsatkichidan keng foydalaniladi. YAlpi qo’shilgan qiymat bilan asosiy kapitalni iste’mol qilish o’rtasidagi farqni ifodalaydigan sof qo’shilgan qiymat ko’rsatkichi to’g’risida shuni aytish mumkinki, ayrim tarmoqda sof mahsulot bilan muvofiq bo’lsada, butun iqtisodiyot bo’yicha sof mahsulotdan noishlab chiqarish xizmatlari ko’rsatadigan tarmoqlarda sof qo’shilgan qiymat summasi ortiq bo’ladi.
Unumdorlikni aniqlashda omillarni tanlash masalasi juda murakkab va xilma-xil. G’arb satistikasida ishlab chiqarish omillari sifatida mehnat, doimiy kapital va joriy ishlab chiqarish iste’molidan ko’proq foydalaniladi. Qator holatlarda bu omillarga tadbirkorlik faoliyati ham kiradi.
Jonli mehnat eng muhim ishlab chiqarish omili hisoblanadi. Uni o’lchash maqsadida berilgan davrdagi xodimlarning o’rtacha soni yoki ishlangan vaqtdan foydalanish mumkin. Ishlangan vaqt mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasini aniqlash imkonini beradi. Xodimlarning o’rtacha soni faqat mehnat unumdorligi dinamikasini emas, balki uning ish vaqti potensial fondidan foydalanishga bog’liq tarzda o’zgarishini ham aks ettiradi. Ravshanki, ishlangan vaqt tushunchasi malaka, intensivlik, mehnat shart-sharoitlari va boshqalar turlicha bo’lganligi tufayli turli toifadagi xodimlar, iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun sifat jihatidan bir xil bo’lmaydi.
Mehnat sarfini aniqlashda ikki variantdan foydalaniladi:
mazkur tarmoqdagi ishlangan vaqt chegaralanishigacha shu toifa xodimlari ish haqining bir saotlik stavkasi bo’yicha o’lchanadi;
ishlangan vaqt, uning sifat jihatidan bir xil emasligiga e’tibor bermay jamlanadi.
Bunda yana bir muhim amaliy muammo - haqiqiy ishlangan vaqtni haq to’langan vaqtdan chegaralash muammosi yuzaga keladi. Uni hal qilishning
yagona yo’li muvofiq keluvchi tanlov tekshirishni o’tkazish va so’ngra uning natijalarini shu tarmoqning barcha korxonalariga joriy qilishdir.
Qishloq xo’jaligidagi mehnat sarfi va yollanmagan xodimlar mehnat sarfini aniqlash yanada qiyin muammodir. Qishloq xo’jaligidagi ish kuchining davomiyligi tabiiy omillar, geografik zona va etishtirilayotgan ekinga bog’liq tarzda juda o’zgaruvchandir. SHuning uchun mehnat sarfini aniqlash maqsadida yaqinlashtirilgan ekspert baholashdan foydalaniladi.
YOllangan xodimlar mehnat sarfiga kelsak, u tadbirkorlar ( egalik qiluvchalar ) va uning bepul ishlaydigan oila a’zolari ishlagan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu sarflar hisob-kitob ish kuni yoki ish haftasining o’rtacha davomiyligini tanlab tekshirish ma’lumotlari bo’yicha yoki yollangan xodimlar turli toifalari ish kunining davomiyligini muvofiq qiluvchi toifadagi yollanma xodimlar ish kuni davomiyligiga shartli tenglashtirish yo’li bilan aniqlanadi.
Unumdorlik darajasi va bu daraja dinamikasini butun mamlakat iqtisodiyoti bo’yicha tavsiflashda faqat ish bilan band aholini emas, balki ishsizlarni ham nazarda tutish, ya’ni iqtisodiy faol aholi sonidan kelib chiqish mumkin. Ma’lumki, ishsizlik to’g’risidagi ma’lumotlarning ikkita manbai bor: rasmiy, aniq pasaytirilgan ma’lumotlar va kasaba uyushmalari ma’lumotlari. Ular o’z funksiyalarini to’la bajarganda kasaba uyushmalari ma’lumotlaridan foydalanish lozim.
G’arb iqtisodchilari unumdorlikning quyidagi ko’rsatkichlarini mahsulotning qiymat ko’rsatkichlari va ishlab chiqarish omillarini turlicha birlashtirib aniqlaydilar:
mehnatning yalpi unumdorligi;
mehnatning sof unumdorligi;
mehnatning integral unumdorligi;
omillarning global unumdorligi;
omillarning total unumdorligi.
Mehnatning yalpi unumdorligi ko’rsatkichlari o’z mazmuniga ko’ra, xarajat birligiga mahsulot ishlab chiqarish ko’rsatkichiga juda yaqin va u quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
YAMU=YACH / T
Bunda: YAMU - yalpi mehnat unumdorligi;
YACH - yalpi ishlab chiqarish;
T - mehnat sarfi.
Bu ko’rsatkichni hisoblashda yalpi ishlab chiqarish tannarx, narxlar omili yoki bozor narxlari bo’yicha aniqlanadi. Mehnat sarflari ham quyidagilar sifatida ifodalanishi mumkin:
yollanma xodimlar soni;
barcha toifadagi bandlar soni;
v) ishlagan kishi/soatlar soni;
g) soliqlar chegirilishidan oldingi hisoblangan ish haqi summasi.
Bu ko’rsatkichning asosiy kamchiligi faqat jonli mehnatni hisobga olib, boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmasligidir.
Sof mehnat unumdorligi ko’rsatkichi sof mahsulot qiymatining mehnat sarflariga nisbatini ifodalaydi. Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha sof mahsulot (sof qo’shilgan qiymat) tarmoqlararo mahsulot balansi asosida yalpi mahsulot ishlab chiqarish qiymatidan oraliq iste’mol qiymati va doimiy kapital iste’molini chegirish yo’li bilan aniqlanadi. Bu holatda mehnat sarfi ko’rsatkichlari yalpi mehnat unumdorligini aniqlash bilan bir xil bo’ladi.
Integral mehnat unumdorligining yalpi chiqaruv qiymati mehnat birliklarida ifodalangan mehnat sarflari va boshqa ishlab chiqarish omillariga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Uning darajasi, dinamikasi jami va oldingi mehnat sarflariga bog’liq bo’ladi. Bu ko’rsatkich amaliyotda juda kam hollarda hisoblanadi, buning sababi doimiy kapital sarflari (amortizasiya) va o’zgaruvchan kapital sarflari (qolgan boshqa moddiy sarflar)ni mehnat birliklarida qayta hisoblashdagi qiyinchiliklardir.
Iqtisodchilarning fikricha, omillarning global unumdorligi unumdorlikning eng muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. U unumdorlik darajasiga faqat jonli mehnat sarfinigina emas, balki boshqa omillar sarfining ta’sirini ham aks ettiradi. SHuning uchun mehnat unumdorligi omillarning global unumdorligi munosabatida unumdorlikning xususiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida ko’riladi.
Omillarning global unumdorligi sof mehnat unumdorligi bilan bog’langan. Sof mehnat unumdorligini hisoblashda uning maxrajiga faqat jonli mehnat sarflari qo’shiladi. Boshqa ishlab chiqarish omillarining sarflari sof mahsulotni aniqlash uchun suratda yalpi chiqaruv qiymatidan chegiriladi. Omillarning global unumdorligini aniqlashda yalpi chiqaruvning to’la qiymati surat xizmatini o’taydi, maxrajida - boshqa ishlab chiqarish omillarining sarflari jonli mehnat sarflariga qo’shiladi.
Global unumdorlik omillarini aniqlashda mahsulot ko’rsatkichi sifatida chiqarilgan yalpi mahsulot qiymati yoki yalpi qo’shilgan qiymatdan foydalanish mumkin.
Total unumdorlik omillari global unumdorlik omillari bilan bir xil hisoblanadi. YAgona farq shundaki, total unumdorlik omillari ko’rsatkichining suratida sof qo’shilgan qiymat (sof mahsulot)ning miqdori bo’ladi. Maxrajda mehnat sarfi va doimiy kapital aks ettiriladi.
Qator iqtisodchilar mehnat unumdorligini milliy iqtisodiyot ko’lamida o’lchash uchun unumdorlikning yuqorida ko’rib chiqilgan ko’rsatkichlaridan tashqari, mehnat sarfi birligi hisobiga haqiqiy daromadlar ko’rsatkichidan foydalanishni tavsiya qilmoqdalar. Bu ko’rsatkich ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot qiymatini uni yaratish uchun sarflangan mehnat sarfiga bo’lish orqali aniqlanadi. Bunda mehnat sarflari iqtisodiyotda band bo’lganlar soni yoki ishlangan kishi/soatlari soni orqali ifodalanadi.
Xalqaro statistikada qo’llaniladigan unumdorlik ko’rsatkichlarini quyidagi jadvaldan ko’rgazmali tasavvur qilish mumkin.
№
|
Ko ’rsatkichlar
|
Kasrda
|
surat
|
maxraj
|
1
|
Mehnat unumdorligining natura shaklidagi ko ’rsatkichlari
|
Mahsulotni natura shaklidagi birliklarida chiqarish
|
Mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflari, vaqt birliklarida
|
2
|
Mehnat unumdorligining shartli-natura shaklidagi ko ’rsatkichlari
|
Mahsulotni shartli-natura shakli birliklarida chiqarish
|
Mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflari, vaqt birliklarida
|
3
|
Mehnat unumdorligining q iy mat ko ’rs atkich lari
|
|
|
А
|
YAlpi mehnat unumdorligi
|
Yalpi qo’shilgan qiymat, mahsulotni yalpi ishlab chiqarish
|
Mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflari, vaqt birliklarida
|
V
|
Sof mehnat unumdorligi
|
Sof qo ’shilgan qiymat, sof mahsulot
|
Mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflari, vaqt birligida
|
S
|
Integral mehnat sarflari
|
Yalpi qo’shilgan qiymat, yalpi mahsulot chiqarish
|
Ishlab chiqarishning vaqt birligida ifodalangan b archa omillari
|
D
|
Global mehnat unumdorligi
|
Yalpi qo’shilgan qiymat, yalpi mahsulot chiqarish
|
Ishlab chiqarishning pul ifodasidagi barcha omillari
|
E
|
Total mehnat unumdorligi
|
Sof qo ’shilgan qiymat, sof mahsulot
|
Pul ifodasidagi mehnat va doimiy kapital
|
F
|
Mehnat sarfi birligiga haqiqiy daromadlar
|
Yalpi ichki mahsulot (sof mahsulot)
|
Vaqt birliklaridagi mehnat sarflari
|
Savol: Sizlar shu sur’atda ko’rsatilgan ko’rsatkichlar natijaviy ko’rsatkich sifatida ishlatilish iga munosabatinglar qanday?
Javob: SHuncha qo’rsatkichni o’rniga bittasini olsa bo’lmaydimi.
Javob: Menimcha birinchi va oxirgi ko’rsatkichlarning o’zi etarli bo’lsa
kerak.
Javob: Menimcha sof qo’shilgan qiymatni o’zi etarli bo’lsa kerak.
O’qituvchi javoblarga quyidagicha umumlashtiradi:
Mehnat unumdorligini ahamiyati hal etuvchi omil bo’lganligi uchun hamma taklif qilayotgan ko’rsatkichlar ham qo’yilgan muammoni hal etishni yoritish uchun kerak bo’ladi. Masalan: faqatgina bir turdagi mahsulot bo’yicha o’rganib qolmasdan, balki iste’mol qiymati bir xil bo’lgan mahsulotlar bo’yicha ham, ya’ni, ikkinchi ko’rsatkich ham amaliyotda qo’llanadi (nashriyotda b.t. va x.k.).
Savol: Jadvalda ko’rsatilgan maxraj, ya’ni, xarajatlar haqida qanday fikrdasiz?
Javob: Faqat vaqt birliklarining o’zi kifoya.
Javob. Ishchilar soni ko’rsatkichi bo’lishi lozim.
Javob: Xodimlar soni ko’rsatkichi bo’lishi kerak.
O’qituvchi javoblarga quyidagicha umumlashtiradi:
Bu maxrajda berilgan mehnat xarajatlari ko’rsatkichlari taklif etilishi bo’yicha nafaqat jonli mehnatni balki byumlashgan mehnatni ham inobatga olishni tavsiya etilmoqda. Lekin bularni amaliyotga tadbiq etishdan oldin ancha muammolar hal etilsa, unda yana bir chuqurroq tahlil etish imkoni paydo bo’lar edi.
Mehnat unumdorligi dinamikasi
Savol: Dinamika deganda nimani tushunasiz?
Javob: Xodisalarni o’zgarishi.
Javob: Mehnat unumdorligini o’zgarishi.
Javob: Xodisalarni ketma-ket kelishi.
O’qituvchi javoblarga quyidagicha umumlashtiradi:
Vaqt o’zgarishi bilan xodisalarni o’zgarishi dinamika deyiladi.
Mehnat unumdorligi dinamikasi indekslar yordamida o’raganiladi. Indekslar
individual va umumiy bo’lib o’rganiladi.Bir turdagi mahsulot ishlab chiqarilganda
individual mehnat unumdorligi indekslaridan foydalaniladi:
_ Wj _ qx _ q0
K W0 Tx ' T0
Bunda: Wi va W0 - mehnat unumdorligi bazis va joriy darajalari.
Bu mehnat unumdorligini to’g’ri ko’rsatkichi yordamida tuzilgan indeks hisobot davrida bazis davrga qaraganda qay darajada mehnat unumdorligi o’zgarishini ko’rsatib beradi.
Indekslar orasidagi bog’liqlik
Xodisalar orasidagi bog’liqlik
q x p = q p
mahsulot hajmi baho qiymat
SHu bog’liqlik indekslarda ham saqlanib qoladi.
Aq
mahsulot hajmi o’zgarishi
Достарыңызбен бөлісу: |