v) xo’jaliklarni ijtimoiy shakllari bo’yicha guruhlash, u quyidagicha ajratiladi:
davlat korxonalari va muassasalari;
mulkchilikning jamoa shaklida bo’lgan korxona va muassasalar
(aksiyadorlik jamiyatlari, kooperativlar va h.k.);
xususiy korxona va muassasalar;
chet elliklar tasarrufidagi korxonalar;
mulkchilik aralash shaklida bo’lgan korxonalar.
g) iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha guruhlash, bu iqtisodiy faoliyatning barcha turlarini xalqaro standart tarmoq tasnifi asosida guruhlash bo’lib, unda faoliyatning quyidagi turlari aniqlanadi:
qishloq ho’jaligi, o’rmon xo’jaligi, ov;
baliqchilik;
qazib oluvchi (kon) sanoat;
qayta ishlovchi sanoat;
elektr energiyasi, gaz va suv ishlab chiqarish;
qurilish;
savdo, mehmonxonalar, restoranlar;
transport, aloqa, ombor xo’jaligi;
ko’chmas mulk bilan operasiyalar, ishlab chiqarish xizmatlari, ijara;
ma’muriyat, muhofaza, ijtimoiy sug’urta;
maorif;
sog’liqni saqlash;
boshqa shaxsiy va jamoa xizmatlari (atrof-muhitni muhofaza qilish, dam
olish, turizm, ko’ngil ochish, madaniy tadbirlar);
uy xo’jaliklariga pulli xizmatlar;
ekshududiy tashkilotlar.
bandlik maqomi bo’yicha guruh - u XMT ishlab chiqqan bandlik maqomining xalqaro tasnifiga asoslanadi.
kasbiy guruh, uning asosida XMT qabul qilgan kasblarning xalqaro standart asosida yotadi, bu tasnif 4 bosqichdan iborat bo’ladi.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo’lganlar soni, shuningdek, ular ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlar hajmini aniqlashda jiddiy qiyinchiliklar borligi tufayli barcha mamlakatlarning milliy statistika xizmatlari iqtisodiyotida band bo’lganlar soni va yangi ko’rsatkichlarga norasmiy faoliyatni hisobga olib, qo’shimcha hisob-kitoblar qilinadi.
Qisqacha xulosalar
Bozor munosabatlarining mavjudligi va shu bilan bog’liq mehnat bozorining holatini statistik baholash, o’rganish, tahlil qilish va mamlakatimiz uchun ilgari noma’lum bo’lgan milliy hisoblar tizimi bir qator ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o’rganish va amaliyotga tadbiq etish, bizning sharoitimiz, amaliyotimizga mos kelmagan kategoriyalar ustida ish olib borish va ularni iloji boricha milliy hisoblar tizimidan chiqib ketmasdan amaliyotimizga moslashtirish va shu kabi vazifalarni hal etish uchun bozor mexanizmini, uning qonuniyatlari, tendesiyalarini chuqur va mukammal o’rganishda statistik tadqiqiotlar tashkil etishni talab etadi.
Mehnat bozori statistikasi o’z predmeti va usuliga ega bo’lib, statistika ijtimoiy-iqtisodiy ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdor tomonini aniq makon va zamonda, ularning sifati bilan uzviy bog’liqlikda o’rganadi.
Mehnat statistikasining asosiy maqsadi mehnat potensialini shakllantirish zaminlarini miqdoriy ta’riflash, uning tarkibini turli belgilarga ko’ra o’rganish; ish kuchi bozorini ta’riflash; ishga yaroqli aholining ijtimoiy, kasbiy va hududiy moyilligini o’rganish, ishchi kuchiga xarajatlar darajasi, dinamikasini tahlil qilish hisoblanadi.
Mehnat statistikasining markaziy vazifalaridan biri - mehnat potensialidan foydalanish, ish vaqtidan foydalanish darajasi va mehnat potensialidan to’la foydalanilmaganlik oqibatda iqtisodiyotdagi yo’qotishlar kabi savollarni ta’riflashdir. SHu bilan birga ishchi kuchi turmush darajasini aniqlovchi ko’rsatkichlar, aholining mehnat, turmush va dam olish sharoiti darajasi va dinamikasiga statistik ta’rif berish lozim. Mehnat va mehnat munosabatlari sohasida sodir bo’layotgan hodisa va jarayonlar mehnat statistikasi predmeti bo’lsa, mehnat bozori statistika tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.
Mehnat bozori statistikasi metodologiyasi barcha nazariy statistika usullaridan foydalanadi: absolyut va nisbiy miqdorlar, o’rtacha va variasiya ko’rsatkichlari, guruhlash va tasniflash, balans va indekslar usuli, tanlanma kuzatish usuli kabilardan.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Mehnat statistikasi predmetiga ta’rif bering.
Bozor va mehnat bozoriga ta’rif bering.
Mehnat statistikasining boshqa fanlar bilan aloqasini izohlab bering.
Mehnat statistikasining bugungi kun vazifalari.
Mehnat statistikasida qo’llaniladigan usullar.
Mehnat statistikasi usuli va metodologiyasi orasidagi birligi va farqi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti va uning statistik faoliyati qanday?
Mehnat statistikasi qanday ko’rsatkichlar tizimidan foydalanadi?
Asosiy adabiyotlar
Akbarova Z. Mehnat bozori statistikasi. O’quv qo’llanma. - T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent, 2004.
^д рeд. С.Д.Илeнкoвoй. Микрoэкoнoмичeская статистика. Учeбник. - М., 2004 г.
В.Г.Минашкин, O.ЛКoзарeзoва. Oснoвы тeoрии статистики. - М, 2004 г.
Р.А.Шмoйлoва и др. Практикум no тeoрии статистики. Учeбнoй пoсoбиe. - М., 2004 г.
Р.А.Шмoйлoва и др. TeopMa статистики. y4e6Hrn:. - М., 2004 г.
O’zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish yillarida. TDIU, 2005.
Башкатов Б.И., Карпухина Г.Ю. Международная статистика труда. Учебник. - М.: Дело и Сервис, 2001.
Сиденко А.В., Башкатов Б.И., Матаева В.М Международная статистика. Учебник - М: Дело и Сервис, 1999.
www. euireland. ie
www.cec.org.uk
www. eurunion. org
www. europarl. ie
bob. MEHNAT POTENSIALI VA MEHNAT RESURSLARI MEHNAT BOZORI STATISTIKASINING O’RGANISH OB’EKTI SIFATIDA
Mehnat potensiali va mehnat resurslari haqida tushuncha
Iqtisodiyotni bozor munosabati sharoitiga o’tishi, davlat aholisi turmush darajasini yanada yuqoriroq pog’onaga ko’tarish maqsadida, ishlab chiqarishni rivojlanish dinamikasining o’sishi va uning samaradorligini oshirish asosida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish kuchining rivojlanishi, yalpi ichki mahsulot barpo etilishi jamiyat a’zolarining moddiy va madaniy talablarini qondirish asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yotadi. Ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatga keltiruvchi ish kuchi - ishlab chiqarish kuchini tashkil etadi. Samaradorlik muammosini hal etish, potensial imkoniyatlardan - ishlab chiqarish fondlaridan, mehnat resurslaridan maksimal foydalanish asosida, sifat tarkibini oshirish hisobiga davlat iqtisodiy potensialini ko’paytirish, rasional foydalanish yordamida bajariladi.
Pirovard ishlab chiqarish har so’miga qancha xarajat etilishi jamiyat uchun muhim bo’lib hisoblanadi, shuning uchun yalpi ichki mahsulot, pirovard mahsulot o’sish sur’ati, asosiy va aylanma fondlarni, ish kuchi va boshqa resurslarni o’sish surati orasidagi mutanosiblik optimal miqdorini saqlash, uzluksiz hisob olib borish, tekshirish zaruriyati kelib chiqadi.
Jamiyat hayotining muhim tomonidan biri bo’lib ish kuchini takror ishlab chiqarish hisoblanadi va shu munosabat bilan bu nafaqat iqtisodiy muammo bo’lib, balki yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllanishiga ta’sir ko’rsatib, o’z ichiga sosiologik, demografik, ruhiy, siyosiy aspektlarni qamrab oladi. Xalq xo’jaligining rivojlanishi muhim omillardan biri bo’lib, mehnat resurslaridan samarali foydalanish, iqtisodiy mehnat faolligini oshirish hisoblanadi.
Mehnat resurslari jamiyat ishlab chiqarishning asosiy kuchi bo’lib, ishlab chiqarish vositalari, moddiy boyliklar yaratishda bevosita ishtirok etadi.
Bugungi kunda davlat mehnat resurslaridan foydalanishga ikki xil yondashish mumkin. Birinchisi, jamiyat ishlab chiqarishida iqtisodiy faoliyat bilan band bo’lganlardan to’laroq foydalanish bo’lsa, ikkinchidan iqtisodiy faoliyat bilan band bo’lishga mumkin qadar ko’proq aholi potensial mehnat resurslarini jalb etishdir.
Har qanday ishlab chiqarishni tashkil etish uchun uch element mavjud bo’lishi lozim:
- ishlab chiqarish vositalari;
Ish kuchi ishlab chiqarish kuchlarining sub’ektiv elementi va uning ishlab chiqarishda tutgan o’rni salmoqlidir. Ishlab chiqarish vositalari eng so’nggi, zamonaviy, yuqori unumli bo’lmasin, ish kuchisiz ulardan hech qanday naf
bo’lmaydi. Ikkinchidan, shu ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqaruvchi
kuchlaming moddiy buyum qismi ilgarigi jonli mehnat mahsulidir.
Inson mehnat qilish qobiliyati moddiy ne’mat yoki xizmatlar yaratishda o’ziga o’rinbosar topadi.
Ishlash qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslar, ya’ni ishchi kuchining yig’indisi mehnat resurslarini tashkil etadi, bularga nafaqat iqtisodiy faol aholi, balki boshqa kategoriyalari ham, shu jumladan, ishdan ajralgan holda o’qiyotganlar va ayni daqiqada ishlamayotgan va ish qidirayotganlar ham kiritiladi.
Mehnat resurslari haqida ikki xil tushuncha mavjud:
potensial mehnat resurslari;
haqiqiy mehnat resurslari.
Potensial mehnat resurslariga mehnat yoshidagi mehnatga layoqatlilar kiritiladi. Mehnat qilish yoshi dinamikada o’zgaruvchan bo’lib, bu o’zgarish davlat rivojlanish darajasi, iqtisodiyot krizisi yoki rivojlanishi, mehnat resurslariga bo’lgan talab kabilar ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ikkinchi jahon urushida sobiq Ittifoq hududida 14 yoshdan yuqori bo’lganlar mehnat resursi qatoriga kiritilganlar.
Davlatimizda mehnat resurslar yoshining quyi chegarasi 16 yosh bo’lib, yuqori chegarasi ayollar uchun 55 yoshgacha, erkaklar uchun 60 yoshgacha hisoblanadi. 16 yosh quyi chegarasi bo’lishi bilan ilgarigi, bozor munosabatlariga o’tishdan oldingi davrda, majburiy 11 yillik o’rta ta’lim sharoitida, maktabni o’quvchilar asosan 17 yoshga yaqin bitirishar edi va mehnat resurslari safiga shu yoshdan keyin qo’shilishgan. Hozirgi paytda 9 sinfgacha majburiy o’rta ta’lim bo’lib, 14 yoshni tashkil etadi, demak o’qishni xohlamaydiganlar mehnat resurslari qatoriga qo’shilishadi.
Mehnat yoshining yuqori chegarasi ham turli xil imtiyozli mehnat faoliyati bilan band bo’lganlar uchun mavjud bo’lib, bunday imtiyozli nafaqaga chiquvchilar turli xil sog’liqqa zararli mehnat sharoitida faoliyat ko’rsatayotganlar, ko’p bolali ayollar, san’at xodimlari: o’yinchilar, duxovoy instrument
cholg’uchilar va hokazolar bo’lishi mumkin.
Mehnat yoshi chegarasi har bir davlat qonunlari bilan belgilanib, davlat milliy xususiyatlarini hisobga oladi. SHuning uchun mehnat qilish qobiliyati yoshi davlatlararo ham turlichadir. Masalan, AQSH, SHvesiyada mehnat qilish qobiliyati quyi chegarasi 16 yosh, Fransiya, YAponiyada - 15 yosh, Italiya, Gresiyada - 14 yosh, Argentina, Braziliya, Pokistonda - 10 yosh, Polshada - 18 yosh. YUqori chegarasi esa ko’pgina davlatlarda erkak va ayollar uchun bir xil bo’lib: AQSH, Kanada, SHvesiya, YAponiyada - 65 yosh, Norvegiyada - 70 yosh, Fransiyada - 60 yosh, Estoniyada esa ayollar uchun - 65 yosh, erkaklar uchun - 60 yosh. Potensial mehnat resurslari davlatda mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar qanchani tashkil etishini ko’rsatib beradi.
Haqiqiy mehnat resurslari deganda, o’rganilayotgan davrda aholining o’z mehnatiga o’rin topgan qismi tushuniladi.
|
2003 y.
|
2004 y.
|
Doimiy aholining o’rtacha yillik soni
|
25567,7
|
25864,4
|
Mehnat resurslari soni
|
13597,0
|
14021,0
|
Doimiy aholiga nisbatan, %da
|
53,2
|
54,2
|
Iqtisodiy faol asholi soni
|
9621,2
|
9945,5
|
Mehnat resurslariga nisbatan, %da
|
70,8
|
70,9
|
Iqtisodiyotda band bo’lganlar soni
|
9589,0
|
9910,6
|
Mehnat resurslariga nisbatan, %da
|
70,5
|
70,7
|
Manba: O’zbekiston iqtisodiyoti.Tahliliy sharx 2004 yil. №8 mart 2005
Haqiqiy mehnat resurslari potensiali mehnat resurslariga qaraganda ko’proqdir:
ishlaydigan o’smirlar: ishlaydigan o’smirlar soniga turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi, eng ko’proq ta’sir ko’rsatadigan omil ijtimoiy-iqtisodiy omildir. Bunga oila iqtisodiyoti va farovonligi ham kiradi.
-ishlaydigan pensionerlar: ishlaydigan pensionerlar soniga, ayniqsa, demografik omil ta’sir ko’rsatadi, ya’ni aholining eng tez ko’payib boruvchi qismi katta yoshdagi kishilar, hozirgi davrda aholining qarish jarayoni va bular soni qancha tez ko’paysa, ijtimoiy-iqtisodiy omilga ta’sir etuvchilar, o’z iqtisodiyotini yaxshilashga intiluvchilar soni ham oshib boradi. Ta’sir etuvchi omillardan yana biri ma’naviy omil bo’lib, mehnat qilishga o’rgangan insonning mehnati jamiyatga kerak emasligi tushkunlikka olib keladi.
imtiyozli pensiyaga chiqib ishlamaydiganlar soniga;
ishdan ajralgan holda o’qiyotganlar soniga;
uy-ro’zg’or ishlari bilan band bo’lganlar soniga;
bola tarbiyasi bilan band bo’lganlar soniga;
mehnat qilishni istamaydiganlar soniga va h.k.
Mehnat potensiali mavjud mehnat resurslarini faqat miqdor tomonidan emas, balki sifat tomonidan ham inobatga olib, bilim va malaka darajasi, intelektual salohiyati, kasbiy tayyorgarligini o’rganishdir.
Mehnat resurslari soni o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar
Mehnat resurslari aholining bir qismi bo’lib, aholi sonining o’zgarishiga ta’sir etadigan omillar, mehnat resurslari o’zgarishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Bulardan demografik omil:
-tabiiy harakat: tug’ilish, vafot etish, tabiiy o’sish va h.k.
mexanik harakat: aholi migrasiyasi.
Immigrant va emigrantlar sonida mehnat qilish yoshidagi mehnatga qobiliyatlilar salmoqli o’rinni egallaydi: O’ziga, o’z mehnatiga o’rin topishga
ishonganlar. Demak, mexanik harakat ko’proq mehnat resurslari soni o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi va bunga turli xil ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sir etadi.
Ish kuchi harakati aholi mexanik harakatiga qaraganda kengroq bo’lib, uning quyidagi turlari mavjud:
tarmoqlararo;
makonda;
malakaviy;
funksional;
xalqaro.
Ish kuchining makondagi harakati deganda, ish kuchi ish joyini o’zgartirishi natijasida bir istiqomat qiluvchi joydan boshqa joyga ko’chishi tushuniladi. Aholi va ish kuchi harakatining quyidagi migrasiyasi tasnifini ko’rib chiqamiz
Makon belgisi bo’yicha.
Ichki migrasiya davlat miqyosida bir ma’muriy-hududiy birlikdan boshqasiga ko’chish, hududlararo, viloyatlararo, shahardan qishloqqa va qishloqdan shaharga va h.k. Tashqi migrasiya davlat chegarasidan o’tish bilan bog’liq bo’lgan harakat. Mazkur davlatda vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilish uchun boshqa davlatdan ko’chib kelayotganlar - emigrantlar.Boshqa davlatdan mazkur davlatga vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilish uchun ko’chib kelayotganlar - immigrantlar.
Muddati bo’yicha:
- mayatnik turlardagi migrasiya o’rganiladi.
Doimiy migrasiya belgilangan muddat oralig’ida mazkur davlatga doimiy istiqomat qilish uchun ko’chib kelganlar yoki undan ko’chib ketganlar soni bilan ta’riflanadi. Doimiy istiqomat qilish joyini o’zgartirmasdan joriy ehtiyojlarini qondirish maqsadida mazkur davlatga kirib kelganlar soni-vaqtincha migrasiyani tashkil etadi. Mavsumiy ish kuchi vaqtincha migrasiyadan alohida hisobga olinadi.Bir haftadan kam bo’lgan muddatda ishdan doimiy istiqomat qiluvchi makonda va teskarisi - mayatnik migrasiya deyiladi.
Tashkil etilishi bo’yicha:
-tashkil etilgan migrasiya;
-tashkil etilmagan migrasiya;
-qonuniy;
-noqonuniy migrasiyalarga bo’lib o’rganiladi.
Yillik ajratilgan kvotalarga binoan immigrantlar soni qonuniy migrasiya deyiladi.
Noqonuniy migrasiya hujjatlar bilan vakolat berilmagan, mazkur davlat makonidan boshqa davlatlar makoniga belgilangan qoidaga rioya qilmasdan o’tish maqsadida foydalanilayotgan migrasiyadir.
Bundan tashqari, kasbiy faoliyatni noqonuniy bajarish uchun belgilangan qoidaga rioya qilmay, mazkur davlatga kirib kelish ham noqonuniy migrasiya hisoblanadi. Ularga: viza muddati tugaganlar, sayyohlik vizasi bilan mehnat faoliti
yuritayotganlar, shuningdek, noqonuniy kasbiy faoliyat yuritish, qurol-yarog’, narkotik moddalar va hokazolar bilan savdo qilish, ish kuchini noqonuniy yo’llar bilan chet ellarga yuborish bilan shug’ullanuvchilar kiradi.
Migrasiya sabablari bo’yicha:
-siyosiy;
-ijtimoiy-iqtisodiy migrasiyaga bo’linadi.
Mehnat migrasiyasi iqtisodiy faol aholining ish izlab, makondaga harakati, tarmoqlararo harakatidir. Mehnat migrasiyasining ichki va tashqi malaka darajasi bo’yicha va boshqa ko’rinishlarga bo’lib o’rganish mumkin.
Qisqacha xulosalar
Ishlash qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslar, ya’ni ishchi kuchining yig’indisi mehnat resursidir.
Mehnat yoshidagi mehnatga layoqatlilar potensial mehnat resurslariga kiradi.
Mehnat qilish yoshi, mehnat resurslariga, davlat rivojlanishiga bog’liq holda o’zgarib turadi, ya’ni mehnat resurslariga bo’lgan talab mehnat yoshining o’zgarishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Potensial mehnat resurslari davlatda mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar qanchani tashkil etishini ko’rsatib bersa, haqiqiy mehnat resurslari shu davlat mehnat resurslari imkoniyatidan qanday
foydalanilayotganini, o’rganilayotgan davrda aholining o’z mehnat qilish imkoniyatini tadbiq qilish huquqidan foydalanilganlar tushuniladi.
Ishlab chiqarish kuchining rivojlanish asosi, yalpi ichki mahsulot dinamikasining o’sishi, jamiyat a’zolarining o’sib boruvchi moddiy va ma’naviy talablarini to’laroq qondirish asosi bo’lib iqtisodiy samaradorlik hisoblanadi. Har qanday jamiyat ishlab chiqarish kuchining asosi bo’lib mehnatkashlar, ya’ni mehnat resurslari hisoblanadi. Bozor munosabatlariga o’tish maqsadi - aholining turmush darajasini yuqori pog’onaga ko’tarish hisoblanib, bunga esa barcha resurslardan samarali foydalanish asosida erishish mumkin. Aholining turmush darajasi, mehnat qilish huquqini muhofaza etishga bog’liq bo’lib, uni nafaqat mehnat qilish huquqi borligi balki ishlashni xohlovchilarni mehnat bilan ta’minlashga imkon yaratishga yordam berishdir.
Mehnat resurslari sonining o’zgarishiga aholi sonining o’zgarishiga ta’sir etuvchi demografik va migrasion omillar ta’sir ko’rsatadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Ish kuchining ijtimoiy ishlab chiqarishda tutgan o’mi.
Potensial mehnat resurslari haqida tushuncha va uning mohiyati.
Mehnat yoshidagi aholi chegaralari.
Haqiqiy iqtisodiy mehnat resurslari haqida tushuncha.
Mehnat resurslarini o’rganish muammolari.
Mehnat resurslarining soniga ta’sir etuvchi omillar.
Asosiy adabiyotlar
Akbarova Z. Mehnat bozori statistikasi. O’quv qo’llanma. - T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent, 2004.
^д рeд. С.Д.Илeнкoвoй. Микрoэкoнoмичeская статистика. Учeбник. - М., 2004 г.
В.Г.Минашкин, O.ЛКoзарeзoва. OcHoBbi тeoрии статистики. - М., 2004 г.
Р.А.Шмoйлoва и др. Практикум no тeoрии статистики. Учeбнoй пocoбиe. - М., 2004 г.
Р.А.Шмoйлoва и др. Teoprn статистики. Учeбник. - М., 2004 г.
Башкатов Б.И., Карпухина Г.Ю. Международная статистика труда. Учебник. - М.: Дело и Сервис, 2001.
Сиденко А.В., Башкатов Б.И., Матаева В.М. Международная статистика. Учебник - М: Дело и Сервис, 1999.
www. euireland. ie
www.cec.org.uk
www. eurunion. org
www. europarl. ie
bob. ISH KUCHI STATISTIKASI
Mehnat resurslari balansi
O’tgan asming 50-yillari oxirida sobiq Ittifoq bo’yicha yillik mehnat resurslari yoki ish kuchi balansi tuzila boshladi. SHu davrda statistik tahlilning asosiy usullaridan biri xalq xo’jaligi rivojlanishini rejalashtirish hudud va tarmoqlar bo’yicha ish kuchini taqsimlash muammosini hal etishda muhim ahamiyat kasb etar edi. Mehnat resurslari balansini Xalqaro Mehnat Tashkiloti ham tan olgan.
Mehnat resurslari balansini tuzishda nafaqat «Mehnat statistikasi» ma’lumotlari, balki boshqa tarmoq statistikasi ma’lumotlaridan ham foydalaniladi. Mehnat resurslari balansi, ish kuchi manbalarini ko’rsatib berish bilan bir qatorda iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha, hududlararo, faoliyat turi, mulkchilikka egalik va hokazolar bo’yicha taqsimlashni ko’rsatib beradi.
Bozor munosabatlariga o’tilishi bilan mehnat statistikasi oldiga qo’yilgan vazifalar doirasi ham kengaydi. SHuningdek, mehnat resurslari balansiga ham o’zgartirishlar kiritildi, shular qatoriga bandlilikning yangi turlari, ko’rinishlarini inobatga olish, yangi ishchi kategoriyalarini (ish beruvchilar, yollanma ishchilar, o’z-o’zicha band bo’lganlar va ishsizlik ko’rsatkichlari va h.k.) e’tiborda tutish lozim bo’lmoqda.
Hozirgi kunda tuzilayotgan mehnat resurslari balansi jadvali quyidagicha:
jadval
Mehnat resurslari balansi jadvali Ko’rsatkichlar
Mehnat resurslari - jami shu jumladan:
Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi 03.Iqtisodiyotda band bo’lgan qariyalar va o’smirlar
ulardan:
04.Qariyalar 05.O’smirlar
Mehnat resurslarining taqsimlanishi:
06.Iqtisodiy faol aholi - jami (07-09) shu jumladan:
07.Iqtisodiyot tarmoqlarida bandlar - hammasi ulardan:
qishloq va o’rmon xo’jaligi, ovchilik
baliqchilik;
tog’ - qazilma sanoati va karerlar izlash;
qayta ishlov beruvchi sanoat;
elektroenergiya, gaz va suv ta’minoti;
qurilish;
ulgurja va chakana savdo: mashina va motosikllar, maishiy tovarlar, shaxsiy gigiena tovarlarini ta’mirlash;
mehmonxona va restoranlar;
transport, ombor xo’jaligi va aloqa;
moliyaviy vositachilik;
qo’zg’almas mulk bilan operasiyalar, ijara va tijorat faoliyati;
davlatni boshqarish va mudofaa, majburiy ijtimoiy sug’urta;
maorif;
sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar;
boshqa kommunal, ijtimoiy va shaxsiy xizmatlar;
xususiy uy xo’jaliklarining yollanma ishchilari ;
ekshududiy tashkilotlar va idoralar;
Bandlar umumiy sonidan (06 qatordan) qisqartirilgan ish kuni (haftasiga qisman ish haqi bilan yoki umuman uni saqlanmagandan holda o’tkazilgan xodimlar)
Ishsizlar
Mehnatga layoqatli yoshdagi ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’quvchilar (talabalar, maktab o’quvchilari; tinglovchilar va h.k.)
Mehnatga layoqatli yoshdagi uy yumushlari va yosh bolalar tarbiyasi bilan bandlar. Balans (06 + 10 + 11) Balansdan tashqari: yoshi bo’yicha va qarovchisini yo’qotganligi uchun
Nafaqaxo’rlar
Maktab va boshqa o’quv yurtlarining mehnatga layoqatli yoshgacha bo’lgan o’quvchilari
Maktabgacha yoshdagi bolalar
Nafaqa olmaydigan qariyalar
Jami iqtisodiy normal aholi (10+11+12+13+14)
Достарыңызбен бөлісу: |